Sirtqi bo‘lim pedagokika-pisixologiya yo`nalishi 3-gurux talabasi Anvorjov Ulugʻbekning
Download 13.09 Kb.
|
Anvarjon Ulugʻbek
sirtqi bo‘lim pedagokika-pisixologiya yo`nalishi 3-gurux talabasi Anvorjov Ulugʻbekning “ Falsafa” fanidan oraliq nazorat ishi 1- TOPSHIRIQ. TEST TOPSHIRIQLARINI BAJARING 1.A. 2.B. 3.B. 4.C. 5.D. 6.C. 7.D. 8.A 9.D. 10.A 2_ TOPSHIRIQ. QUYIDAGI TUSHUNCHALARNI IZOHLANG. Adolat Adolat – ijtimoiy-falsafiy, ahloqiy va huquqiy tushuncha. Kishilar ijtimoiysiyosiy ongida katta rol oʻynaydi. Muayyan ijtimoiy guruhlar va ayrim shaxslarning tushunchalarini oʻzida aks ettiradi. Siyosiy xatti-harakatlar, huquq va burch meʼyorlari, axloqiy munosabatlar, mehnat va taqdirlanish, jinoyat va jazo, xizmat va uni tan olish, qadr-qimmatni eʼ-tirof qilish va hokazoga mazkur tushun-cha orqali baho beriladi. Adolat tushun-chasi muayyan tarixiy shart-sharoit va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan belgilanadi. Madaniyat Madaniyat inson faoliyati va shu faolliyatning ahamiyatini belgilovchi ramziy qurilmalar va asarlar majmuidir. Madaniyat musiqa, adabiyot, badiiy tasvir, meʼmorchilik, teatr, kinematografiya, turmush tarzi kabi faoliyatlarda namoyon boʻlishi mumkin. Antropologiyada „madaniyat“ atamasi ostida mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish, estetik maʼno berish, hamda shu jarayonlarga bogʻlangan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Bu maʼnoda madaniyat oʻz ichiga sanʼat, fan va maʼnaviy tizimlarni oladi. Kamtarlik Kamtarlik bu ezgu niyatlilik, odamiylik, xushmuomalalik, bag`ri kenglik, izzat-ikromni bilishlik, do`stlari va umuman o`zgalarning qadriga yetishlik, hurmat qila olishlik, ma`naviy poklik… demakdir. Xalq og`zaki ijodi odobnomasida kamtarlikning foydasi, inson uchun qusur hisoblangan manmanlikning zararli oqibatlari hayotiy voqea va ibratomuz tasvirlar vositasida to`la-to`kis aks ettirilgan. Tasavvuf Tasavvuf, sufiylik — islomda insonni ruhiy va axloqiy jihatdan komillik sari yoʻllovchi taʼlimotdir. Tasavvuf soʻzining oʻzagi va mazmuni haqida olimlar turli fikr va taxminlar bildirishgan. Ular ichida Ibn Xaldunning fikri haqiqatga yaqin deb eʼtirof etilgan. U “Muqaddima” asarida tasavvuf “suvf” — “jun”, “poʻstin” soʻzidan olingan boʻlishi kerak, zero qadimdan tarkidunyo qilgan zohidlar jundan toʻqilgan kiyim yoki poʻstin kiyib yurishni odat qilganlar, bu bilan ular bashang kiyinib yuruvchi axli dunyolardan farqli hayot tarzini oʻzlarida namoyon etganlar, deydi. Xulq Xulq, xulq-atvor — axloqshunoslik tushunchalaridan biri. Insonning feʼl atvori bilan bogʻliq axloqiy hodisa boʻlib, kishi feʼlining axloqiylik doirasida namoyon boʻlishi tushuniladi. Insonning axloqiylik doirasidagi xatti-harakatlari xulqdan tashqari odob va axloqni oʻz ichiga oladi. Odob inson haqida yoqimli taassurot uygʻotadigan, lekin oila, jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida oʻzgarish yasaydigan darajada ahamiyat kasb etmaydigan xatti-harakatlardan iborat boʻlsa, axloq — muayyan jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun taʼsir eta oladigan turli xatti-harakatlar majmui, insoniy kamolot darajasini belgilovchi maʼnaviy hodisa. Xulq qamrovlilik jihatidan ana shu ikki hodisa oʻrtasidagi xususiyatlarga ega; u odobdan keng, axloqdan tor maʼnoga ega boʻlib, axloq singari jamiyat, zamon, tarix miqyosidagi voqelikka taʼsir koʻrsata olmaydi. Lekin, oila, mehnat jamoasi, mahalla koʻy doirasida sezilarli darajada koʻzga tashlanadi. Axloq oʻzini ezgulik va yovuzlik, adolat, insonparvarlik, fidoyilik singari ijtimoiylashgan tushunchalar va tamoyillarda namoyon qilsa, xulq yaxshilik va yomonlik, burch, joʻmardlik, mehmondoʻstlik kabi tushunchalarda aks etadi, odob esa kamtarlik, insoflilik, bosiqlik, halollik, rostgoʻylik va boshqa axloqiy meʼyorlarda ifodalanadi. Sharq falsafasi va axloq ilmida mazkur uch axloqiy hodisa, juda qatʼiy chegaralangan boʻlmasada, bir-biridan farqli tarzda olib qaralgan. Yevropada esa xulq bilan axloq koʻp hollarda aynanlashtiriladi yoki ular bir-biriga sinonim tushunchalar sifatida talqin etiladi. Odob Odob (arabcha — „adab“ soʻzining koʻpligi) — jamiyatda eʼtirof etilgan xulq normasi. Shaxs maʼnaviy hayotining tashqi jihatini ifodalaydi va oʻzgalar bilan munosabat (oila, mehnat jamoasi, turli marosimlar)da namoyon boʻladi. Odob negizida axloqning baʼzi tamoyil va meʼyorlari, shuningdek, maqsadga muvofikdik va goʻzallik (estetika) talablari yotadi. Odob kishining jamoat orasida oʻzini qanday tutishi, odamlar bilan qay yoʻsinda muomala qilishi, oʻz turmushi, boʻsh vaqtini qanday tashkil etishi, inson tashqi qiyofasi qanday boʻlishi lozimligiga tegishli qoidalar (mas, sharm-xayo, kamtarlik, xushmuomalalik, ozodalik singarilar)ni oʻz ichiga oladi. Insonning diniy eʼtiqodi uning odobli boʻlib kamol topishiga samarali taʼsir koʻrsatadi. Odob taʼlimtarbiya, amaliy tajriba jarayonida shakllanadi. Axloq Axloq – kishilarning bir-birlariga, oilaga, jamiyatga boʻlgan munosabatlarida namoyon boʻladigan xatti-harakatlari, xulq-atvorlari, odoblari majmui. Huquqdan farqli ravishda axloq talablarini bajarish-bajarmaslik maʼnaviy taʼsir koʻrsatish shakllari (jamoatchilik tomonidan baho berish, qilingan ishni maʼqullash yoki qoralash) bilan belgilanadi. Axloqni etika fani oʻrganadi. Bilim Bilim — kishilarning tabiat jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan voqelik maʼlumotlar; voqelikning inson tafakkurida aks etishi. Kundalik tasavvurimizda nimaning nima ekanligiga ishonsak va bu ishonchimiz biz odatlangan voqea va qoidalarga zid kelmasa bunda ishonch hisoblanadi. Voqelik haqidagi bilgan maʼlumotlarimiz B. darajasiga koʻtarilishi uchun quyidagi shartlarni qanoatlantirishi lozim: birinchidan, bu maʼlumotlarning voqelikka mutanosibligi; ikkinchidan, yetarli darajada ishonarli boʻlishi; uchinchidan, bu maʼlumotlar dalillar bilan asoslangan boʻlishi lozim. Uchala shart birgalikda mavjud maʼlumotlarni B. darajasiga olib chiqadi. Inson ijtimoiy taraqqiyot jarayonida bilmasliqdan bilishga, mavhum B.lardan mukammal va aniq B.lar hosil qilish tomon boradi. Kishining moddiy dunyo toʻgʻrisidagi B.i nisbiydir, u doimo rivojlanib boradi. B kundalik tajriba, kuzatish orqali toʻplanadi. B.larni tadqiqetuvchi taʼlimot — epistemologiyada perseptiv (hissiy), hayotiy — kundalik (sogʻlom akl) va ilmiy B. shakllari ajratib koʻrsatiladi. Ilmiy adabiyotlarda B.larning ilmiy va ilmdan tashqari shakllari ham farq qilinadi. Ilmdan tashqari B.larga madaniyat, adabiyot, sanʼat, mifologiya, din va shahrik. sohalarga oid B.lar kiradi. Odatdagi fan sohalarida tadqiq etiladigan B.lar ekzoterik (koʻzga tashlanuvchan) B.lar deb atalsa, astrologiya, va shahrik. sohalarga oid B.lar ezoterik (pinhoniy) B.lar deyiladi. Ekzoterik B.lar ilm-fan qoidalariga zid kelmaydigan boʻlsa, ezoterik. Falsafiy dunyoqarash Bu tushunchaning mazmuni insonning olamga, voqea va hodisalarga, o’zgalarga va ularning faoliyatiga, o’z umri va uning mazmuni kabi ko’pdan-ko’p tushunchalarga munosabati, ularni anglashi, tushunishi, qadrlashida namoyon bo’ladi. 3. Quyidagi keys topshirig`ini bajaring. Ilk antik faylasuflar uchun falsafaning asosiy muammosi: «Dunyo nimadan yaratilgan?», degan savol bilan bog‘langan. O‘sha davrda bu savol eng muhim, asosiy, birinchi darajali hisoblangan. O‘rta asrlar sxolastikasi nuqtai nazaridan «falsafaning asosiy masalasi» quyidagicha ta’riflanishi mumkin: «Xudoning borligini qanday qilib oqilona asoslash mumkin?» Hozirgi diniy falsafiy konsepsiyalar, xususan neotomizm uchun u hozir ham bosh masala bo‘lib qolmoqda. Ibn Sino fikricha, falsafaning asosiy masalasi – mavjudotni barcha mavjud narsalarni kelib chiqishi, targ‘iboti o‘zaro munosabati, biridan-ikkinchisiga o‘tishni har tomonlama tekshirish uchun zaruriy imkoniyat, voqelik sabab tamoyillarini asos qilib olishdan iborat. Yangi davrda I.Kant yondashuvi diqqatga sazovor bo‘lib, u «Inson nima?» degan savolni mohiyat e’tibori bilan falsafaning asosiy masalasi deb hisoblaydi. Uning fikricha, inson ikki dunyo – tabiiy zarurat va ma’naviy erkinlikka mansub bo‘lib, ularga muvofiq odamzot, bir tomondan, tabiat mahsuli hisoblanadi, boshqa tomondan esa, u «erkin harakat qiluvchi mavjudotning o‘z-o‘zidan yaratish» natijasidir. Ekzistensializm falsafasida esa har bir individ o‘zi uchun o‘zi hal qilishi lozim bo‘lgan «Hayot yashashga arziydimi?», degan muammo asosiy masala sifatida e’tirof etiladi, zero, mazkur yo‘nalish namoyandalarining fikriga ko‘ra, bu savolga javobsiz qolgan hamma narsa o‘z ma’nosini yo‘qotadi. Fransuz ekzistensialist faylasufi A.Kamyu ta’biri bilan aytganda: “Hayot yashashga arzishi yoki arzimasligi masalasini hal qilish, falsafaning asosiy masalasiga javob topish demakdir”. Siz bu fikrlarning qay birini yoqlaysiz? Sizning fikringizcha falsafaning asosiy muammosi nima? Dunyo qanday yaralgan? milanelly: Sizlarga navbatdagi savolni yo’llayapman.Bilasizmi, bu savolo ham juda muammoli, bahs talab etuvchi savol.Shu savol yuzasidan kursimizda kursdoshlar ikki guruhga bo’linib olishadi.Biri dunyoni Olloh yaratgan desa, boshqasi bu shunchaki iqlim o’zgarishi samarasi deyishadi.Men esa ular bilan bahslashishdan charchamayman. O’zim javob beradigan bo’lsam, dunyoni avvalo uni dastlab paydo bo’lishini tashkillashtirgan(amalga oshirgan) qudratli zot Alloh Taolo bo’ladi.Agar u iqlim samarasi deydiganlar bo’lsa, ularga aytar so’zim shu:axir o’sha iqlim hamm qayerdandir paydo bo’lgan-ku.Uni nimani samarasi deysiz?Xullas shunaqa gaplar.Sizlardan javoblaringizni kutib qolaman. missDiva: Eynshtein bir kuni shunaqa baxs ustida chiqib qolibdi va o’z fikrini bildiribdi: - Xudo bormi yo’qmi degan savolda baxslashish g’oyatda ahmoqlikdir... Hurmatli milanelly, avvolombor o’sha iqlim o’zgarishi nazariyasi miyya va ko’z o’zgarishini o’z ichiga olmaydi, ya’ni miyya va ko’z o’zgarmidi. Bundan kelib chiqadiki, bechora Darvinu boshqa ta’limotchila nazariyalari puch yong’oq. Aytmoqchimanki, o’sha miyya va ko’z o’zgarmas ekan(boshqa narsala o’zgarsayam), ularni kimdur yaratgan. VaAllohu a’lam, balki davomi bordur... Dunyoni bilmadumi, lekin Yerimiz bundan 3.5 mlrd yil ilgari paydo bo’lgan ermish. Falsafaning asosiy masalasi: bahslar va yechimlar. Falsafaning asosiy masalasi to‘g‘risida har xil qarashlar mavjud. Masalan, hind klassik falsafasi uchun u insonni azob-uqubatdan qutqazishning amaliy yo‘llarini izlash, mayi hokimiyati (xayollar), karm (savob qonuni), azoblar dunyosida – er dunyosida doimo qayta tug‘ilishning zarurligi bilan bog‘liq. Hind donishmandlari uchun falsafa oliy ma’naviy dunyoda o‘limsiz hayotga erishish vositasidir. O‘rta asr diniy falsafasida eng muhimi jonni saqlash va Xudoni bilishdir. Nemis faylasufi Immanuil Kant falsafaning bir nechta masalalarini ifodalaydi: «men nimani bilaman?», «men nima qilishim kerak?», «nimaga men ishonishim kerak?». Markscha-lenincha falsafada ong va materiya (ong va borliq) ning munosabati asosiy masala sifatida qaraladi. Bu holda, bu masalaning ikki jihati bor. Birinchi: nima birlamchi – ruh yoki materiya (ontologik jihat). Bu savolga javob berishiga qarab faylasuflar materialistlar va idealistlarga bo‘linadi: materialistlar (Brixaspati, Charvak maktabi, Levkipp, Demokrit, Kondilyak, Lametri, Golbax, Gelvesiy, Feyrbax, Marks, Engels, Lenin va boshqalar) va idealistlar (Budda, Platon, Aristotel, Origen, Avgustin, Foma Akvinskiy, Dekart, Leybnis, Shelling, Gegel, Solovyov, Berdyaev va boshqalar). Idealizm doirasida ob’ektiv va sub’ektiv idealistlar mavjud. Materializm doirasida: qadimgi tarqoq, sodda qadimgi materializm, Yangi dunyoning mexanik materializmi va XIX-XX asrlardagi dialektik materializm. Ikkinchi marksistlarcha falsafa asosiy masalasining (gnoseologik) jihati: dunyoni bilish mumkinmi? degan savol. Yanada aniqroq ifodalansa u quyidagicha: ong borliqni aynan ifodalashga qodirmi? Dunyoni to‘la va qisman bilishni inkor qiluvchilar agnostik19lar (sofistlar maktabi, D. Yum, pozitivizm20 va neopozitivizmdagi ba’zi bir oqimlar, Dj. Santayana va boshqalar) deyiladi. Hozirgi kunda ularning muqobili sifatida sinergetik materializmning tabiat va jamiyat olamini tushuntirib berishga qaratilgan harakatlari ham falsafiy ta’limot sifatida falsafiy bilimlar tizimidan joy olmoqda. Ba’zi falsafiy oqimlar nuqtai nazaridan «falsafa bosh masalasi»ning marksistlarcha qo‘yilishi xato hisoblanadi. Masalan, teosofiya va «Jonli etika» (E. P. Blavaskaya, E. I. Rerix va boshqalar) ruh va materiyani Yagona kosmik substansiya (Birlamchi) asosiy belgi sifatida qaraydi. Shuning uchun ular materiya va ruhning birlamchiligining marksistlarcha ifodalanishi uydirmadir,deb hisoblaydilar. Download 13.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling