Sirtqi fakulteti ijtimoiy -gumanitar kafedrasi industrial iqtisodiyot fanidan


SANOAT KORXONALARINING INNOVATSION SAMARADORLIGINI OSHIRISH


Download 133.5 Kb.
bet5/10
Sana30.03.2023
Hajmi133.5 Kb.
#1309896
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sobirov Shohruh 8 tali mavzu

SANOAT KORXONALARINING INNOVATSION SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Innovatsiyalarning asosiy prinsiplarini ko‘rib chiqaylik.
Innovatsion ishlab chiqarishning an’anaviy ishlab chiqarishdan ustunligi.
Bu prinsip, birinchidan, ishlab chiqarish kuchlari tizimida fanning yetakchi o‘rin tutishiga; ikkinchidan, taraqqiyotda ishlab chiqarish kuchlarining hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishiga asoslanadi. Innovatsion jarayonlarning ustunligi ishlab chiqarishni ilmiy-texnikaviy tayyorlash rolining kuchayishi, ish kuchi darajasining korxona texnologik va ishlab chiqarish bazasining holatiga muvofiqligi natijasida kelib chiqadi.
Innovatsion faoliyatning tejamkorligi.
Ushbu prinsip boshqaruv amaliyotida amaliy fan faoliyatining ishlab chiqarish xususiyatini izchil hisobga olishni taqozo etadi. Bu xususiyat esa nafaqat innovatsion jarayonning o‘zini o‘zi qoplashini, balki uning foyda keltirishini, bozor tijoratida muvaffaqiyat qozonishini ham belgilab beradi.
Innovatsion faoliyatning o‘zgaruvchanligi (moslashuvchanligi).
Boshqaruv bu prinsip asosida innovatsion faoliyat subyektlari harakatlarining erkinligi keng bo‘lishini, ularning ustomonlik (manyovr qilish) imkoniyatiga ega bo‘lishini, qattiq tartibga solishdan voz kechishni, tashabbuskorlikning rag‘batlantirilishini ta’minlashi kerak.
Innovatsion jarayonlarning sikllilik (davriylik) xususiyati.
Tadqiqotchilar orasida yangiliklar rivojlanishining to‘lqinsimon, sikllilik konsepsiyasi borgan sari keng tarqalmoqda. Sikl boshida yangilikning texnik salohiyati asta-sekin o‘sib boradi, so‘ngra undan tijorat maqsadida keng foydalaniladi, so‘ngra uning sur’ati pasayadi. Har bir «to‘lqin» asosida hukmronlik qiluvchi bazisli texnologiyalar yotadi. Mazkur katta sikllar konsepsiyasini («Kondratyev sikllari»ni) birinchi bo‘lib N. D. Kondratyev taklif qildi. Unga ko‘ra, yuksalish va pasayish tamoyil (tendensiya)larining almashib turishi xos bo‘lgan katta sikllar mavjud.
«Zararsizlik»
Bizningcha, bu nafaqat tibbiyot uchun, balki jamiyat, tashkilot, innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanayotgan individuum uchun ham asosiy prinsipdir.
Yangilikni aqlsizlik bilan, puxta o‘ylamay yaratish va joriy etish umuman jamiyat uchun ham (ommaviy qirg‘in qurollarining yangi turlari), muayyan tashkilot uchun ham xavfli bo‘lishi mumkin (tijorat salohiyatiga ega bo‘lmagan yangilikka mablag‘ sarflash tashkilotni halokatga olib kelishi mumkin).
Innovatsion faoliyat va uning natijalarining (yangi mahsulotning) muayyan vaqt doiralariga muvofiqligi.
Muayyan jamiyat yoki tashkilotga rivojlanishning ma’lum bir bosqichida mos kelmaydigan yangilik foyda keltirishi va talab keltirib chiqarishi mumkin emas.
Innovatsion faoliyat va uning natijalarining bozorning madaniy darajasiga muvofiqligi.
Bozorga joriy etilayotgan yangi mahsulot shu bozorning madaniy darajasiga mos kelishi kerak, aks holda u tijorat salohiyatiga ega bo‘lmaydi va unga talab bo‘lmaydi.
Yangilikning moliyaviy jihatdan ta’minlanganligi.
Innovatsion faoliyat tashkilotning moliyaviy imkoniyatlariga mos bo‘lishi hamda (muvaffaqiyatli yakunlanishi va bozorni tahlil qilish, yangi mahsulot kiritishga tayyorlash chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun) har bir bosqichda pul resurslari bilan ta’minlanishi kerak. 9. Ijtimoiy foydalilik.
Yangilik uni ishlab chiqish bilan shug‘ullanayotgan muayyan tuzilmagagina emas, balki umuman jamiyatga ham foyda keltirishi, ya’ni ijtimoiy-axloqiy marketing prinsiplariga asoslanishi kerak. 10. Iqtisodiy-jug‘rofiy prinsip.
Unga ko‘ra yangilik kiritish natijasi va jarayonining o‘zi ham amalga oshirilishi, iqtisodiyotning muayyan darajasiga hamda jug‘rofiy, iqlimiy va boshqa sharoitlarga mos bo‘lishi kerak.
Fundamental fanni qo‘llab-quvvatlash.
Amaliy fan o‘zini o‘zi moliyalashtirish imkoniga ega. Bunday imkoniyat fundamental fanda mavjud emas. Chunki fundamental fan umuman fan-texnika taraqqiyoti uchun asos hisoblanadi. Davlat organlari va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik tuzilmalarining vazifasi ushbu faoliyatning moddiy asosi bo‘lgan fundamental fanni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Innovatsion faoliyatning himoyalanganligi.
Бу принцип инновацион фаолият соҳасида ишлаётган ташкилотларнинг муаллифлик ҳуқуқлари ва манфаатларини ҳимоялаш учун қонунлар ва бошқа норматив-ҳуқуқий ҳужжатларнинг қабул қилиниши ва амал қилишини билдиради.
Qaytma aloqani yo‘lga qo‘yish (tashkil qilish).
Yangilik kiritish jarayoni bozorda yangi mahsulotning paydo bo‘lishi bilan yakunlanadi. Bu hol hayotiy (muhim) siklning muayyan bosqichida keyingi yangi mahsulot (g‘oya) yaratish ehtiyojini keltirib chiqarishi va bu jarayon uchun moliyaviy imkoniyat berishi kerak.
Kadrlar bo‘yicha muvofiqlik (kadrlarning muvofiqligi).
Yangilik kiritish jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun tashkilot yangilik yarata oladigan va buni istaydigan kadrlarga ega bo‘lishi kerak.
Raqobatbardoshlik.
Yangilik kiritish siyosati bozordagi raqobatchilarning faoliyatini hisobga olish, ularning imkoniyatlari, kuchli va ojiz tomonlarini tahlil qilish, raqobatchilarning yutuqlaridan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanish (benchmarketing) asosiga qurilishi, shuningdek ilgarilama (oldinroqdan mo‘ljal olish) xususiyatga ega bo‘lishi kerak.
Umumiy (yagona) innovatsion strategiya.
Tashkilot innovatsion faoliyat sohasida iqtisodiy, moliyaviy va kadrlar bilan bog‘liq doir imkoniyatlarni, jamiyatga ko‘rsatiladigan ijtimoiy ta’sirni hamda tashqi muhit omillarini inobatga oluvchi strategiya ishlab chiqadi.
Yangilikning tijorat sohasidagi samarasi.



Download 133.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling