Sirt hodisalari


Download 1.56 Mb.
Sana29.03.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1307791
Bog'liq
Mitsella

Mitsellar tuzilishi


Bajardi : Maxammadiyev Jovoxir

Reja : 1.Mitsella va uning tuzilishi 2.Mitsella hosil bo’lish termodinamikasi


Mitsella va uning tuzilishi. Kolloid sistemalarni olish yo’llari va kolloid sistemalarning elektrokinetik xossalari asosida kolloid zarrachalarning tuzilishini bilish mumkin. Kolloid zarrachalarning tuzilishi shundan iboratki, kolloid zarracha – juda ko’p molekula yoki atomlarning birlashgan ko’rinishi va ular zarracha yadrosini tashkil etadi. Zarracha yadrosi qo’sh elektr qavat bilan qoplangan. Yadro va qo’sh elektron qavat bilan birga mitsella deyiladi.
Mitsella – oddiy molekulalarga qaraganda ancha murakkab tuzilishga ega. Unda ikki qism – neytral modda – yadro va qo’sh qavatdan iborat. Yadro va unga adsorbilangan ionlar birgalikda granula – kolloid zarracha deyiladi. Granula ma’lum zaryadga ega bo’lganligi uchun uning atrofida qarama-qarshi zaryadli ionlar yig’iladi. Lekin bu ionlar zarrachaga zaifroq tortilib turadi va dispersion muhitning bir qismini tashkil qiladi.
Shunday qilib, mitsella - granuladan va uning atrofidagi qarama-qarshi zaryadli ionlardan iborat sistemadir. Mitsella elektr maydon ta’sir etmagan sharoitda elektroneytral bo’ladi. Buni quyidagi sxema shaklida yozish mumkin:
Misol tariqasida temir (III)-gidroksid zolini ko’rib chiqamiz: Bu zolni hosil qilish uchun temir (III)-xlorid eritmasi issiq holatda gidroliz qilinadi. Gidroliz reaksiyasi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: FeCI3+3H2O↔Fe(OH)3+3HCI Temir (III)-gidroksidning sirtdagi molekulalari xlorid kislota bilan reaksiyaga kirishib, ionli stabilizator FeOCI molekulalarini hosil qiladi: Fe(OH)3+HCI↔ FeOCI+2H2O FeOCI molekulalari dissotsilanib, FeO+ va Cl- ionlarni hosil qiladi: FeOCI↔ FeO++ Cl-
Tarkibi jihatdan kolloid yadro tarkibiga yaqin bo’lgan ionlar kolloid zarrachalar sirtiga adsorbilanadi degan qoidadan foydalanib, temir(III)-gidroksid zolining tuzilishini quyidagi shaklda yozish mumkin:
n[Fe(OH)3]∙mFeO+, (m-x)CI- + xCI
Bu zarracha musbat zaryadga ega ekanligi sxemadan ko’rinib turibdi. Endi manfiy zaryadli zol sifatida mishyak sul’fid zolini ko’rib chiqamiz: Bu zolni hosil qilish uchun arsenit kislotasiga vodorod sul’fidni ta’sir ettirish kerak. Sodir bo’ladigan reaksiya quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: 2H3AsO3+3H2S=As2S3+6H2O Eritmada vodoror ionlati ortiqcha miqdorda bo’lgan, shuning uchun bu sistemada: H2S↔HS-+H+
Mitsella hosil bо‘lishi о‘z-о‘zidan sodir bо‘ladigan va qaytar jarayon hisoblanadi. Konsentratsiya va haroratning о„zgarishi sistema muvozanatini siljitadi: Chin eritma ↔ mitsellar (kolloid) eritma ↔ gel S↓ S↑ T↑ T↓ Suvli eritmalarda SAM molekulasidagi gidrofob ta‟sirlashuv – difil molekulalarni gidrofob qismlari suvdan qochishi, mitsella hosil bо„lishiga sabab bo’ladi. Xosil bo’layotgan mitsellalar shakli eritma konsentratsiyasiga bog’liq.
Mitsella hosil qiluvchi SAMga gidrofob zanjir uzunligi S12-20 bо„lgan organik kislotalarning natriyli, kaliyli yoki ammoniy tuzlari, alkilsulfatlar, alkilbezosulfanatlar kabi boshqa sun‟iy ionogen va noionogen moddalar kiradi. Chin eruvchanlik, ya‟ni suvdagi eritmada yoki ion holatda bо„lganda moddaning muvozanot konsentratsiyasi bunday SAMlar uchun yuqori bо„lmay, va ionogen 9 SAM uchun 0,01-0,001mol/l ni tashkil etadi. Noionogen SAM moddalar uchun bundan о„n yoki yuz barobar kichik bо„lishi mumkin.
Mitsella xosil bo’lishining kritik konsentratsiyasi juda katta ahamiyatga ega, uning qiymatiga qarab eritmaning xossalari o’zgarib boraveradi. MXKKga har xil faktorlar ta’sir qiladi. Masalan, sirt-aktiv moddaning molekulyar massasi oshishi bilan MXQKK qiymati kamayib boradi va sirt aktivlikka teskari proporsional bo’ladi. MXKK 1/Gm
MITSELLA HOSIL BО‘LISH TERMODINAMIKASI
Mitsella hosil qiluvchi SAM saqlovchi termodinamik barqaror sistemalarda dispers faza – mitsella – molekulyar erigan SAM, tо„yingan sharoitda – makrofaza ham muvozanatda bо„ladi. 16 m molekulalardan iborat mitsella va molekulyar erigan SAM muvozanatini quyidagi kimyoviy tenglama orqali ifodalash mumkin: m[SAM] ↔ [SAM]m Massalar saqlanish qonuniga kо’ra: mits mits m A M n K N C

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling