Sirtqi bo’limi jismoniy madaniyat yo’nalishi 21,23c -guruh talabasi
Download 95.46 Kb. Pdf ko'rish
|
Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari
Navoiyning falsafiy Navoiyning dunyoqarashi da chinakam
dunyoqarashi insonparvarlik g’oyalari asosiy o’rin olgan. Navoiy maktabdorlik yoki mudarrislik qilmagan bo’lsa ham ta’lim va tarbiya borasida juda katta ishlarni amalga oshirgan. U juda ko’p fozil kishilarni tarbiyalab etishtirgan. Mashhur tarixchi Xondamir Navoiyning yoshlarga bilim va tarbiya berish uchun imkoniyatlar yaratgani haqida jumladan shunday yozgan: “Atoqli olimlar va hurmatga loyiq san’at ahlining darajalarini ko’tarishda va martabalarini oshirishda qo’lidan kelgan qadar harakat qilib, bunday ishlarga katta ahamiyat berdi. O’quvchilar faqat o’qish bilan mashg’ul bo’lishlari uchun ularga nafaqalar tayin etib, madrasalar bino qildi” 2 . Navoiy fanning turli tarmoqlarini – adabiyot, tarix, til bilimlarini; san’atning har xil sohalarini musiqa, rasm, xattotlik, me’morlik va hokazolarning rivojlantirishga harakat qilish bilan birga, ana shu sohalarning ijodkorlariga yordamlashgan, qimmatli maslahatlar bergan, ularni rag’batlantirgan. Navoiy ilmiy va adabiy asarlarni yaratishdi o’z davridagi olimlar, adiblar va shogirdlariga namuna bo’lgan. Uning deyarli barcha asarlari tarbiyaviy-ma’rifiy ahamiyatga ega. Foirning besh dostondan iborat shoh asari “Xamsa”da inson kamolatining barcha masalalari qamrab olingan. Undagi birinchi doston – “Xayratul abror” haqiqat, ishonch, ezgulik, sevgi va do’stlikni ulug’lovchi falsafiy asardir. Unda o’sha davr uchun dolzarb axloqiy, tarbiyaviy, ijtimoiy-falsafiy fikrlar bayon qilingan. Adolat, muruvvat, saxiylik, odob, kamtarlik, qanoat, insof, ishq- vafo, rostgo’ylik, do’stlik, o’zaro yordam va boshqa ajoyib fazilatlar, oddiy mehnatkashning jamiyatdagi o’rni ifodalangan. Ana shu oli-janob fazilatlar ta’rifida alohida-alohida hikoyalar berilgan. “Farhod va Firin” dostonida san’atkor bosh mavzu – sevgi-ni tasvirlash bilan birga, yuksak insoniy fazilatlarni ibrato-muz ifodalashga ham alohida e’tibor bergan. Fosh qahramon Farhod – barkamol inson, oqil, zakovatli, engilmas botir, vafodor do’st, mehnatsevar, bilimdon vaxalq hurmatiga sazovor bo’lgan kamtarin bir yigitdir. Navoiy Fopur qiyofasida do’stlikning ajoyib kuchini ko’rsatadi. To’rt yoshidan ko’p ilm va hunarlarni, bir necha tilni o’rgangan Farhod o’zining bilimi, hunarini yurt nafi, xalq foydasi uchun ishlatishga intiladi, quyosh tafti ostida ariq ochayotgan jafokash xalqqa yordam qo’lini cho’zadi. Mehinbonu va Firin yuksak madaniyatli, axloqli, pok qalbli, iffatli, o’z vatanini sevadigan va zakovatli ayollar timsolidir. Umuman, dostondagi barcha ijobiy timsollar nomusli, sof vijdonli, haqiqiy insonlardir. Dostonda Navoiy yovuz kishilarning axloqiy chirkinligini, adolatsizligi va qabihligini ham tasvirlaydi, zulma va nohaqlikka, aldamchilik va firibgarlikka g’azab-nafrat bilan qaraydi. “Layli va Majnun”da ham samimiy sevgi, aql-zakovat, sadoqat va matonat madh etilgan. Qays-Majnun – shoir, faylasuf, o’zida ijobiy fazilatlarni mujassamlashtirgan inson. Layli esa vafodor, zakovatli, pok qalbli qiz. Dostonda bir-birini samimiy sevgan ikki yoshning sarguzashtlari, g’am-g’ussalari tasvirlangan, o’sha davrdagi haqsizliklar aks ettirilgan. “Xamsa”ga kiritilgan to’rtinchi doston “Sab’ay sayyor” Farq xalqlari orasida mashhur bo’lgan Bahrom Go’r afsonasi asosida yaratilgan. Unda insonning faoliyati va kurashi, aql va idrok kuchi, kishilaring bir-biriga sadoqati, vafodorligi, samimiy do’stligi, muruvvati va hokazolar kuylanadi. Turli mavzulardagi hikoyalarda ilm-hunar, aql va idrokni jodugarlikka, qalloblikka va haqiqiy insoniy xislatlarni jamiyat ichidagi eng qabih illatlarga: firibgarlik, yolg’onchilik, tuhmatchilik, ig’vogarlikka qarshi qo’yiladi. Navoiy yosh avlodning ilm-hunar o’rgangan va eng yaxshi fazilatlarga ega kishilar bo’lishini orzu qiladi va dostonning tarbiyaviy qimmati ham na shundadir. “Xamsa”dagi so’nggi doston – “Saddi Iskandariy”da Navoiy-ning ijtimoiy- falsafiy fikrlari, ta’lim-tarbiyaviy qarashlari ifodalangan. Iskandarning tarbiyasi, o’qituvchilari, olimlar haqidagi mushohadalar, faylasuflarning mashvarati, Iskandar-ning olimlarga savoli va ularning javoblari bayon qilingan. Download 95.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling