Sirkulyatsiya dinamikasi. Qon hamda limfa bosimi va oqimi
Download 37.5 Kb.
|
tarjima
Sirkulyatsiya dinamikasi. Qon hamda limfa bosimi va oqimi Mundarija Kirish Vazkulyar sistema struktur tarkibi Qon-tomir tuzilishi Gemodinamika Qon oqimining umumiy boshqarilish prinsiplari Oqim-bosim- qarshilik o'zaro bog'loqligi Oqim va qarshilik o'zaro bog'liqligi Qon oqimi tezligi Qon oqimi: turlari va taqsimlanishi Qon tomir daraxtining turli funksional segmentlarida oqim va bosim Elastik arteriyalarning funksional oqimi va bosimi Muskulyar arteriyalarning funksional oqimi va bosimi Arteriolalarning funksional oqimi va bosimi Mikrosirkulyatsiya Limfatik sirkulyatsiya Venoz qon aylanish Qon bosimi Ta'rifi( Terminologiyasi) Arterial qon bosimini aniqlash Qon bosimida o'zgarishlar Qon bosimini o'lchash Qon bosimining boshqarilishi Kirish Sirkulyatsiya dinamikasi qon va limfa oqimlari shuningdek tana qon- tomir tizimining turli segmentlaridagi bosim bilan bog'liq. Buni aniqlash maqsadida quyidagi mavzular muhokama qilinadi: ● Vazkulyar sistemaning tuzilishi va funksianal tashkil topishi; ● Gemodinamika; ● Qon aylanish tizimining turli segmentlarida qon bosimi va oqimi; ● Qon bosimi Vazkulyar sistema tuzilishi va funksianal tashkil topishi Qon-tomir tizimi tashkil topishi Qon tomir tizimi ketma -ket joylashtirilgan tizimli ( katta qon aylanish doirasi)va o'pkali( kichik qon aylanish doirasi) ikkita alohida qon aylanishiga bo'linadi. Bundan tashqari, qon aylanishiga parallel ravishda limfa aylanishi ham mavjud bo'lib, qon aylanishining turli funktsiyalarni bajarishiga yordam beradi. Tizimli qon aylanishi parallel kanallar orqali turli organ sistemalarini qon bilan ta'minlaydi. (4.4-1- rasm)Tomirlarning parallel joylashishi bir xil arteriya tarkibidagi qonni (ya'ni, bir xil bosimdagi O2 va CO2 , pH, glyukoza darajalari va asosan bir xil arterial bosim) tananing turli organlariga etkazilishini ta'minlaydi. Katta qon aylanish doirasida qon chap qorinchadan arteriyalar va arteriolalar orqali kapillyarlarga quyiladi, u erda interstitsial suyuqlik bilan muvozanatlanadi. Kapilyarlar venulalar orqali venalarga va undan yig'ilib o'ng bo'lmachaga quyiladi. O'pkali qon aylanish ( kichik qon aylanish ) doirasi qonni kislorodga to'yintirishga yo'nalgan.O'pka qon aylanishi tizimli aylanish bilan ketma -ket tashkil etilgan, shuning uchun u har qanday muhim vaqt davomida bir xil miqdordagi qon oladi. Kichik qon aylanish doirasida qon o'ng qorinchadan o'pka arteriyalari orqali o'pka kapillyarlariga o'tkaziladi. O'pka kapillyarlarida qon alveolyar havo tarkibidagi O2 va CO2 bilan muvozanatlashadi. Kislorodga to'yingan qon kapillyarlardan venula va o'pka venalariga o'tib, chap bo'lmachaga quyiladi. Limfa aylanishini qon aylanishiga parallel joylashgan sirkulyatsiyaning uchinchi turi deb hisoblash mumkin. Bir qancha to'qima suyuqliklari limfa kanallariga limfa suyuqligi sifatida quyiladi va ular vena qon tomirlariga quyilib ular orqali ko'krak limfa yo'li va o'ng limfa yo'liga quyiladi. Sistemali qon- tomir daraxti. Tasniflash maqsadida va funksional nuqtai nazardan tizimli qon - tomir daraxtini quyidagi qon-tomir guruhlariga bo'lish mumkin. ● Yuqori elastikli arteriyalar ( windkessel vessels) aorta va uning uyqu arteriyasi, yonbosh arteriyasi va qo'ltiq osti arteriyasi kabi yirik tarmoqlarini o'z ichiga oladi. ● Mushak tipidagi arteriyalar ( tarqatuvchi tomirlar) tanadagi ko'pgina arteriyalar: bilak, tirsak arteriyalari va taqimosti arteriyalarini o'z ichiga oladi. ● Arteriola va prekapillyar sfinkterlar( rezistent qon-tomirlar) ● Meta- arteriola va kapillyarlar (almashinuv tomirlar) ● Venulalar( postkapillyar rezistens qon -tomirlar ● Venalar( hajmli qon tomirlar) ● Arteriovenoz anastomozlar( shuntlovchi tomirlar) Qon tomir tuzilishi Tuzilishining o'ziga xosligi. Tuzilishining umumiy xarakteristikasi. Gistologik jihatdan ko'pchilik qon- tomirlar (kapillyardan tashqari) devori 3 qavatdan iborat. Yirik arteriyalarning umumiy tuzilishi quyida keltirilgan( 4.4-2-rasm) 1.Intima qavati. Qon tomir devorining ichki qavati. Yirik arteriyalarda ichkaridan tashqi tomonga quyidagi qismlardan iborat: Endotelial qoplama, silliq va mayin, 1 qavat hujayralardan iborat. U qon bilan doim kontaktda bo’ladi. Bazal plastinka – endoteliy ustida jolashgan , glikoproteinlardan iborat yupqa qavat. Subendotelial biriktiruvchi to’qima- bazal membrana tashqi tomonida joylashgan, nozik biriktiruvchi to’qimalardan iborat qavat. Ichki elastic plastinka- elastik tolalardan iborat yupqa mebrana. 2. O’rta qavat- o’rtada joylashgan , qon-tomir devorining eng yo’g’on qavati. U silliq mushaklar va elastic tolalardan iborat. Bu ikkala to’qima nisbati turli tomirlarda turlicha nisbatda. O’rta qavat tashqi tomondan tashqi elastic plastinka deb nomlanuvchi elastic tolalardan iborat membrane bilan chegaralangan. 3. Adventitsial qavat- tomir devorining eng tashqi qavati. U biriktiruvchi iborat bo’lib unda kollagen tolalari ko’rinib turadi. Bu qavat qon tomirning cho’zilishi, kengayishidan saqlaydi. Asosiy xarakteristikasi Download 37.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling