Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi


Download 58.4 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.12.2022
Hajmi58.4 Kb.
#1058623
Bog'liq
Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi - Vikipediya



Sirdaryo issiqlik
elektr stansiyasi
Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi — Oʻrta Osiyodagi yirik energetika inshooti. Yangiyer
shahridan 30 km sharkda, Oʻzbekiston va Tojikiston chegarasidagi Shirin shahrida kurilgan.
Stya kurilishi 1966-yilda boshlangan. Quvvati 300 MVt boʻlgan birinchi energoblok 1972-yilda,
oxirgisi — 10energoblok 1981-yilda ishga tushirilgan. Taganrog qozon zavodida tayyorlangan
bugʻ qozonlari oʻrnatilgan, kondensatsiya turbinalari Leningrad "Elektrosila" zavodidan
keltirilgan. Asosiy yoqilgʻisi — Shoʻrtan gaz konlaridan olinadigan tabiiy gaz, ehtiyot yoqilgʻisi
— mazut. Sirdaryoning Farhod gidrouzeli yuqori byefidan boshlanadigan kanal orqali suv bilan
taʼminlanadi.
Styada oʻrnatilgan quvvatlar 3000 MVt boʻlib, stansiya "Oʻzbekenergiya" davlataksiyadorlik
kompaniyasi tarkibidagi elektr stansiyalar hosil qiladigan umumiy elektr energiyasining 33%
ga yaqinini ishlab chiqaradi. 2003-yilda 15168 mln. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqardi.
Quvvatlar 220 va 500 kV li elektr uzatish tarmoklari orqali Markaziy Osiyo Birlashgan
energetika sistemasiga beriladi. Hozirgi davrda stansiya uskunajihozlarning ishonchli va
tejamkor ishlashini oshirish maqsadlarida rekonstruksiya va texnik jihatdan qayta jihozlash
ishlari olib borilmoqda. 2021-yil yanvar oyi boshidan sirdaryo kanali ong tomonida sirdaryo
İES ga qarama qarshi tomonda yangi Saudia arabistoni va turkiya va xitoy davlatlari
texnologiyalari asosida 1500 MVt elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi SYRDARYA GRES
qurilishi amalga oshirilmoqda. ushbu zavod 2025-yilga qurib bitkazilishi rejalashtirilgan


 
Soʻnggi tahrir 3 oy avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Sirdaryo
_issiqlik_elektr_stansiyasi&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Sirdaryo_issiqlik_elektr_s
tansiyasi&oldid=2858378
" dan 
olindi 


Download 58.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling