Sinxron mashina va ularning turlari


Download 23.79 Kb.
bet2/6
Sana05.11.2023
Hajmi23.79 Kb.
#1750038
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sinxron mashina va ularning turlari-fayllar.org

Ishlash prinsipi.
Sinxron generatorda asosiy magnit maydon (oqim F0) ni hosil qilish uchun uning qo‘zg‘atish chulg‘amiga o‘zgarmas tok beriladi. Bu tok vaqt bo‘yicha o‘zgarmas va qutbiyligi (ishorasi) almashlanadigan, rotorga nisbatan qo‘zg‘almas bo‘lgan magnit maydonni hosil qiladi. Rotor (induktor) birlamchi mexanizm yordamida aylantirilganda, uning magnit maydoni qo‘zg‘almas stator (yakor) chulg‘amiga nisbatan aylanadi va unda elektromagnit induksiya qonuniga asosan, o‘zgaruvchan EYUK hosil qiladi.
Agarda stator pazlarida simmetrik (yaʼni fazalarining magnit o‘qlari fazoda 120el. ga siljigan bo‘lib, fazalarining elektr qarshiliklari va o‘ramlar soni bir xil) uch fazali chulg‘am joylashtirilgan bo‘lsa, bu chulg‘amda moduli bo‘yicha teng va vaqt bo‘yicha 120 el. ga siljigan EYUK larning sim-metrik sistemasi induksiyalanadi (hosil bo‘ladi). Faza chulg‘amlarida induk-siyalanadigan EYUK larning chastotasi:
f1 = pn / 60, (18.1)
bunda: r – chulg‘amning juft qutblari soni; n – rotorning aylanish chastota- si, ayl./min.
Agar sinxron generatorning uch fazali yakor chulg‘ami tashqi simmetrik yuklamaga ulansa, undan yakorning doiraviy aylanma magnit maydonini vujud-ga keltiruvchi simmetrik o‘zgaruvchan toklar sistemasi o‘tadi. Bu maydonning statorga nisbatan aylanish chastotasi
n1 = 60 f1 / p. (18.2)
Bunga (18.1) dan f1 ning qiymatini qo‘yib, n1 = n ekanligini aniqlay- miz. Demak, qo‘zg‘atish va yakor chulg‘amlarining magnit maydonlari bir-biriga nisbatan qo‘zg‘almas bo‘lib, mashinaning natijaviy magnit maydonini hosil qilar ekan.
Shu tariqa sinxron generatori mexanik energiyani elektr energiyaga ay- lantiradi.
Yakor reaksiyasi.
SG statorining har bir faza chulg‘amlariga qiymatlari simmetrik yuk- lama ulansa, chulg‘amlardan bir-biriga nisbatan 120 ga siljigan uch fazali toklar o‘tadi. Bu toklar statorda n1= n aylanish chastota bilan aylanadigan magnit maydonni hosil qiladi. Yuklama toki yakor magnit oqimi Fa ni hosil qiladi. Fa va qo‘zg‘atish chulg‘amining magnit oqimi F0 bir-biriga nisbatan qo‘zg‘almas bo‘lib, bu oqimlar birgalikda mashinaning natijaviy magnit oqimini hosil qiladi.
Umuman, yuklama bilan ishlayotgan generatorda natijaviy magnit oqimi
Fnat qo‘zg‘atish chulg‘amining MYUK F0 va yakorning MYUK Fa lari taʼsiri natijasida hosil bo‘ladi. MYUK F0 yuklamaga bog‘liq bo‘lmaydi, Fa esa yukla-maning qiymatiga va xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Yuklamaning xarakteri de-ganda yakor MYUK ning asosiy magnit oqimga qanday burchak ostida ( = =0; 0  +90; 0  –90) taʼsir qilishini tushunish lozim. Shuning uchun ham generatorning natijaviy oqimi Fnat yuksiz ishlash rejimidagi oqim F0 dan farq qiladi.
Yakor MYUK Fa ning asosiy magnit oqimi F0= Fqoz ga taʼsiri yakor re-aksiyasi deyiladi. Sinxron mashinalarda yakor reaksiyasi yuklama qiymatiga va xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Quyida noayon va ayon qutbli sinxron mashina (SM) lar uchun yakor reaksiyasini ko‘rib chiqamiz.

Download 23.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling