Sinxron kompensatorlar
-rasm. Sinxron kompen- satorni ishga tushirish sxemasi
Download 8.72 Kb.
|
Sinxron kompensatorlar
2-rasm. Sinxron kompen- satorni ishga tushirish sxemasi.
Kompensatorlarning uyg‘otish magnit maydonini so‘ndirish sinxron generatorlardagi singari amalga oshiriladi. Sinxron kompensatorlarni ishga tushirish. Sinxron kompensatorni ishga tushirishning keng tarqalgan usuli bo‘lib, reaktorli ishga tushirish hisoblanadi (2-rasm), bunda kompensator juda katta induktiv qarshilikka ega bo‘lgan reaktor orqali tarmoqqa Uzgich 2V bilan ulanadi. Shu sababli ishga tushirishning boshlang‘ich paytida kompensatorning chiqqichlaridagi kuchlanish nominaldan 45-50% gacha kamayadi, ishga tushirish toki 2-2,8In dan oshmaydi. Kompensatorning aylanishini rotorning qutb uchliklariga joylashgan, maxsus ishga tushirish chulg‘ami hisobiga ko‘payuvchi asinxron moment ta’minlaydi. Katta quvvatli kompensatorlardagi yirik qutblar yetarli darajada katta asinxron moment hosil bo‘lishini ta’minlaydi, shu sababli maxsus ishga tushiruvchi chulg‘am kerak bo‘lmaydi. Aylanish paytida kompensatorning aylanishlar chastotasi sinxron kompensatorlarnikiga yaqinlashganda, uyg‘otish beriladi va kompensator sinxronizmga tortiladi. ARV ishga tushirilib statorning minimal toki o‘rnatiladi, so‘ngra viklyuchatel 1V bilan reaktorni shuntlab, kompensator tarmoqqa ulanadi. Download 8.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling