Sirdaryo Viloyati Davlat Arxivi
Download 16.74 Kb.
|
Sirdaryo Viloyati Davlat Arxivi
Sirdaryo Viloyati Davlat Arxivi Sirdaryo viloyati hokimligiga qarashli arxiv bo’limi bo’lib ish yuritilgan va ilmiy-texnik ilovaga to’rtinchi marta topshirishi. Sirdaryo viloyati hokimligiga qarashli arxiv bo’limi 2004-yildan Sirdaryo viloyat arxiv ishi boshqarmasi bo’lib “O’zarxiv” agentligiga bo’ysunadi, Sirdaryo viloyat arxiv ishi boshqarmasi bilan davlat arxivi 2007-yil bo’linib, viloyat arxiv boshqarmasiga bo’ysunadi. Bu yilgi ilmiy texnik ishlovga 1971-2008-yillardagi hujjatlarini topshirdi. Sirdaryo viloyati arxiv ishi boshqarmasi “O’zarxiv” agentligiga bo’ysunadi, davlat arxivi viloyat arxiv ishi boshqarmasiga bo’ysunadi. Hujjatlarning saqlanish ahvoli qoniqarli darajada. Hujjatlar yig’majild holida tikilgan. Ilmiy-texnik ishlash jarayonida xronologik tartibda olib borilib quyidagi ishlar bajarildi: -hujjatlar yilma-yil qilib ajratildi; -hujjatlarning ahamiyatliligi asosida qimmatdorligi aniqlanadi; -doimiy saqlanadigan hujjatlar, shaxsiy tarkibli hujjatlar, vaqtinchalik saqlanadigan hujjatlar ajratib olindi; -doimiy saqlanadigan va shaxsiy tarkibli hujjatlar kitob holiga keltirilib tikildi, varaqlari raqamlandi, sarlavhalar yozilib arxiv belgilari va shriftlari qo’yildi. Doimiy saqlashga 2003-2008-yillardagi 104(bir yuz to’rt)ta yig’majild ajratib olindi. Bu hujjatlarga yillik balans hisoboti, shtatlar jadvali harajatlar smetasi va boshqa hujjatlardan iborat. Sirdaryo viloyat arxiv ishi boshqarmasi va davlat arxivining 1971-2008-yillarga oid 39(o’ttiz to’qqiz) ta yig’ma jilddan iborat. Bu hujjatlar shaxsiy tarkibli buyruqlar, xodimlarning ish haqqi va shaxsiy varaqalaridan iborat. Shaxsiy tarkibli hujjatlardan fuqarolarni ijtimoiy himoyalash maqsadida foydalanish mumkin. Shaxsiy tarkibli hujjatlari Guliston shahar idoralararo xo’jalik hisobidagi shaxsiy tarkibli hujjatlar arxivida 75yil mobaynida saqlanadi. Manzili: Guliston shahri, 1-mavze, Panyuxova ko’chasi 1-uy (sobiq “Do’stlik” kanali PMK binosi). Telefon 27-89-15 Vaqtinchalik saqlanadigan hujjatlarga 2007-2008-yillardagi 1-sonidan 88-sonigacha bo’lgan 107(bir yuz yetti)ta yig’majild ajratib olindi. Bu hujjatlarga buxgalteriya hujjatlari, bosh kitob, shartnoma, aylanma videmost va boshqa hujjatlardan iborat. Doimiy va vaqtinchalik saqlanadigan hujjatlar Sirdaryo viloyat Davlat arxivining moslashtirilgan saqlov xonalarida saqlanadi. Bu hujjatlar bilan tanishishni istovchi shaxslar arxiv direktori nomiga yozma ravishda murojat qilishlari lozim. Viloyat Davlat arxivining manzili: Guluston shahri, 2-mavze, Mustaqillik ko’chasi, 16-uy. Telefon 25-35-22. Sirdaryo viloyat arxiv ishi boshqarmasi va davlat arxivining saqlanish muddati tugagan, tarixiy ahamiytga ega bo’lmagan 2002-2006-yillarga oid 78(yetmish sakkiz) ta yig’ma jilddan iborat hujjatlari 2006-yilda Toshkent shahrida chop etilgan “O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHKILOTLARI FAOLIYATIDA TUZILADIGAN BOSHQARUV HUJJATLARINING SAQLASH MUDDATLARI KO’RSATILGAN NAMUNAVIY RO’YXAT”ning tegishli moddalariga asosan yo’q qilish uchun ajratildi. Bu hujjatlar tashkilot rahbariyati ixtiyoriga beriladi. 1963-yil 15-iyunda Ijroiya qo’mitasini Sirdaryo viloyati kengashi deputatlari Sirdaryo viloyatida Tashkilotlar arxivi davlat haqida: Bog’lanuvchi tashkilot bilan yangi sirdaryo viloyatining va topshirish tarkibiga Kirov va Paxtaorolning viloyati, Qozog’iston tumani, katta Jizzax tumani, Samarqand viloyatini kiritish maqsadida faoliyati yaxshilanishi arxivlarning viloyatlari, tashkilotlarni tartibga solish, ularni ishlarini qo’llanmalar bilan mustahkamlashtirish, ishlar bajarilishini davlat arxivlarining kengash minstorlar qarori bilan 2UI-62-yildan amal qilinadi. Ijrochi qaror qildi 1 Vujudga keltirgan ijrochini oldida Sirdaryo davlat qo’mitasi deputatlari mehnat qilganlar, viloyatga qarashli davlatga oid arxiv soni bilan shtat birligi 18 kishi. 1963-yil 15- iyundgi SHTATLAR JADVALI
1965-yil 15-iyundagi SHTATLAR JADVALI
SIRDARYO VILOYATI DAVLAT ARXIVINING 2009-YIL 1-YANVAR HOLATIGA FONDLAR
Download 16.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling