Fizika fanidan labaratoriya ishi 2
Sirt taranglik kuchi qanday yo’nalgan bo’ladi
Sirt taranglik kuchi tomchining yuqorisiga qarab yo`nalgan bo`ladi.
Sirt taranglik koeffisienti topish formulasini keltirib chiqarig?
Suyuqlikning sirt taranglik koeffisienti deb nimaga aytiladi va u qanday birliklarda o’lchanadi?
Suyuqlikning sirt taranglik koefficienti son jihatdan sirt pardasi chegarasining uzunlik birligiga qo’yilgan kuchga teng bo’ladi va bu koefficient SI sistemasida N/m da o’lchanadi.
Sirt taranglik koeffisienti temperaturaga bog’liqmi, agar bog’liq bo’lsa u qanday formula bilan ifodalanadi?
Suyuqliklarning sirt taranglik koefficienti temperatura ortishi bilan kamayadi. Sirt taranglik koffisentining temperaturaga bog’liqligi quyidagi formula yordamida ifodalanadi:
Bunda alfa nol 0 gradus (selei)dagi suyuqlikning sirt taranglik koefficienti, k - sirt taranglikning temperatura koefficienti, t - Celsiy shkalasi bo’yicha olingan temperatura.
5. Tomchining hosil bo’lishini va uning uzilib tushishini tushuntiring.
Suyuqlik ingichka naychadan oqib chiqayotganda naycha uchidagi sirt pardasi suyuqlikni oqib chiqishiga to`sqinlik qiladi. Ammo yuqoridagi bosim tufayli parda cho`zilib tomchi hosil boladi. Keyin esa tomchining tepasida unung bo`yinchasi hosil bo`ladi va tomchining og`irligi uni tutib turgan sirtning kuchidan ortib ketadi va tomchi uzuladi.
6. Tajriba nima uchun 3 va 5 marta takrorlanadi ?
O`tkazilgan tajribani biz bir yoki ikki marotaba takrorlasak chiqqan natija noto`g`ri chiqishi mumkin. Shu sababli tajriba kamida uch besh martta takrorlanishi zarur. Biz qancha tajribani ko`proq qaytarsak shuncha aniqroq natijani olamiz.
7. Ishning bajarish tartibini aytib bering.
1.Byuretkalarga (ulardan biriga sirt taranglik koefficienti noma’lum bo’lgan glicerin, ikkinchisiga esa sirt taranglik koefficienti α2 ma’lum bo’lgan suv quyilgan) quyilgan har bir suyuqlikdan teng hajmlar belgilab (byuretkalarga belgi sifatida bog’langan ip yoki byuretkalardagi shkalalardan foydalanib) olinadi.
2.Belgilab olingan teng (bir xil) hajmdagi suyuqliklar byuretka jumragi ochilib (jumrakni shunday ochish kerakki, undan tomayotgan tomchilarni sanash oson bo’lsin) tomiziladi va tomchilar soni n1, n2 lar aniqlanadi.
3.Topilgan qiymatlarni (7) formulaga qo’yib, α1 aniqlanadi.
4.Tajriba 3-5 marta takrorlanib (har safar tanlab olingan hajmlarni o’zgartirib), α1 ning o’rtacha qiymati hisoblanadi
5.Tajribada olingan natijalar jadvalga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |