Sintaksis" grekcha so’z bo’lib, "tuzish
Download 14.97 Kb.
|
1-AMALIY MASHGULOTona tili va bolalar adab
1-AMALIY MASHG’ULOT 1.Sintaktik munosabat turlari. Sintaksis grammatikaning ikkinchi qismi bo’lib, unda so’zlarning bir-biriga bog’lanib, so’z birikmalari hosil qilinishi, gap turlari o’rganiladi. "Sintaksis" grekcha so’z bo’lib, "tuzish” demakdir. Sintaksis o’z navbatida a) so’z birikmasi sintaksisi va b) gap sintaksisi kabi ikkita bo’limga ajraladi. Mustaqil so’zlar ma’no va grammatik jihatdan bir-biriga bog’lanib, so’z qo’shilmasini hosil qiladi. Maydonda erkaklar va ayollar to’planishdi degan gapda quyidagi so’z qo’shilmalari mavjud: 1) erkaklar va ayollar; 2) erkaklar to’planishdi; 3) ayollar to’planishdi; 4) maydonda to’planishdi. So’z qo’shilmasidagi so’zlar bir-biri bilan ikki xil bog’lanadi: 1) teng bog’lanish; 2) tobe bog’lanish. Teng bog’lanishda bir so’z boshqasiga tobe bo’lmaydi, bir-biri bilan sanash ohangi yoki teng bog’lovchilar yordamida bog’lanadi: erkaklar va ayollar; erkaklar, ayollar. Tobe bog’lanishda bir so’z boshqasiga tobe bo’ladi: maydonda to’planishdi. Tobelikning asosiy belgisi: bir so’z boshqa so’zni izohlab keladi. Bir-biriga tobe bog’langan so’zlar so’z birikmasini hosil qiladi. Ega va kesimning bir-biri bilan bog’lanishi so’z birikmasi hisoblanmaydi, balki gap hisoblanadi: Odamlarto’planishdi. Ikki yoki undan ortiq mustaqil so’zning ma’no, grammatik va ohang jihatdan birining boshqasiga tobe bo’lib bog’lanishi so’z birikmasi deyiladi. Tobe bog’lanish yordamida shakllangan so’z birikmasida har doim ikkita qism - tobe va hokim qism mavjud bo’ladi. So’z birikmasidagi ma’nosi izohlanayotgan so’z hokim (bosh) so’z, uning ma’nosini ravshanlashtirib kelayotgan, izohlayotgan, to’ldirayotgan so’ztobe (ergash) so’z hisoblanadi. So’roq hamma vaqt hokim so’zga qarab beriladi, so’roqqa javob bo’lgan so’z ergash(tobe) so’z hisoblanadi: SHirinolma (qanday olma?). Bosh so’z ot, sifat, son, olmosh, ravish, modal so’z va otlashgan taqlid hamda undov so’zlar bilan ifodalansa, otli birikmahisoblanadi: balandbino, asaldayshirin, intizomdabirinchi, bolalarninghammasi, mendako’p, sengakerak, to’plarninggumbur-gumburi, askarlarningurrasi. Bosh so’z fe’l va uning ravishdosh, sifatdosh va harakat nomi shakllari bilan ifodalansa, fe’lli birikma hisoblanadi: kitobni o’qish, ishni bajarib, tez kelgan. 2. So’z birikmasining mohiyati. Download 14.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling