Sintaksis va punktuatsiya bo‘limini bog’lab o‘qitish usullari


Download 31.6 Kb.
bet4/5
Sana20.12.2022
Hajmi31.6 Kb.
#1038748
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sintaksis va punktuatsiya bo‘limini bog’lab o‘qitish usullari

LSQning asosiy turlari. Lisoniy birikmalarning qoliplar asosida birikuvidan vujudga kelgan nutqiy hosilalarni 3 guruhga birlashtirish mumkin:
yasama so’zlar;
so’z birikmasi;
gap.
(ishla) yasama so’zi [ish] leksemasi va [lar] morfemasining, kitobni o’qimoq nutqiy so’z birikmasi [kitob] va [o’qi] leksemalarining, O’qidim gapi esa [o’qi] leksemasi va [-dim] kesimlik kategoriyasi shaklining birikishidan hosil bo’lgan.
(ishla) so’zi [ot+la = asosdan anglashilgan narsa bilan shug’ullanmoq] so’z yasash qolipi mahsuli bo’lsa, kitobni o’qimoq so’z birikmasi [ot +fe‘l] LSQsi, O’qidim gapi esa [WPm] qolipi hosilasidir. Bular sirasida so’z yasash va so’z birikmasi qoliplari tushuncha ifodalovchi - atash(nominativ) vazifa bajaruvchi hosilalarni beradigan qoliplar bo’lsa, gap qolipi fikr ifodalovchi (kommunikativ) hosilalarni tug’diruvchi qoliplar hisoblanadi. So’z yasash qolipi lisoniy bo’lsa-da, lekin sintaktik mohiyatga ega emas. Shuning uchun u lisoniy derivatsion qolip (LDQ) sifatida so’z yasalishi bo’limida qoldirilib, sintaksisda erkin sintaktik hosilalar beruvchi, ya‘ni so’z birikmasi va gap
qoliplari tekshiriladi.
An‘anaviy va sistemaviy (struktural) sintaksis. An‘anaviy sintaksis bevosita kuzatishda berilgan, nutqiy sintaktik hodisalarni o’rganadi. Boshqacha aytganda, u yakkalik, hodisa, voqelik, oqibat sifatidagi nutqiy hosilalar bilan band bo’lib, umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab sifatidagi lisoniy birliklarni (nutqiy birliklarning lisoniy tomonini) o’rganishni sistemaviy (struktural) sintaksis hukmiga havola etadi. Shuningdek, an‘anaviy sintaksis kitob va o’qimoq so’zlari orasidagi sintaktik aloqani ham tekshiradi. Zero, bundagi o’qimoq fe‘lining tushum kelishigidagi so’zni boshqaruvi ham bevosita kuzatishda berilgan nutqiy hodisadir. Lekin bu aloqa uchun [o’qi] leksemasining biriktirish imkoniyati bo’lmish ob‘ekt valentligi bevosita kuzatishda berilmagan. Bu esa struktural sintaksis tomonidan tekshiriladi.
Struktural sintaksis tadqiqotlari uchun an‘anaviy sintaksis tomonidan qo’lga kiritilgan yutuqlar zamin, poydevor vazifasini o’taydi. Demak, an‘anaviy sintaksissiz struktural sintaksisning bo’lishi mumkin emas. An‘anaviy sintaksis esa struktural sintaksissiz ham ish ko’raveradi. Zero, struktural sintaksis mohiyatni tadqiq etar ekan, buning uchun hodisalar jamlangan bo’lishi kerak. Hodisani jamlash uchun esa struktural sintaksis tiklaydigan mohiyatga ehtiyoj sezilmaydi.
Har bir nutqiy parchada turli sath hodisalari qorishgan holda voqelanadi. Masalan, Salim keldi gapida fonetik (tovushlar tizimi, ohang), leksik (so’zlar), morfologik (grammatik shakllar) va uslubiy (masalan, so’zlovchining munosabati yoki uslubiy betaraflik) sathlar o’z izini qoldirgan. An‘anaviy sintaksis nutqiy parchani shu holida, turli mohiyatlar zarralarining qorishmasi sifatida o’rganadi va uning qorishmaligiga e‘tibor qaratmaydi. Struktural sintaksis esa nutqiy parchada qorishiq holatdagi sintaksisga daxldor bo’lmagan jihatlarni e‘tibordan soqit qiladi. An‘anaviy sintaksis keltirilgan gapni muayyan (aniqlik) sifatida e‘tirof etsa, struktural sintaksis unda turli hodisalar qorishganligi sababli mohiyatini anglash mushkulligini hisobga olgan holda mavhum (noaniq)lik sifatida qaraydi. Qorishiq hodisalar chetlashtirilgan mohiyat “tozalangan”ligi uchun struktural sintaksis tomonidan muayyanlik, bevosita kuzatishda berilmaganligi uchun esa u an‘anaviy sintaksis tomonidan mavhumlik sifatida qaraladi.
Demak, an‘anaviy sintaksis asosiy diqqatini hodisalarning zohiriy (bevosita kuzatishda berilgan) tomoniga, struktural sintaksis esa botiniy (bevosita kuzatishda berilmagan, ichki) tomoniga qaratadi. Ular bir-birini ham taqozo, ham inkor etadi. An‘anaviy sintaksis hodisalar bilan, sistemaviy sintaksis mohiyatlar bilan shug’ullanadi deb ularning vazifalarini butunlay qarama-qarshi qo’yish yaramaydi. Chunki an‘anaviy sintaksis mohiyatga intilganligi kabi sistemaviy sintaksis ham faqat an‘anaviy sintaksis to’plagan hodisalargagina tayanadi. Bunda an‘anaviy va sistemaviy sintaksisning o’rganish manbalari jihatdan qarama-qarshiligi so’nadi.



Download 31.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling