Sintaksis" grekcha so’z bo’lib, "tuzish


Download 14.97 Kb.
bet1/4
Sana08.01.2022
Hajmi14.97 Kb.
#253025
  1   2   3   4
Bog'liq
1-AMALIY MASHGULOTona tili va bolalar adab


1-AMALIY MASHG’ULOT

1.Sintaktik munosabat turlari.

Sintaksis grammatikaning ikkinchi qismi bo’lib, unda so’zlarning bir-biriga bog’lanib,  so’z  birikmalari hosil  qilinishi, gap turlari o’rganiladi. "Sintaksis" grekcha so’z bo’lib,   "tuzish demakdir.

    Sintaksis o’z navbatida a) so’z birikmasi sintaksisi va b) gap sintaksisi  kabi  ikkita bo’limga   ajraladi.

          Mustaqil so’zlar ma’no va grammatik jihatdan bir-biriga bog’lanib, so’z qo’shilmasini hosil qiladi. Maydonda erkaklar va ayollar to’planishdi   degan gapda quyidagi  so’z qo’shilmalari  mavjud: 1) erkaklar va ayollar; 2) erkaklar to’planishdi; 3) ayollar to’planishdi; 4) maydonda to’planishdi.

     So’z qo’shilmasidagi so’zlar bir-biri bilan ikki xil bog’lanadi:

1) teng bog’lanish; 2) tobe bog’lanish. Teng bog’lanishda bir so’z boshqasiga  tobe  bo’lmaydi, bir-biri  bilan sanash ohangi yoki teng bog’lovchilar yordamida bog’lanadi: erkaklar va ayollar;  erkaklar, ayollar. Tobe bog’lanishda bir so’z boshqasiga tobe bo’ladi: maydonda to’planishdi. Tobelikning asosiy belgisi: bir so’z boshqa so’zni izohlab keladi. Bir-biriga tobe bog’langan so’zlar so’z birikmasini hosil qiladi. Ega va  kesimning  bir-biri  bilan bog’lanishi so’z birikmasi hisoblanmaydi, balki gap hisoblanadi:  Odamlarto’planishdi.

     Ikki yoki undan ortiq mustaqil so’zning ma’no, grammatik va ohang jihatdan birining boshqasiga tobe bo’lib bog’lanishi so’z birikmasi deyiladi.

     Tobe bog’lanish yordamida shakllangan so’z birikmasida har doim ikkita qism - tobe va  hokim qism mavjud bo’ladi. So’z  birikmasidagi  ma’nosi izohlanayotgan  so’z  hokim (bosh)  so’z, uning  ma’nosini  ravshanlashtirib  kelayotgan, izohlayotgan, to’ldirayotgan so’ztobe (ergash)  so’z  hisoblanadi. So’roq  hamma vaqt hokim so’zga qarab beriladi, so’roqqa javob bo’lgan so’z ergash(tobe) so’z hisoblanadi: SHirinolma  (qanday olma?).

     Bosh so’z ot, sifat, son, olmosh, ravish, modal so’z va otlashgan taqlid hamda undov so’zlar bilan ifodalansa, otli birikmahisoblanadi: balandbino,  asaldayshirinintizomdabirinchibolalarninghammasi,  mendako’psengakerakto’plarninggumbur-gumburi,  askarlarningurrasi.



     Bosh so’z fe’l va uning ravishdosh, sifatdosh va harakat nomi  shakllari bilan  ifodalansa, fe’lli  birikma  hisoblanadi:  kitobni o’qish, ishni bajarib,  tez kelgan.

2. So’z birikmasining mohiyati.


Download 14.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling