Sirtqi bo’limi” “psixologiya” fakulteti


chizma. Yalpi taklif egri chizig’ining keyns kesmasidagi muvozanati


Download 0.73 Mb.
bet8/9
Sana01.11.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1736521
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi tayyor

chizma. Yalpi taklif egri chizig’ining keyns kesmasidagi muvozanati


Yalpi taklif o’zgarishining narxlarning va ishlab chiqarishning muvozanatli darajasiga ta’sirini 6-chizma misolida ko’rib chiqamiz. Narxdan boshqa omillar ta’sirida yalpi taklifning AS1 dan AS2 ga siljishi natijasida ishlab chiqarish xajmi Y1 dan Y2 gacha kamayadi, narxlar darajasi esa R1 dan R2 gacha ko’tariladi, ya’ni stagflyatsiya ro’y beradi.

Boshqa bir vaziyatda, masalan, narxlarga bog’liq bo’lmagan omillardan birortasi o’zgarib, yalpi taklifning o’zgarishiga olib kelsin. Ya’ni, erning narxi pasaysa, korxonalardan olinadigan soliqlar kamaysa va bular natijasida mahsulot birligiga ketgan sarf-xarajatlar qisqarsa, unda jami taklif egri chizig’i AS1 dan AS3 holatga siljiydi. Bunda narxlar muvozanat darajasi R1 dan R3ga qadar pasayadi va ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi Y1 dan Y3 qadar oshadi, ya’ni, iqtisodiy o’sish holati ro’y beradi.
Xulosa
Raqobat kurashi bozor tizimi barcha mamlakatlar iqtisodiyotiga xos bo’lib, u o’z doirasini to’xtovsiz kengaytirib bormoqda. Iqtisodiy munosabatlarni samarali tashkil etish va resurslarni oqilona joylashtirish avvaldan insoniyat diqqatini, ayniqsa iqtisod ahlini jalb etib kelmoqda.
Ma’lumki jamiyat ixtiyoridagi ishlab chiqarish imkoniyatlari, mehnat resurslari, tabiiy boyliklar, yer, ya’ni bu resurslar chegaralangan bo’lib ulardan foydalanish, joylashtirish oqilona yondashuvni talab etadi. Hozirgi vaqtda bozor iqtisodiyoti hukmronligi resurslarni samarali taqsimlab joylashtirish va iqtisodiy o’sishni tezlashtirish, mahsulot sifatini yaxshilash va yuqori turmush darajasini ta’minlash imkonini tug’diradi. Bunday tizim mehnatni rag’batlantirishning ma’qul usullaridan keng foydalanish va shaxsiy boylikni, milliy boylikning ortib borishini tezlashtiradi.
Raqobat asosan talab va taklif, raqobat, baho kabilar shakllantiradi, tartibga solib turadi. Talab va taklif qonunining harakati va bozor iqtisodiyoti taraqqiyoti insoniyat jamiyati uchun juda ahamiyatli bo’lgan barcha boyliklardan foydalanish samarasini ko’tarish va inson manfaatiga qaratishda kata imkoniyatlar yaratishini qayd qilish mumkin. Bunda resurslardan to’la foydalanish, tabiiy boyliklar samarasini ko’tarish, yangi-yangi texnologiyalar tufayli yangi xom-ashyo, materiallarni yaratish juda muhimdir.
Hozirgi texnologiya asosan kam xarajat, ayniqsa kam moddiy sarfli ishlab chiqarishni yuqori darajaga ko’targan bo’lib, bularning hammasi bozor talabi natijasidir.
Ishlab chiqarishning talab asosida har tomonlama va keng miqyosda taraqqiy eta olishi inson turmush tarzining yuqori darajasini ta’minlab boradi.
Talab va taklif qonuni ta’sirida rivojlanayotgan iqtisodiyot mavjud imkoniyatlardan inson manfaati uchun eng samarali foydalanish imkonini tug’diradi.Bozor iqtisodiyotining ustunligi ham avvalo shu bilan belgilansa kerak

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling