Sirt taranglik koeffisientini xalqa usuli bilan aniqlash
Download 57.16 Kb.
|
Sirt taranglik koeffisientini xalqa usuli bilan aniqlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asbobning tavsifi
- Ishning bajarish tartibi
- Savol va topshiriqlar
SIRT TARANGLIK KOEFFISIENTINI XALQA USULI BILAN ANIQLASH Kerakli asbob va materiallar: Maxsus qurol (Jolli tarozisi), shtangenserkul, tarozi toshlari, tekshiriladigan suyuqlik. Ma’lum diametr va qalinlikka ega bo‘lgan halqani (2-rasm) suyuqlikning erkin yuziga tekkizsak, suyuqlik va halqa molekulalarining o‘zaro tortishishi natijasida halqa suyuqlikning erkin sirtiga yopishadi. Bu uning ichki va tashqi aylanasi sirti bo‘ylab joylashgan molekulalari bilan suv molekulalarining o‘zaro ta’siridan yuzaga keluvchi tutinish kuchi natijasidir. Agar suyuqlik yuzasidan ajratishga harakat qilinsa, molekulalar orasidagi tutinish kuchlari bunga qarshilik qiladi. Bu kuch halqaning ichkarisidan va tashqarisidan tegib turgan suyuqlikning sirt taranglik kuchiga teng. Suyuqlik sirtining halqaga tegib turgan chegarasining uzunligi (9) bunda halqaning ichki diametri, halqaning tashqi diametri. U holda halqani ushlab turuvchi sirt taranglik kuchi (10) bo‘ladi. Halqani suyuqlikdan uzib olgan kuch bo‘lsa, (10) ifoda quyidagicha yoziladi: yoki (11) Agar halqani qalinligini desak, bo‘ladi, bunda (11) quyidagi ko‘rinishni oladi: (12) Suyuqlikning sirt taranglik koeffitsientini topish uchun halqa bilan suyuqlik orasidagi tortishish kuchi tajribada topilib, halqaning ichki diametri va qalinligi o‘lchanadi. 1-rasm Asbobning tavsifi Halqa usuli bilan sirt taranglik koeffitsientini topishga mo‘ljallangan qurilma 3-rasmda keltirilgan. Asbob quyidagicha tuzilgan: asosga tayanchga mahkamlanib, unga Sh shkala vertikal o‘rnatilgan. -sterjen bilan taxta gorizontal o‘rnatilgan. sterjenga dinamometr ilinib, unga palla bilan halqa osib qo‘yiladi. taxta ustidagi ichiga suyuqlik qo‘yilgan idish halqa ostiga qo‘yiladi. idishning tubiga yaqin joyda jo‘mrak o‘rnatilgan. Jo‘mrakni ochib, idishdagi suvni oqizish mumkin. Suv idishga tushadi. idishga suyuqlik quyib, uning sathi ma’lum darajada ko‘tarilsa, halqaga yetgan suyuqlikning erkin sirti unga yopishadi. Agar jo‘mrakni ochib suyuqlik oqiza boshlansa, idishdagi suyuqlik sathi pasayib, sirt taranglik kuchi halqani pastga torta boshlaydi. Halqaga ta’sir etuvchi sirt taranglik kuchi dinamometrning deformatsiya kuchidan salgina kichik bo‘lishi bilanoq halqa suyuqlik sirtidan uziladi. Dinamometr strelkasining Ш shkalada shu holdagi ko‘rsatishini va dastlabki ko‘rsatishini bilgan holda halqaga ta’sir etuvchi kuch kattaligini topa olamiz. Ishning bajarish tartibi: idishga tekshiriladigan suyuqlik quyib, halqa ostidagi taxtachaga qo‘yiladi. taxtani vertikal harakatlantirib, halqaga suyuqlikning erkin sirtini yaqinlashtirib, halqaning gorizontal ekanligini tekshiramiz. dinamometr strelkasining Ш shkaladan dastlabki ko‘rsatishi, bilan belgilanadi. Suyuqlikning erkin sirti halqaga tegizilgach, taxta mahkamlanadi. jumrakni ochib, idishdagi suyuqlik sekin oqiza boshlanadi. Halqaning suyuqlik sirtidan ajralish paytida dinamometr strelkasining Ш shkaladan keyingi ko‘rsatilishi bilan belgilanadi. pallaga tosh qo‘yish yo‘li bilan strelka vaziyatga keltiriladi, ya’ni bo‘ladi. Shtangentsirkulda halqaning ichki diametri va qalinligi o‘lchab olinadi. (12) formula yordamida hisoblanadi. 9. Tajriba 3-5 marta takrorlanib, quyidagi jadvalga yoziladi.
Savol va topshiriqlar 1.Sirt tarangligini keltirib chiqaruvchi sabablarni tushuntiring. 2.Sirt taranglik koeffisienti deb nimaga aytiladi va uni birligini ayting. 3.Halqaning suyuqlik yuzasiga tegib turgan sirtiga qanday kuchlar ta’sir etadi? 4.Kapillyarlik hodisani tushuntiring. Download 57.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling