Sirtqi fakulteti ijtimoiy -gumanitar kafedrasi industrial iqtisodiyot fanidan


Moddiy resurslardan samarali foydalanish masalalari


Download 133.5 Kb.
bet8/10
Sana30.03.2023
Hajmi133.5 Kb.
#1309896
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sobirov Shohruh 8 tali mavzu

2. Moddiy resurslardan samarali foydalanish masalalari


Ijtimoiy ishlab chiqarish va uning asosiy bo’g’ini bo’lgan korxona faoliyatining samaradorligini oshirishda moddiy resurslardan oqilona foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Moddiy resurslardan foydalanishning juda ko’p yo’llari mavjud bo’lib, ularga quyidagilar kiradi:

  1. Moddiy resurslardan kompleks (har taraflama) foydalanish;

  2. Chiqindilardan yoki ikkilamchi xomashyo va materiallardan foydalanish.

Xomashyo va boshqa aylanma fondlardan foydalanishni yaxshilash uchun dastavval fan va texnika taraqqiyotini jadallashtirish kerak. Eski texnikani yangi texnika bilan almashtirish, ayniqsa, hozirgi zamonda rivojlangan xorijiy mamlakatlar texnologiyasini joriy etish zarur. Bu borada hozirgi paytda respublikada anchagina ishlar amalga oshirilmoqda. Rossiya, Germaniya, AQSH, Yaponiya, Fransiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Italiya va boshqa bir qator davlatlar bilan hamkorlikda sanoat korxonalari texnik va texnologik jihatdan yaxshilanmoqda. Korxonalarda ishlab chiqarish jarayonini kompyuterlashtirish kuchaymoqda. Ba’zi bir mashinamexanizmlar modernizatsiya qilinmoqda. Ishlab chiqarish jarayonlari takomillashmoqda. Bu esa korxonalarda ishlovchilarning malakasini oshishiga ta’sir ko’rsatmoqda, oqibatda har bir mahsulot birligiga sarflanayotgan mehnat buyumi kamaymoqda. Xomashyo, yoqilg’i, energetika resurslari, ya’ni aylanma fondlarning yaxshi ishlatilishi tufayli katta samara olish borasida faqat texnikaviy omillargina katta o’rin tutmasdan, ijtimoiy-iqtisodiy omillar ham yetarli rol o’ynaydi.
Aylanma fondlardan samarali foydalanishda xo’jalik mexanizmining ahamiyati katta. Xususan, rejalashtirish, baholash, moliyalash, kreditlash, xo’jalik hisobini yuritish, boshqarish, moddiy va ma’naviy rag’batlantirish kabi xo’jalik mexanizmining elementlari ham ta’sir ko’rsatadi. Aylanma fondlardan oqilona foydalanish uchun raqobatni joriy etish kerak. Raqobat esa mahsulotni eng sifatli, eng arzon va ko’plab ishlab chiqarish vositasidir. Raqobat bo’lishi uchun bir xil mahsulotni ishlab chiqaradigan korxonalar soni ko’p bo’lishi kerak.
Aylanma fondlardan rejaviy foydalanishni tashkil qilishda ularning ayrim turlarini mahsulot birligiga sarf etishni ilmiy asosda normallashtirish katta ahamiyat kasb etadi. Bu ishni bajarish ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish, ishlab chiqarishning rentabelligini oshirish, moddiy texnika ta’minotini tashkil etish, texnika va texnologiyani takomillashtirishning asosiy vositasi hisoblanadi. Barcha normalar ilmiy jihatdan asoslangan va o’zlarining xususiyatlari bo’yicha ilg’or davr talabiga javob beradigan bo’lishi zarur.

Download 133.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling