Sintoizm bayramlari. Sintoizmning keng tarqalgan bayramlaridan biri Motsuridir. Bu bayram ba`zi ibodatxonalarda yilda bir marta, ba`zilarida esa ikki marta nishonlanadi. Ko’pincha bu bayram dehqonchilik ishlarining boshlanishi, hosil yig`ib olish, shuningdek, ibodatxona yoki mahalliy xudoga bag`ishlangan sana bilan bog`liq bo’ladi. Bayram ko’tarinki kayfiyatda o’tadi. Ruhoniylar bayram haqida faqatgina doimiy ibodatga keladigan kishilarni emas, barcha aholini xabardor qiladilar. Motsuri bayramida juda ko’p odam to’planib, ular katta tantanalar bilan o’yin-kulgu qiladilar. Ayrim ibodatxonalarda Motsuri rang-barang karnaval ko’rinishida o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |