Sirtqi bo’lim “Boshlang’ich ta’lim ”yo’nalishi
O’qilgan matn rejasini tuzishga tayyorlanish va reja tuzish
Download 137.5 Kb.
|
Maxammadov Jaloliddin Ulugʻbekovich
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2-§.Boshlang’ich sinflarda o’qish fanidan tayyorlangan dars ishlanma.
4. O’qilgan matn rejasini tuzishga tayyorlanish va reja tuzish. Bunda quyidagi ish turlaridan foydalaniladi:
1) o’qilgan matnga oid rasm chizish; 2) rasmga matndagi so’zlar yoki o’z so’zi bilan sarlavha qo’yish; Mustaqil ishning qanday bajarilganligini hisobga olish o’quvchilarning tayyorlik darajasini aniqlashda va keyingi bosqichlarda mustaqil mashqni to’g’ri tashkil qilish uchun material tanlashda o’qituvchiga yordam beradi. 2.2-§.Boshlang’ich sinflarda o’qish fanidan tayyorlangan dars ishlanma. Darsning maqsadi: O’tmishda yashab o’tgan vatandoshimiz shoh Mirzo Bobur shaxsi bilan tanishtirish, uning hayoti haqida ma’lumot betish. O’quvchilarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ular nutqini o’stirish va o’qish malakasini oshirish. Darsning turi: O’tilganlarni mistahkamlash. Darsning uslubi: Suhbat. Darsning jihozi: Mirzo Bobur portreti va tarqatma material. Darsning borishi: Dars O’zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi bilan boshlanadi. O’tilgan mavzuni so’rab, bolalar bilimi aniqlanadi, quyidagi savollar beriladi: a) Biz o’tgan darsda qanday mavzudagi asarlarni o’rgangan edik? b) Alisher Navoiy Jaloliddin Munshiyga qanday topshiriq bergan edi? d) Said Ruhillo nima uchun xursand bo’ldi? Tanlab o’qitish: a) Mirak naqqosh navkariga yalinib-yolvorgan qismigacha o’qing. b) Mirak naqqosh Ulug’ amirning shartini qabul qilgan qismigacha o’qing. Lug’at ustida ishlash: Munshiy jome masjid, tilxat, falakning gardishi, boshni tanadan judo qilish kabi so’z va iboralar. Yangi mavzuning bayoni: Asarni o’qishga tayyorgarlik. O’qituvchining hikoyasi. Shoh va shoir Mirzo Bobur temuriylar avlodidan edi. U taqdir taqazosi bilan Hindistonga borib, uyerda katta davlat tuzdi. Shu yurtni obod qilishga o’z hissasini qo’shdi. Bobur nafaqat shoh, balki shoir, tarixchi, biolog, musiqachi va me’mor ham bo’lgan. Uni dovyurak, jasur va epchil bo’lgani uchun “Bobur”, ya’ni “Yo’lbars” deb ataganlar. Bobur Hindistonda yashar ekan, o’z yurtini. Andijonu Farg’onaning so’lim bog’larini, shirin-shakar mevalarini qo’msaydi. Shuning uchun u Hindistonda go’zal bir bog’ yaratadi. Bu bog’da shirin-shakar mevalar yetishtiriladi, polizda esa piyoz, sabzi bodring, tarvuz bitadi ammo handalak bilan qovun bo’lmaydi. Shoh ketma-ket 3 yil qovun ektiradi, biroq dehqonlar yerdan qovun olisha olmaydilar. Shoh Bobur bu yil ham qovun ekib pishirmasalaring, hammangizni jazolayman deb g’azablanadi. Hozir yangi mavzuni o’qib o’rganamiz. a) Bobur yaratgan bog’da qovun yetkaza olindimi yo’qmi? b) Dehqonlar shohning g’azabiga duchor bo’lishdimi yoki yo’qmi? Degan savolga javob topamiz? Asarni o’qish. O’qituvchi asarni ifodali qilib o’qib beradi. Asar yuzasidan dastlabki suhbat: a) Asarda kim haqida hikoya qilinadi? b) Shoh Bobur qovunning o’z yurtida yetishtirilganini qayerdan bildi? c) Bobur bog’bomnni nima uchun bosh-oyoq sarpo bilan mukofotlaydi? Yangi mavzuni mustahkamlash: O’quvchilarga asar qismlarga bo’lib o’qitiladi. Bolalar Bobur yaratgan bog’ida nimalar yetishtirilganiga, nimani yetishtirishning iloji bo’lmaganiga, shoh dehqonlardan nimani talab qilganligi, dehqonlar shohning talabini qondirish uchun qanday hiyla o’ylab topishgani va Bobur buni nimalarga asoslanib bilib qolganiga e’tiborni qaratish vazifasi topshiriladi. So’ngra hikoya qismlariga sarlavhalar qo’yiladi. a) “Bog’i Boburiy” bog’i barpo etildi. b) Bog’bonlarning qiyin ahvoli. c) Buburning ko’ngli buzildi. d) Bobur bog’bonga rahmatlar aytdi. Reja asosida tanlab o’qish va qayta hikoyalash: Xat taxtada reja yozilgan bo’ladi, yaxshi o’qiydigan o’quvchilar asarni qisqartirib qayta hikoyalanadi. To’liq qayta hikoyalash: Bir o’quvchi qism sarlavhalari yordamida qayta hikoyalab beradi. Shundan so’ng asar ichida o’qitiladi: O’qiganda notanish so’zlarni belgilab ketish topshiriladi. Masalan: chekkasi rezavor, tilimlamoqchi, tilni yorar kabi so’z va iboralar. O’quvchilarga asar mazmuni yuzasidan savollar tuzib kelish vazifa qilib qo’yiladi. Hikoyaning tahlilidan so’ng o’quvchilarning Bobur haqidagi fikrlari so’raladi. Darsni yakunlash: Bolalar, siz bu hikoya orqali kimning hayotidagi voqea bilan tanishdingiz? Boburning hind yerida qovun yetishtirishni talab qilishdan asosiy maqsadi nima edi? Bu hikoyada asosiy g’oya nimadan iborat deb o’ylaysiz? O’qituvchi darsda ishtirok etgan o’quvchilarning bilimi qanchalik mustahkam bo’lishiga erishilsa yuqori sinflardagi materialni o’zlashtirish oson kechadi. Shunday ekan, boshlang’ich sinf o’qituvchilari bu borada samaraliroq ishlashiga umid bog’laymiz. Xulosa Kurs ishim kirish, asosiy qism,xulosa,foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan ibоrat. Kurs ishimni kirish qismida mavzuning dоlzarbligi, predmeti, maqsadi, оb’yekti, bajarilishi lоzim bo’lgan vazifalari ko’rsatib o’tilgan. Ta’lim sifatini yaxshilash uchun birinchi navbatda davlat ta’lim oluvchilarga barcha sharoitlarni yaratib berishi kerak. Prezidentimiz tomonidan hozirda barcha maktabgacha ta’lim muassasalari eng oxirgi zamon talablari asosida jihozlaniyapti.Hozir axborot-texnologiyalari asri bo’lgani uchun ta’lim muassasalari kompyuter,proyektrlar,kitoblar,o’quv zallari, yangi binolar bilan to’liq ta’minlaniyapti.Nimaga kerak? O’quvchilar kompyuter savodxonligini o’rganishi va har bir dars davomida o’qituvchilar o’quvchilarga mavzuni to’liq yoritib berishi uchun vaqtdan tejash va unumli foydalanish uchun qilinayotgan ishlar hisoblanadi. Hamda umum ta’lim maktablarida yangi innovatsion texnalogiyalardan foydalanish asosida ta’lim sifatini yaxshilash har bir pedagogni vazifasi hamda burchidir. Men bu kurs ishimdan xulosamni aytishimdan oldin birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning shunday satrlari bilan boshlamoqchiman “Shuni unitmasligimiz kerakki,kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi,boshqacha aytganda,xalqimizni ertangi kuni qanday bolishi farzandlarimizni bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq”. Hozirgi kunda farzandlarimizga ta’lim tarbiya olishlari uchun juda kata e’tibor qaratilgan. Maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan innovatsion pedagogik faoliyatning asosiy vazifalariga (maktabgacha ta’limning mohiyati,maqsadi, mazmuni, o’quvchilarning o’quv faoliyatini tashkil etish shakl, metod va vositalari, boshqaruv tizimi) sifatini ijobiy o'zgarishi kiradi. O’qish darslarida mustaqil ishlarni tashkil etish mavzusiga kurs ishi yozdim. Men bu mavzuda o’qish darslarida mustaqil ishlarni qanday tartibda qo’yilishi,o’qish darslarida ishlatilayotgan keng qamrovli metod,ped texnologiya va qiziqarli o’yinlarni keng qo’llash kerak ekanligini o’rgandim va men ham kelajakda darslarda mustaqil ishlardan foydalanib o’quvchilarni bilim olish sifatini oshirmoqchiman. Men bu kurs ishimni yozish jarayonida bir necha pedagоgik metоdik adabiyotlarni tahlil qildim va o’zimning nazariy bilimlarimni оshirdim. Kelgusi pedagоgik faоliyatimda o’rgatishda ushbu nazariy bilimlardan samarali fоydalanishni o’z оldimga maqsad qilib qo’ydim. Download 137.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling