Sipunkulidlar (Sipuncula) yer yuzida 150


Qisqichbaqalarning jinsiy organlari ichagining ostida yoki ustida joylashganmi?


Download 97.74 Kb.
bet14/26
Sana19.06.2023
Hajmi97.74 Kb.
#1625354
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Bog'liq
feruzbek

21.Qisqichbaqalarning jinsiy organlari ichagining ostida yoki ustida joylashganmi?
Koʻpchilik qisqichbaqasimonlar ayrim jinsli, bir qancha turlari partenogenez yoʻli bilan koʻpayadi. Tuxumlarini koʻpincha urgʻochilari olib yuradi yoki maxsus chiqarish kamerasida rivojlanadi. Qisqichbaqasimonlar metamorfoz orqali rivojlanadi. Tuxumdan chiqqan naupleus lichinkasi rivojlanib metanaupleus davriga oʻtadi. Baʼzan lichinkasining dastlabki davrlari tuxum ichida kechadi va tuxumdan keyingi davriga oʻtgan lichinka (mas, krablarda zoyea) rivojlanib suvga chiqadi. Q, ayniqsa, zooplanktonni tashkil etuvchi turlari suv havzalaridagi oziq zanjirining asosini tashkil etadi. Bir qancha qisqichbaqasimonlar (krevetkalar, krablar, langustlar, omarlar va boshqalar) isteʼmol qilinadi va koʻplab ovlanadi.


22.Molluskalar tipining qoninig ko`k bo`lishining sababini tushuntiring (mis ionlarining bo`lishi)?
Mollyuskalar (Mollusca) tuzilishi xususiyatlari bilan ko‘rib o‘tilgan tiplardan keskin farq qiladi. Tanasi sigmentlashmagan. Shu bilan birga teri – muskul xaltasi, ikkilamchi tana bo‘shlig‘ining mavjudligi, ayirish organlariningg nefridiyalar shaklida tuzilganligi hamda rivojlanish xususiyati bilan bular ma’lum darajada halqali chuvalchanglarning avlodlariga yaqin turadi. Mollyuskalarni o‘rganadigan fan Malakologiya deb ataladi.
Hozirgi vaqtda mollyuskalarning 100 mingga yaqin turi bor. Ayrim manbalarda ularning umumiy soni 50 ming dan 150 ming gacha tebranadi. Ma’lumotlarda bunaqa farqning bo‘lishi ko‘pgina holatlarda ayrim turlari bir necha marta qayd etilgan. Bundan tashqari ularning 35 mingdan ortiq qazilma turlari aniqlangan. Mollyuskalar nihoyatda uzoq evolyutsion tarixga ega. Mollyuskalarning bugungacha yaxshi saqlanib qolgan kembriy davri yotqiziqlaridan boshlab topilgan, ohaktoshli chig‘anoqli paleontologik topilmalari ular haqida boy ma’lumotlar beradi.
Mollyuskalar haqiqiy dengiz hayvonlari bo‘lib, chuchuk suvlarda ham yashaydi. Faqatgina bitta sinfi - gastropodalarning bir necha yuz turigina quruqlikda yashashga moslashgan.
Mollyuskalarning tanasi bosh, tana (“ichki organlar qopchig‘i”) bitta yaxshi muskullashgan oyoq va tananing orqa yelka qismidan maxsus iskana shaklida hosil bo‘lgan o‘simta – mantiya dan iborat. Deyarli hamma mollyuskalarda mantiya to‘qimasi himoya vazifasini bajaruvchi chig‘anoq hosil etadi. Mantiya bilan tana oralig‘ida mantiya bo‘shlig‘i hosil bo‘lgan. Tashqi muhit bilan tutashgan bu bo‘shliqqa jabralar (yoki o‘pka) va bir qancha ichki organlarining yo‘li ochilgan.
Boshida og‘iz, paypaslovchilar (teri va hid sezuv organi) ko‘z joylashib, og‘iz bo‘shlig‘ida qirg‘ichsimon o‘simtalar bilan qoplangan “til” bo‘lishi xarakterlidir. Terida joylashgan maxsus bezlar shilimshiq modda ajratib turadi. Shuning uchun tanasi yumshoq shilimshiqli. Ikkilamchi tana bo‘shlig‘i (selom) qisqarib, yurak atrofida va ba’zilarida tuxumdon yoki urug‘don atrofida joylashgan.
Og‘iz bo‘shlig‘i yoki xalqumga so‘lak bezining yo‘li ochilgan. Oshqazon atrofida “jigar” deb ataladigan organ joylashgan. Ko‘pchilik turlari jabralar orqali nafas olsa, quruqlikda yashaydiganlari esa mantiya devoriga tutashgan o‘pka yordamida nafas oladi. Yaxshi rivojlangan muskulli yurak – ikkilamchi tana bo‘shlig‘i (yurak oldi bo‘shlig‘ida joylashib) undan to‘qimalar va organlarga boruvchi qon tomirlari tarqalgan. Qon aylanish sistemasi ochiq. Ko‘pchiligi ayrim jinsli; ba’zilari ikki jinsli (xunosa - germofradit).
Nerv sistemasi - uch juft asosiy nerv; bosh nerv tuguni, ichki organlar va oyoq tugunlaridan tarkib topgan. Mazkur tugunlar o‘zaro tutashgan. Sezuv organlari ko‘z paypaslovchilar, muvozanat organi va kimyoviy sezuv organlaridan tarkib topgan.

Download 97.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling