Sirtqi fakulteti ijtimoiy -gumanitar kafedrasi industrial iqtisodiyot fanidan


Buyumli (agregatli) kooperaratsiya


Download 133.5 Kb.
bet4/10
Sana30.03.2023
Hajmi133.5 Kb.
#1309896
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sobirov Shohruh 8 tali mavzu

Buyumli (agregatli) kooperaratsiya - bu mashina va asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi bosh korxonaga turli butlovchi buyum va detallarni etkazib beruvchi korxonalarning faoliyatidan iborat. Masalan, detallar bo`yicha kooperatsiya usulida ixtisoslashgan korxonalar bosh korxonaga sharikopodshipniklar, porshenlar, turli uzellar va asbob-uskunalarning qismlarini etkazib berishlari mumkin.
Texnologik kooperatsiya — bu bir va bir necha korxonalar o`rtasida alohida jarayonlarlarni bajarish bo`yicha hamkorlikdir. Ishlab chiqarishning qaysi tarmoqqa taalluqliligi nuqtai nazaridan tarmoq va tarmoqlararo ishlab chiqarish kooperatsiyasi vujudga keladi.
Tarmoqlararo kooperatsiya sanoat tarmoqdarining bir biriga xizmat ko`rsatishini ifodalaydi. Masalan, sanoat ishlab chiqarishining mashinasozlik tarmog`i metallurgiya sanoati bilan hamkorlik qilishi mumkin. Kooperatsiya asosida ma‘lum mahsulotlarni tayyorlashi, bir biriga butlovchi buyumlar etkazib berishi va muayyan ishlarni bajarib berishi mumkin.
O`zaro bog`liq bo`lgan korxonalarni joylashtirish nuqtai nazaridan iqtisodiy rayonlar miqyosida va rayonlararo kooperatsiya keng tus olishi mumkin.
Rayonlararo kooperatsiya turli iqtisodiy hududlarda joylashgan korxonalar o`rtasidagi aloqalarni ifodalaydi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil etishning bu shakliga baho berish uchun uning ahvolini va imkoniyatlarini bilish lozim. Buning uchun har xil ko`rsatkichlardan foydalanish mumkin. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:

    • birinchidan, ushbu korxona bilan hamkorlik qiluvchi korxonalar soni. Bunda etkazib beruvchi va buyurtmachi korxonalarning soni alohida-alohida hisob-kitob qilinadi. Masalan, avtomobil zavodlari yuzlab korxona (firma)lar bilan hamkorlik qilsalar, stanoksozlik korxonalarining ishlab chiqarish aloqalari atiga bir nechta korxonalar bilan chegaralangan bo`ladi.

    • ikkinchidan, kooperatsiya usulida olinayotgan yarim fabrikatlar va butlovchi buyumlarning ushbu korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulot tannarhidagi ulushi. Masalan, avtomobil tannarhida tashqaridan kooperatsiya yo`li bilan olinadigan yarim fabrikatlar va butlovchi buyumlarning ulushi taxminan 60-65 foizni tashkil etadi.

Ishlab chiqarish sohasidagi kooperatsiyaning turli shakllari va usullarining rivojlanishiga quyidagi omillar ta‘sir ko`rsatadi92:

  • muayyan mintaqa ishlab chiqarish va bozor infratuzilmalarining rivojlanish darajasi va tarmoqlararo ishlab chiqarish jarayonlarining integratsiyalashuv darajasi;

  • tovarlar, mehnat, sarmoya va xizmatlar bozorining shakllanish darajasi;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari va uning holati;

  • mahsulot ishlab chiqarish va sotish, shuningdek, turli xildagi xizmatlarni ko`rsatish sohasida raqobatning rivojlanganlik darajasi.

Mamlakatimiz iqtisodiyotidagi etakchi tarmoqlarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash, iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini takomillashtirishda turli xo`jalik yurituvchi sub‘ektlar o`rtasidagi kooperatsion aloqalarni rivojlantirish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi93.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o`rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risida‖ (2006 yil 5 yanvar, PF–3706-sonli), ―Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida‖ (2007 yil 12 noyabr, PF–3937-sonli) Farmonlari xo`jalik yurituvchi sub‘ektlar o`rtasidagi kooperatsion aloqalarni yanada kuchaytirishga imkoniyat yaratuvchi ko`plab chora-tadbirlar qabul qilindi.

Download 133.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling