Sirtqi bo‘lim iqtisodiyot yo’lanishi
Download 29.99 Kb.
|
Menejment amaliyotidagi zamonaviy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Menejment amaliyotidagi zamonaviy yondoshuvlar 1.2. Menejmentning ilmiy maktablari
- Ilmiy boshqaruv maktabi (1885-1920).
- Boshqaruvning klassik yoki ma’muriy maktabi (1920-1950).
- Boshqaruvdagi insoniy munosabatlar maktabi (1930-1950).
- Ahloqiy fanlar yoki bixevioristik maktab (1950 yildan hozirgi vaqtgacha).
- Boshqaruv fani maktabi yoki miqdoriy usul (1950 yildan hozirgi vaqtgacha).
- Vaziyatli yondashuv (1960 yildan hozirgi vaqtgacha).
- Tizimli yondashuv (50 yillarning oxiridan hozirgi vaqtgacha).
- Jarayonli yondoshuv (1920 yildan hozirgi vaqtgacha).
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI SIRTQI BO‘LIMIqtisodiyot yo’lanishi “Menejment va marketing” fanidan Mustaqil ishi Mavzu: “Menejment amaliyotidagi zamonaviy yondoshuvlar” BAJARDI: III- kurs 557-22 guruhi talabasi Basimov M. Jizzax- 2023 Menejment amaliyotidagi zamonaviy yondoshuvlar 1.2. Menejmentning ilmiy maktablari Boshqaruv fikri g‘oyatda nomuntazam holda rivojlangan. Bir necha yondashuvlar mavjud bo‘lib, ular ba’zida bir birlariga mos kelganlar, ba’zida esa bir birlaridan ancha farqlanganlar. Odamlar va texnika boshqaruv ob’ektlari bo‘lganlar, shuning uchun boshqaruvdagi muvaffaqiyatlar ko‘proq boshqa sohalardagi muvaffaqiyatlarga bog‘liq bo‘lganlar. Jamiyat, texnika rivojlangani sari boshqaruv bo‘yicha mutaxassislar tashkilot faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar haqida bila boshlaganlar. Bundan tashqari, dunyo ilmiy-texnika taraqqiyot bilan asoslangan tez o‘zgarishlarning maydoniga aylangan va ko‘p mamlakatlarning hukumatlari biznesga nisbatan o‘z munosabatlarini borgan sari qat’iyroq belgilay boshlaganlar. Bu omillar boshqaruv sohasidagi tadqiqotchilar tashkilot faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi kuchlar mavjudligini his qila boshlashlariga ta’sir ko‘rsatganlar. Buning munosabati bilan yangi yondashuvlar ishlab chiqilgan. Boshqaruv fanini rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan to‘rtta asosiy yondashuvlarni ajratish mumkin. Hammadan avval, boshqaruvda har bir maktablarni ajratish nuqtai nazardan yondashuv. U, o‘z navbatida boshqaruvni har bir nuqtai nazardan ko‘rib chiquvchi quyidagi beshta maktabni oladi: ilmiy boshqaruv, ma’muriy boshqaruv, insoniy munosabatlar, hulq haqidagi fan, hamda boshqaruv fani, yoki miqdoriy usul. Ilmiy boshqaruv maktabi (1885-1920). Butun dunyoda “Maktabni ilmiy tashkil qilish” nomi bilan keng mashhur bo‘lgan bu maktabni vujudga kelishi va rivojlanishi XX asrning boshlariga to‘g‘ri keladi. Bu maktabning boshida amerikalik muxandis-tadqiqotchi F.Teylor (1850-1915) turgan, u o‘zining kundalik ishida unumdorlik va samaradorlikni oshirish maqsadida ishlab chiqarish va mehnatni faollashtirish muammolarini hal qilgan. Uning ta’limi menejment zamonaviy konsepsiyasining asosiy nazariy maktabi bo‘lgan. Bu maktabning ko‘zga ko‘ringan vakillari: L.Gilbert, F.Gilbert, G. Emerson, A.Gastev (Rossiya)lardir. F.Teylor o‘z nomini butun dunyoga mashhur qilgan quyidagi kitoblarni yozgan. “Kelishuv tizimi” (1895), “Sex menejmenti” (1903), va “Ilmiy menejment tamoyillari” (1911). F.Teylor o‘z asarlarida kapital va mehnat manfaatlarini birga qo‘shish, “kapitalistik korxonalarda hamkorlik falsafasi”ni amalga oshirishga harakat qilgan. U tomonidan ishlab chiqilgan mehnatni jadallashuvini ta’minlovchi usul turli mamlakatlar boshqaruvchilarida katta sho‘‘baiqish uyg‘otgan. F.Teylor ilmiy boshqaruvni muxandislar turi bo‘yicha sanoat mehnati sohasiga aylantirishga jonbozlik qilgan. Uning tizimi mehnatni ijrochilar mehnati va farmoyish beruvchilar mehnatiga taqsimlash tamoyilini izchil o‘tkazishdan iborat bo‘lgan. Ishlab chiqarish tizimida yo‘lga qo‘yilgan mexanizm kabi ishlovchi har xil xodim o‘zining vazifalari uchun javobgar bo‘lishi kerak. Bunda xodimlar turlarini ishlar turlariga mos kelishiga erishishga harakat qilish kerak. F.Teylor ilmiy menejmentga tashkilotni ishlab chiqarish va iqtisodiy maqsadlariga erishish uchun barcha xodimlar manfaatlarini ularning farovonligini o‘sishi va xo‘jayinlar va ma’muriyat bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yilishi tufayli yaqinlashuvining haqiqiy vositasi sifatida qaragan. U, agar ilmiy menejment tizimi to‘liq hajmda qabul qilinsa, bu narsa tomonlar o‘rtasidagi barcha bahslar va ziddiyatlarni hal qiladi deb o‘ylagan. SHunday qilib, ushbu maktablar uchun quyidagi alomatlar xosdir: ma’muriyat hal qilishi kerak bo‘lgan vazifalarni belgilash; sub’etivizm va avtoritar usullarni ilmiy qoidalarga almashtirish; boshqaruvni sanoat mehnati sohasiga aylantirish; mehnatni taqsimlash va ixtisoslashtirish, xodimlarni tor vazifalarni bajarishga yo‘naltirish; faoliyatni qat’ian tartibga solish; vazifalarni bajarish uchun eng yaxshi, eng to‘g‘ri bajaradigan xodimlarni maqsadga qaratilgan xolda tanlab olish, ularni o‘qitish; xo‘jalik vazifalarini hal qilishning eng yaxshi usullarini belgilash uchun ilmiy tahlildan foydalanish; ishlarni rejalashtirish; xodimlarni rag‘batlantirish. Boshqaruvning klassik yoki ma’muriy maktabi (1920-1950). Uni rivojlantirishiga fransuz olimi A.Fayol va nemets sotsiologi M.Veber eng katta ulush qo‘shganlar. Bu maktabning vakillari tashkilot-larning umumiy ta’riflari va qonuniyatlarini aniqlashga harakat qilganlar. Ularning maqsadi boshqaruvning ikkita jihatiga daxldor bo‘lgan universal tamoyillarni yaratishdan iborat bo‘lgan. Birinchisi-tashkilotni boshqarishning ratsional tizimini ishlab chiqish. Bu nazariyachilar biznesning asosiy xizmatlarini belgilab olib, tashkilotni bo‘linmalarga bo‘lishning eng yaxshi usulini belgilash mumkinligiga ishonganlar. Ular moliya, ishlab chiqarish va marketingni xuddi shunday xizmatlar deb hisoblanganlar. Ikkinchi jihat – tashkilot va xodimlar boshqaruvining tuzilishini qurish. YAkkaboshchilik tamoyili bunga misol bo‘lib xizmat qilgan, unga ko‘ra odam faqat bitta boshliqdan bo‘yruqlar olishi va fakat bitta unga bo‘ysunishi kerak. Boshqaruvdagi insoniy munosabatlar maktabi (1930-1950). M.Follett (Angliya), E.Meyo va A.Maslou (AQSH) uning eng yirik obro‘li vakillaridir. Bu maktab vakillari, agar rahbarlik o‘z xodimlari haqidagi g‘amxo‘rlikni oshirsa, unda xodimlarning qanoatlanganligi darajasi oshadi, bu esa muqarrar unumdorlikni ko‘payishiga olib keladi deb ishonganlar. Ular bevosita boshliqlarning samarali harakatlari, xodimlar bilan maslahatlashishlar va ularga ishda muloqot qilishga kengroq imkoniyatlarni berishni o‘z ichiga oluvchi insoniy munosabatlarni boshqarish usullaridan foydalanishga tavsiya berganlar. Ahloqiy fanlar yoki bixevioristik maktab (1950 yildan hozirgi vaqtgacha). Eng ko‘zga ko‘ringan vakillari – F.Gersberg, R.Laykert, D. Mak Gregor. Ushbu maktab insoniy munosabatlar maktabidan ancha uzoqlashib ketgan. Ushbu yondashuvga ko‘ra xodimga tashkilotlarni boshqarishga nisbatan ahloqiy fanlar konsepsiyalarini qo‘llash asosida o‘zining shaxsiy imkoniyatlarini his qilishga ko‘proq darajada yordam ko‘rsatish kerak. Bu maktabning asosiy maqsadi tashkilot faoliyati samaradorligini uning insoniy resurslari samaradorligini oshirish yo‘li bilan oshirishdan iborat. Uning asosiy qoidasi: ahloq haqidagi fanni to‘g‘ri qo‘llash hamma vaqt, ham alohida xodimning, ham umuman tashkilotning samaradorligini oshishiga yordam berishi kerak. Boshqaruv fani maktabi yoki miqdoriy usul (1950 yildan hozirgi vaqtgacha). Eng ko‘zga ko‘ringan olimlari R.Akoff, N.Viner, V.Poreto hamda V.Glushkov va L.Kantoravich (SSSR). Maktab boshqaruvda aniq fanlar - matematika. statistika, muxandislik fanlari ma’lumotlaridan foydalanishga asoslanadi va operatsiyalar va vaziyatlar modellari tadqiqotlari natijalarini keng ko‘llashni ko‘zga tutadi. Ammo ikkinchi jahon urushiga qadar miqdoriy usullardan boshqaruvda etarlicha foydalanilmagan. Ehtimol, kompyuterlarni rivojlanishi boshqaruvda ushbu usullarni ko‘llashga kuchli turtki bo‘lgan bo‘lsa kerak. Ular o‘sib boruvchi murakkablikdagi matematik modellarni qurishga imkon berganlar, bu modellar haqiqatga ko‘proq darajada yaqinlashadilar, demak aniqroq bo‘ladilar. Vaziyatli yondashuv (1960 yildan hozirgi vaqtgacha). Bu yondashuvni ishlab chiqilishi boshqaruv nazariyasiga katta hissa qo‘shgan, chunki fanni aniq vaziyatlar va sharoitlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash imkoniyati paydo bo‘lgan. Vaziyatli yondashuvda asosiy tomon vaziyat, ya’ni aniq holatlardan iborat bo‘ladi, ular tashkilotlarga ushbu aniq vaqtda katta ta’sir ko‘rsatadilar. Ham tashkilotning o‘zida, ham atrof muhitda ko‘pgina bunday omillar mavjud bo‘lganligi sababli, tashkilot faoliyatini boshqarishning yagona “yaxshi” usuli yo‘q bo‘ladi. Boshqaruvning vujudga kelgan vaziyatda ko‘proq mos keluvchi usuli eng samarali bo‘ladi. Tizimli yondashuv (50 yillarning oxiridan hozirgi vaqtgacha). 50- yillarning oxirida boshqaruvda tizimlar nazariyasini qo‘llanishi menejmentga boshqaruv fani maktablari va xususan, amerikalik olimlar J.Pol Getti va Piter F. Drukerlarning muhim ulushi bo‘lgan. Bu yondashuv nisbatan yaqindan qo‘llana boshlaganligi tufayli, hozirgi vaqtda ushbu maktabning boshqaruv nazariyasi va amaliyotiga haqiqiy ta’sirini to‘liq darajada baholashning iloji yo‘q. SHunga qaramasdan bugun uning ta’siri juda katta va bundan keyin ham u o‘sib boradi. Tizimli asosda, ehtimol, kelajakda ishlab chiqiladigan yangi bilimlar va nazariyalarni sintez qilish mumkin bo‘lar. Jarayonli yondoshuv (1920 yildan hozirgi vaqtgacha). Bu yondashuv hozirgi vaqtda keng qo‘llaniladi. U birinchi marta ma’muriy boshqaruv maktabi vakillari tomonidan taklif qilingan bo‘lib, ular menejerning vazifasini ta’riflashga harakat qilganlar. Bu konsepsiyani dastlabki ishlab chiqilishi A.Fayolga tegishlidir. Ushbu yondashuvga ko‘ra, boshqaruv uzluksiz o‘zaro bog‘liq harakatlar (xizmatlar) jarayoni sifatida ko‘rib chiqiladi, ularning har biri ham, o‘z navbatida bir necha o‘zaro bog‘langan harakatlardan iborat bo‘ladi. Ular kommunikatsiyalar va qaror qabul qilishning bog‘lovchi jarayonlari bilan birlashganlar. Bunda rahbarlik (etakchilik) mustaqil faoliyat sifatida ko‘rib chiqiladi. U xodimlarga ta’sir ko‘rsatishning shunday imkoniyatini ko‘zda tutadiki, ular maqsadlarga erishish yo‘nalishida mehnat qilsinlar. Download 29.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling