Sirtqi fakulteti ijtimoiy -gumanitar kafedrasi industrial iqtisodiyot fanidan


Download 133.5 Kb.
bet1/10
Sana30.03.2023
Hajmi133.5 Kb.
#1309896
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sobirov Shohruh 8 tali mavzu


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI FAKULTETI
IJTIMOIY –GUMANITAR KAFEDRASI
INDUSTRIAL IQTISODIYOT FANIDAN
MUSTAQIL ISHI


Bajardi: Sobirov Shohruh


Qabul qildi: Mirzayev Ravshan
Farg‘ona -2023
SANOAT TARMOQLARINING 2017-2021 YILLARDAGI RIVOJLANISHINING ASOSIY YO'NALISHI
Bugungi kunda O‘zbekiston jadal sur'atlar bilan rivojlanayotgan, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatdir. Davlatimiz rahbariyati tomonidan tanlab olingan taraqqiyot strategiyasi raqobatdosh, eksportbop hamda import o‘rnini bosuvchi, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan bo‘lib, u sanoatning barqaror va mutanosib ravishda o‘sishi hamda ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash asosida uning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirishni ko‘zda tutadi.
Yurtimizning yigirma besh yillik mustaqil taraqqiyoti davrida to‘plangan tajribaning tasdiqlashicha, har qanday davlat iqtisodiyotining negizi bo‘lgan sanoat integratsiya asosida hamda jahon hamjamiyati talablari darajasida ravnaq topishi darkor.
O‘zbekistonning sobiq tuzum davrida sust rivojlangan va deformatsiyalangan iqtisodiyoti oldida turgan murakkab vazifalarni oldindan ko‘ra olgan Islom Karimov 1989 yildayoq shunday degan edi: “Bu o‘rinda asosiy vazifa - ishlab chiqarilayotgan va qazib olinayotgan xom ashyoni kompleks qayta ishlashda, aytish mumkinki, chiqindisiz qayta ishlashda, respublikaning o‘zida uni tayyor mahsulotga aylantirishdadir. Boshqacha aytganda, respublikada zamonaviy texnika va texnologiya bilan jihozlangan qudratli qayta ishlash sanoatini bunyod etish va shunday qilib, uzluksiz o‘sib borayotgan mehnat resurslarini ish bilan ta'minlash, respublika milliy daromadining yuqori sur'atlarda o‘sishiga erishish hamda mamlakatimizdagi har jihatdan uyg‘un rivojlangan respublikalar darajasiga yetib olishdir”.
Shunday qilib, O‘zbekiston iqtisodiyotini jahonning tez rivojlanayotgan davlatlari iqtisodiyoti darajasiga ko‘tarishdek maqsadni oldiga qo‘ygan davlatimiz rahbari bosqichma-bosqich islohotlar o‘tkazishning besh tamoyiliga asoslangan, ijtimoiy yo‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga xos modelini ishlab chiqdi. Ma'lumki, yosh mustaqil respublikaning iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha tanlangan ushbu model bugun jahon hamjamiyati tomonidan yuksak e'tirof etildi hamda “o‘zbek modeli” deya nom oldi.
Ko‘zda tutilgan islohotlarning izchil amalga oshirilishi natijasida iqtisodiy o‘sishning barqarorligi va mutanosibligi ta'minlandi. Keyingi o‘n yil davomida O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulotining yillik o‘sish darajasi 8 foizdan ziyodni tashkil qilmoqda. Umuman, mustaqillik yillarida O‘zbekiston iqtisodiyoti deyarli 6 baravar, aholining real daromadlari qariyb 9 baravar o‘sdi.
Yalpi ichki mahsulotni aholi jon boshiga nisbatan hisoblaganda esa, u 6,9 ming AQSH dollarigacha ortdi hamda O‘zbekistonning o‘rtacha darajali daromadga ega mamlakatlar qatoriga kirishiga imkon berdi.
O‘tish davrining murakkab sharoitida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari – neft-gaz, oltin qazib chiqarish, rangli metallurgiya, kimyo va neft-kimyo sanoatini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi. Bu esa davlatimizning makroiqtisodiy barqarorligini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Mustaqillik davrida O‘zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlar tufayli uning tuzilmasini sezilarli darajada diversifikatsiya qilishga erishildi. Avtomobilsozlik, shu jumladan, dvigatel hamda ehtiyot qismlar ishlab chiqarish, neft-gaz kimyosi, neft-gaz mashinasozligi, zamonaviy qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, qurilish materiallari sanoati, temir yo‘l mashinasozligi, maishiy elektronika asboblari ishlab chiqarish, farmatsevtika va mikrobiologiya, oziq-ovqat, to‘qimachilik, charm-poyabzal sanoati hamda boshqa bir qator mutlaqo yangi tarmoqlarning yo‘lga qo‘yilishi bunga zamin yaratdi. Samarqand shahrida avtobus ishlab chiqaruvchi “Isuzu” (Yaponiya) va yuk avtomobillari ishlab chiqaruvchi “MAN” (Germaniya) zavodlari, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi hamda yaqindagina Ustyurt gaz-kimyo majmuasi foydalanishga topshirildi, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi to‘liq rekonstruksiya qilindi.
Natijada O‘zbekiston sanoatining tarmoq tuzilmasida sezilarli sifat o‘zgarishlari ro‘y berdi. Buni quyidagi raqamlar ham tasdiqlaydi: iqtisodiy o‘sishning lokomotivi hisoblangan sanoatning ulushi 35 foizga yaqinni tashkil etadi, ayni paytda qishloq xo‘jaligining ulushi bosqichma-bosqich 18 foizgacha kamaydi, xizmatlar ulushi esa 33 foizdan 47 foizga ko‘tarildi. Bunday o‘zgarishlar jadal rivojlanuvchi iqtisodiyotlarga xosdir.
O‘zbekistonning sanoati diversifikatsiya qilinishi natijasida uning eksport tuzilmasi ham o‘zgarib bormoqda. Agar o‘tgan asrning 90-yillari boshida mamlakatimiz eksporti, asosan, paxtadan iborat bo‘lgan va uning ulushi eksport umumiy hajmining 60 foizini tashkil qilgan bo‘lsa, hozirgi paytda chetga chiqarilayotgan mahsulotlarning deyarli 80 foizi qishloq xo‘jaligi texnikasi, zamonaviy qurilish materiallari, tayyor to‘qimachilik buyumlari hamda poyabzal, kabel-o‘tkazgichlar singari qayta ishlashga asoslangan tarmoqlarning mahsulotlaridir.
Ta'kidlash joizki, O‘zbekistonning industrial taraqqiyotida sanoat ishlab chiqarishini mahalliylashtirish muhim o‘rin egallaydi. Dastlab mahalliylashtirish dasturi 2000 yiliyoq qabul qilingan edi. O‘shandan buyon dastur doirasida qiymati 5,5 milliard AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan 2600 dan ziyod loyihalar amalga oshirildi. Mahalliylashtirilgan korxonalarda 5 ming turdan ortiq sanoat mahsulotini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi, bu esa yiliga 7 milliard AQSH dollarilik mahsulot importining o‘rnini bosdi, deganidir. Faqat keyingi ikki yil ichida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hisobiga 97 guruh tovarlarni import qilish butunlay to‘xtatildi, shuningdek, 306 turdagi mahsulotni chetdan keltirish 2 baravardan ziyod kamaydi.



Download 133.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling