Sirtqi bo’lim (maxsus sirtqi) 239-guruh informatika o’qitish metodikasi


Download 249.67 Kb.
bet3/3
Sana14.11.2020
Hajmi249.67 Kb.
#145452
1   2   3
Bog'liq
quvonov shaxzod1- amaliy mashg'ulot informatika


4. «Maple» muhitidan foydalanish uchun ma’lum bir texnik va dasturiy ta’minotga ega bo’lish kerak. Texnik ta’minoti. «Maple» muhiti to’g’ri ishlashi uchun kompyuter quyidagi minimal texnik ta’minotiga ega bo’lish kerak  Prosessor – Pentium I va undan yuqori.  Operativ xotira – 16 Mbaytdan kam emas  Qattiq diskda 80 Mb ga yaqin joy ajratilgan bo’lishi kerak.  Windowsda ishlovchi videomonitor va videokarta.  Windows muhitida ishlovchi sichqoncha.  Windows muhitida ishlovchi ixtiyoriy printer. Dasturiy ta’minoti. - MS-DOS yoki PC-DOS operasion sistemalarining kamida 3.3 versiyalari va undan keyingilari. - Microsoft Windows muhitining kamida 3.1 versiyasi va undan keyingilari, Windows NT 3.5 yoki undan keyingilar yoki Windows 95
5. Biror elektron jadval sistemasida (masalan MS Exel) ma’lumotlarni tahlil qilish uchun ko‘nikma hosil qilingan bo‘lsa – Maple 6 sistemasida ham juda ko‘p matematik va statistik funksiyalar asosida ma’lumotlarni tahlil qilishning grafikli integrallashgan muhiti mavjud;

murakkab funksiyalarning 2 o‘lchamli, 3 o‘lchamli fazolarda grafiklarini chizib berishi mumkin;

Maple 6 ning programmalashtirish tili asosida murakkab matematik, texnik va boshqa sohalardagi masalalarni echish imkoniyatini beradi;

o‘quv jarayonini tashkil qilishda kerakli mavzularning mashq va masalalar ob’ektlarining harakatini namoyish qilish uchun animatsion grafik muhit mavjud;

talabalar matematik usullarni o‘rganishda juda murakkab hisoblarga vaqtini sarflamasdan, faqat usullarning mohiyatini, qo‘llanilish sohalarini o‘rganishlari uchun maxsus Student paketi mavjud;

Maple 6 Windows, VMS, Unix, Linux kabi operatsion muhitlarda joriy qilingan;

Windows operatsion tizimidagi MS Office ning turdosh tizimlari uchun integrallashgan muhitga ega;

Barcha bajariladigan ishlari ishchi varaq sifatida tashkil qilinib, muloqot interaktiv rejimda amalga oshiriladi;

C++, Fortran muhitlarida yaratilgan dasturlarga bevosita murojaat qilish mumkin;

Exel 2000 muhitida turib Maple 6 ning grafikaga doir paketlariga murojaat qilish mumkin (Exel muhitida grafik chizish uchun funksiyaning qiymatlar jadvalini tuzish kerak);

Ishchi varaqlarni RTF Word, LaTex, HTML formatlariga o‘tkazib saqlash mumkin;

Maple 6 muhitida «ob’ektlar» hosil qilish mumkin;

Maple 6 dasturidagi xatoliklarni bartaraf qilish uchun Java imkoniyatlaridan foydalanish mumkin;

Maple 6 vositasida yaratilgan dasturlardan elektron jadvallarga murojaat qilish mumkin.


6.

Maplening ishchi maydoni 3 qismga bo`linadi: 1. Kiritish maydoni – buyruqlar satridan tashkil topgan. Har bir buyruq satri > simvoli bilan boshlanadi; 2. Chiqarish maydoni – kiritilgan buyruqlarni qayta ishlangandan so`ng hosil bo`lgan ma`lumotlar(analitik ifodalar, grafiklar va xabarlar)ni o`z ichiga oladi; 3. Matnli izohlar maydoni – ro`y bergan xatoliklar yoki bajarilgan buyruqlarga izohlar, turli xarakterdagi xabarlar. Buyruqlar satrini matnli rejimiga o`tkazish uchun uskunalar panelidan sichqoncha yordamida T ni tanlaymiz. Maple dasturi ham Windowsning barcha ilovalari kabi quyidagi elementlardan iborat: - Sarlavha satri. Bu qatorda fayl nomi, sistemali tugmachalar joylashgan; - Menyu. Menyu bo`limlari 8 ta bo`lib, ular Maple dasturida ishlashni osonlashtiradi; - Asboblar paneli. Foydalanuvchi uchun muhim va ko`p foydalaniladigan buyruqlar uchun yorliqlar joylashtirilgan; - Ishchi stol yoki Maple hujjati (Worksheet). Mapleda yaratilgan hujjat kengaytmasi *.mw bo`lib hisoblanadi.


7. Maple muhiti menyusi Maple 7 muhitining bosh menyusi boshqarishning to’la imkoniyatini yaratadi. U sarlavhalar satridan keyin gorizontal holatda joylashgan. Menyu sistemaning foydalanuvchi interfeysi bilan asosiy amallarni bajarish imkonini beradi. Dastur ishga tushirilgandan keyin quyidagi menyu hosil bo’ladi:

File – fayllar bilan ishlash va hujjatni chop etish

Edit – hujjatni tahrirlash buyruqlari va almashtirishlar buferi bilan ishlash.

View – foydalanuvchi interfeysi ko’rinishini boshqarish.

Insert – o’rnatish amallari.

Format – formatlarni berish operasiyalari.

Spreadsheet - jadvallarni berish amallari.

Options – parametrlarni berish.

Help – ma’lumotlar muhiti bilan ishlash.

Window – oynalarni boshqarish.

Matematik belgilarni kiritish palitrasi Matematik belgilarni kiritish uchun Palettes palitrasi ro’yxatidan foydalaniladi. Bu ro’yxat View menyusida joylashgan. Ro’yxatda quyidagilar mavjud.

SYMBOL- alohida belgilarni kiritish (grek xarflar va ba’zi matematik belgilar); FESSION- matematik operatorlar va amallar shablonini kiritish;

MATRIX – turli o’lchovdagi matrisalar shablonini kiritish;

VEKTOR – turli o’lchovdagi vektorlar shablonini kiritish


Menyudan pastda joylashgan har bir tugmacha belgilar palitrasini ochish uchun ishlatiladi. Bu palitralar operatorlar, grek harflari, grafiklar va boshqalarni o’rnatish uchun ishlatiladi.
Maple muhitining vositalar va shriftlar paneli Tugmachalar majmuasidan pastda – vositalar paneli joylashgan. Menyuning ko’plab buruqlarini tezroq ishga tushirish uchun vositalar panelining tugmachalarini bosish kerak bo’ladi. Har bir tugmachani bosish orqali nima amalga oshirilishini bilish uchun, uning belgisi ustiga sichqoncha ko’rsatkichi o’rnatilsa ma’lumot satri paydo bo’ladi. Vositalar panelining to’g’rima - to’g’ri pastida shriftlar paneli joylashgan. U tanlash shabloni va tugmachalardan iborat bo’lib, tenglamalarda va matnda shriftlar xarakteristikasini berish uchun ishlatiladi. Oynaning o’ng tomonida vertikal aylantirish uskunasi joylashgan bo’lib, u joriy holatda ekranda ko’rinmay turgan ma’lumotlarni ko’rish imkonini beradi. Ekranning ko’rinib turgan sohasidan yuqori va pastki qismlarida nimalar borligini ko’rish uchun vertikal aylantirish uskunasining unga mos yo’nalish belgisiga sichqonchani qirsillatish yetarli bo’ladi. Oynaning quyi qismda gorizontal aylantirish uskunasi joylashgan bo’lib, u joriy holatda ekranning ishchi sohasining chap yoki o’ng tomonida ko’rinmay turgan ma’lumotlarni ko’rish imkonini beradi. U vertikal aylantirish uskunasi kabi ishlatiladi va undan farqi gorizontal aylantirish uskunasi chapdan o’ngga yoki o’ngdan chapga yurgiziladi.
Download 249.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling