Sirdaryo tibbiyot kolleji farmatsevt asistenti 216-guruh mustaqil ish


Download 123.58 Kb.
Sana02.03.2020
Hajmi123.58 Kb.


SIRDARYO TIBBIYOT KOLLEJI

FARMATSEVT ASISTENTI

216-GURUH
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Giyohvandlik

Bajardi: Amirova Mahliyo

Qabul qildi: Bariyeva Aliye

Giyohvandlik (Narkomaniya) – (yunoncha narke – karaxtlik va maniya – telbalik, jahl, shodhurramlik) narkotik va narkotik ta’sirga ega bo’lgan moddalarni iste’mol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallik. Giyohvandlik — inson shaxsining va ruhiy holatining chuqur o’zgarishiga, shuningdek tana ichki a’zolari faoliyatiniig jiddiy, zararlanishiga olib keladi. Giyohvandlik narkotik xususiyatiga ega bo‘lgan va qonun bilan ta’qiqlangan kimyoviy narkotik moddalarni yoki dori-darmonlarni iste’mol qilish natijasida ham shakllanadi.


Giyohvandlar o‘zlarining ma’naviy qiyofasini yo’qotadi, aql-idrok, fikrlash, eslash qobiliyati, ruhiyat butunlay izdan chiqadi. Ularda hayo, hurmat-izzat, mehr-oqibat kabilar yo‘qoladi, jamiyatdan ajralib qoladilar. Kasallik rivojlanishi bilan ular oila, ishxona, mahalla, ko‘cha-kuyda, o‘quv joylari kabilarda tartib-intizom, qonun-qoidalarni buzishni boshlab, katta ziyon keltiradilar. Ularning fikr-zikri faqat giyoh moddalar topish va istemol qilishdan iborat bo‘lib qoladi. Ota-ona, bola-chaqa, oila, mahalla, jamoa kabilar ularni umuman qiziqtirmaydi.

Odamlarni giyohvand moddalarni iste’mol qilishga undaydigan asosiy vaj, ularning bunday narkotik moddalar tomonidan chaqiriladigan sub’ektiv yoqimli kechinmalarini takroriy ravishda his qilishga bo‘lgan intilishidir. Har bir giyohvand o‘z xohish-irodasi bilan yoki o’ziga bog‘liq bo‘lmagan holda, o’zining kayfiyatini ko’tarish, emotsional holatini yaxshilash uchun haddan tashqari kuchli ehtiyoj sezadi. Giyohvand moddalarni dastlabki paytda iste’mol qilishdan maqsad, odamlarning o‘zlarini bezovta qilayotgan hislardan — charchoqlik va hayotdan qoniqmaslik, shuningdek ruhiy qashshoqlik, diqqinafaslik kabi hissiyotlar iskanjasidan, vaqtinchalik bo‘lsa ham qutulishdir.


Giyohvandlik – XXI asr vabosi bo‘lib, bugun jahon miqyosidagi muammodir. U jamiyatni eng xavfli va eng og‘ir oqibat, kulfatlarga olib keluvchi og‘udir. Giyohvand modda, uni iste’mol qilgan insonni hayotini butkul o’zgartirib yubora oladigan zahri qotildir. Chunki bu zaxri qotil qancha insonlarni bevaqt o’limiga, jamiyatga esa o’z ta’sirini yetkazmay qo’ymaydi. Giyohvandlik insonni ahloqiy jihatdan tubanlikka tortadi, aql-idrokdan maxrum etadi, oqibatda kishi jismonan holdan toyadi va dunyodan ko’z yumadi. Giyohvand modda qabul qiladigan inson og’ir jinoyatlarga qo’l uradilarki, hatto odam o’ldirishga jazm qilishlari mumkin. Giyohvand moddalar odamni ayni kuch-quvvatga to’lgan davrida alkogolga nisbatan 4-5 marotaba tezroq halokatga uchratadi. Bugungi kunda dunyo aholisiga atom bombasidan ham kuchli xavf solayotgan ofatdir, shu sababli 26-iyun “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni” deb qabul qilindi hamda har bir inson bu masalaga yengil qarab o’tirgani yo’q.
Bugungi kunda O’zbekistonda giyohvandlikka qarshi ko’rash, uning oldini olish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Ayniqsa, bu borada Prezidentimiz I.A. Karimov tomonidan olib borilayotgai tadbirlar tashabbuslar, ilgari surilayotgan ilg‘or g‘oyalar diqqatga sazovordir. Xususan O’zbekiston Respublikasida Giyohvandlikka qarshi kurash qo’mitasi tashkil qilinib, davlat dasturi ishlab chiqilgan. Respublikada narkologiya markazi tashkil qilingan va bu markazda narkologiya bo’yicha olim va mutaxassislar tomonidan malakali kadrlar tayyorlanib, ular mamlakat mintaqalarida Giyohvandlikka karshi keskin kurash olib boradi. Giyohvandlikka mubtalo boʻlgan bemorlar asosan shifoxona (statsionar) sharoitida 2—4 oygacha davolanib, 4—5 yilgacha ambulatoriya kuzatuvi va hisobida bo’ladilar. O’zbekistonda giyohvand vositalarni ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullangan kishilar jinoiy javobgarlikka tortiladi
Giyohvandlik nechog‘lik fojia ekanligini to‘la anglab, mamlakatimizning har bir fuqarosi o’z sog‘lig‘iga masuliyatni oshirish, uni saqlash, mustahkamlashga ongli munosabatda bo’lish, sog‘lom turmush tarzi talablariga rioya qilishni ta’minlashga etarli e’tibor qaratishi lozim. Zero, uning mamlakatimiz xududida quloch yoyishining (tomir otishining) oldini olish va unga qarshi ko‘rashish har bir fuqaro, oila, mahalla, tashkilot, idora, korxona muassasa, maktab, oliy va o’rta maxsus bilim yurtlari, Vazirlik, qo’mita, jamg‘arma kabilarning muqaddas burchidir. Insonlik burchimizni o’z vaqtida chin dildan amalga oshirib bu illatga qarshi chiqsak o’z yaqinlarimizni giyohvandlik degan balodan asragan bo’lamiz.

Giyohvand moddalarni qabul qiluvchi insonlar narkomanlar deb ataladi. NARKOMANIYA - yunoncha so‘z bo‘lib, narko – karaxtlik, maniya - hohish , intilish ma’nosini anglatadi. Narkomaniya holati yuzaga kelish uchun bir necha bosqichlar yuzaga kelishi kerak.

• 1-bosqich. Eyforiya holatining yuzaga kelishi ya’ni qoniqish va huzurlanish holatini his qilish, narkotik moddalarga nisbatan himoya reaksiyasini pasayishi - ruhiy qaramlik.

• 2-bosqich. Xumor sindromi. Asabiylashish, jahldorlik, bosh og‘rig‘i, titrash, oyoq qo‘llardagi og‘riq paydo bo‘lishi.

• 3-bosqich. Narkotik moddalarsiz yashay olmaslik hususiyati paydo bo‘ladi, moddaga bo‘lgan chidamlilik pasayadi, narkotik moddalar dozasi faqat tetiklashtirish darajasiga etadi, bemorni ushbu doza qoniqtirmaydi.

Uchinchi bosqichdan so’ng giyohvand modda qabul qiluvchi insonlar narkomanlar yoki giyohvandlarga aylanadi. Giyohvand yoki narkoman insonlar oilasiga , jamiyatgava butun-bir insoniyatga birdek salbiy zararlar keltirib chiqaradi. Quyida narkomaniya va giyohvandlikka sabab bo’luvchi ayrim moddalar haqida ma’lumot beramiz.

Nasha maxsulotlari

• Marixuana – nasha o‘simligining quritilgan yoki quritilmagan barglari

• Nasha, gashish, plan – changi va mumning presslangani va o‘simlik yuqori qismining maydalangani

• «Ko‘knori qalamchalari» - o‘simlikning jigarrang-sariq rangli quritilgan maydalangan qismi

• Geroin – och kul rang-jigar rang, mayda krisstalsimon, nohush hidli, sun’iy kukun

• Metadon – geroinga o‘xshash sintetik narkotik

• Kodein – bosh og‘rig‘i va yo‘talga qarshi, chet elda rasmiy ravishda ishlab chiqariladigan tabletka

Psixostimulyatorlar

• Kokain – ichimlik sodasiga o‘xshash, oq kristalsimon kukun

• Ekstazlar – turli rangdagi, shakldagi tabletkalar

Gallyusinogenlar

• LSD – turli rangli pochta markasiga o‘xshash, tiniq suyuqliq, kukun yoki tabletkalar

• Psilotsibum turiga mansub ko‘ziqorinlar- oyoqchalari ingichka, bosh qismi binafsha rangli kichik hajmli zamburug‘lar

Giyohvandlik oqibatida boshqa qon va jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklar soni ortib bormoqda. Bunday kasalliklarga gepatit B, gepatit C, OITS, zahm va boshqa kasalliklar kiradi. songi statistik ma’lumotlarga ko’ra giyohvand moddalarni 1 ta -shprits bilan 5-6 ta giyohvand tomiriga yuborishi natijasida OIV- infeksiyasi bilan zararlanish 80,0% ni tashkil etadi.

Bu kasallikni oldini olish chora-tadbirlari butun dunyo bo’ylab, shuningdek O’zbekistonda ham keng ko’lamda olib borilmoqda. 1999 yilda Prezidentimiz I.A Karimovning tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XV - sessiyasida “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi qonun (1999 yil 19 avgust 813 – 1 – sonli)ning qabul qilinishi ham giyohvandlikning oldini olishda muhim huquqiy asos bo‘ldi. Hozirgi kunda ham, aholi orasida ushbu asr vabosini oldini olish maqsadida barcha ishlar olib borilmoqda.

Giyohvandlikni oldini olishning barcha uchun muhim bo’lgan qoidalari quyidagilardan iborat.

– Zararli odatlardan o‘zingizni himoya qiling.

– Giyohvand moddalarni ta’tib xam ko‘rmang.



– Sog‘lom turmush tarzi - saodatga eltuvchi ishonchli yul ekanligini doimo esingizda tuting.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling