Sirtqi fakulteti ijtimoiy -gumanitar kafedrasi industrial iqtisodiyot fanidan


SANOAT KORXONALARIDA ASOSIY FONTLAR MODERNIZATSIYALASH ASOSIDA MEHNATNING FONT BILAN QUROLLANISH HOLATINI YAXSHILASH YO'LLARI


Download 133.5 Kb.
bet9/10
Sana30.03.2023
Hajmi133.5 Kb.
#1309896
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sobirov Shohruh 8 tali mavzu

SANOAT KORXONALARIDA ASOSIY FONTLAR MODERNIZATSIYALASH ASOSIDA MEHNATNING FONT BILAN QUROLLANISH HOLATINI YAXSHILASH YO'LLARI
Bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida chegaralangan resurslar doirasida mavjud barcha resurslardan oqilona foydalanish korxonalar ish samaradorligini oshirishning muhim omili sanaladi. Shu boisdan, paxta tozalash korxonalarida ham ishlab chiqarish quvvatidan imkon boricha maksimal foydalanish zarur bo'ladi. Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish deganda qo'shimcha mablag'larni jalb etmasdan mahsulot hajmi va sifati oshishi, uni ishlab chiqarish xarajatlarining pasaytirilishi tushuniladi. Bu esa, o'z navbatida mavjud asbob-uskunalardan ekstensiv va intensiv foydalanish orqali erishiladi.
Asbob-uskunlardan ekstensiv foydalanishdagi qo'shimcha imkoniyatlar paxta tozalash korxonalarida kapital ta'minlashga ajratilgan vaqtni qisqartirish, ish jarayonida ichki to'xtashlarni kamaytirish, rejadan tashqari to'xtashlarni bartaraf etish orqali yillik foydali vaqtdan to'liq foydalanish hisoblanadi.
Kapital ta'mirlashga ajratilgan vaqt me'yorlari belgilangandir. Paxta tozalash korxonalari reja-ogohlantiruvchi tiklash tizimini qo'llash orqali ushbu vaqt me'yorini qisqartirish va natijada asbob-uskunalardan foydalanish samaradorligini oshirishi mumkin bo'ladi.
Paxta tozalash sanoatida ish jarayonidagi ichki to'xtashlar smena vaqtining 10-15 % ini tashkil etib, u asosan paxta xom-ashyosi partiyalarini almashtirish, asbob-uskunalarni texnologik tozalash, arralarni almashtirish vash u kabi ishlarni bajarishda ro'y beradi. Masala, asosan bu kabi to'xtashlarni me'yor darajasida bo'lishligini ta'minlash va ularni kamaytirish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish hisoblanadi.
Qabul qilingan tasnifga binoan, asbob-uskunalar to'xtashlari texnik, texnologik va tashkiliy kabi turlarga ajratiladi.
Texnik to'xtashlar asbob-uskunalarning buzilishi, texnik nosozligi, avariyaga uchrashi natijasida rejadan tashqari ular to'xtashi hisoblanadi.
Texnologik to'xtashlarga texnologik ohimni tozalashdagi tanaffuslar, texnologik oqim va transport uskunalaridagi tiqilishlardagi to'xtashlar hisoblanadi.
Ko'pincha, paxtaning navi qanchalik yuqori bo'lsa, tolaning paxtadan chiqishi ham oshib boradi. Paxtaning namligi qancha yuqori bo'lsa, uning metall bilan ishqalanish koeffitsienti oshib boradi va bu ko'rsatkich uskunaning unumdorligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Paxtaning ifloslik darajasi qancha ko'p bo'lsa, asbob-uskunalarda tiqilish orqali to'xtab turish ko'payadi.
Tashkiliy to'xtashlarga xom-ashyo elektro-energiya yetishmasligi, asbob- uskunalar yuklanish darajasining to'g'ri tashkil etilmaganligi sababli asosiy oqimning to'xtab turishidir.
Paxta tolasining mashina (yoki arra) soatda ishlab chiqarilishi miqdori jin uskunasidan foydalanish intensivligini ifodalaydi.
Ishlab chiqarish intensivligini oshirish korxona ishlab chiqarish quvvatidan oqilona foydalanishning eng muhim amali hisoblanadi.
Paxta tozalash korxonalarida asbob-uskunalardan intensiv foydalanishni oshirish imkoniyatlariga jin bo'lishi ishlab chiqarish quvvati bilan boshqa bo'limlar ish quvvati o'rtasidagi yuklanishning muvofiq kelmasligini bartaraf etish, sermehnat jarayonlarni mexanizatsiyalashtirish, asbob-uskunalar holatini yaxshilash va mehnatni tashkil etishni takomillashtirish sanaladi.
Har bo'limlardagi o'rnatilgan asbob-uskunalarning yuklanishi o'rtasidagi tafovut jin mashinasi unumdorligiga salbiy ta'sir qiladi. Ko'p hollarda bu kabi tafovut ishlab chiqarishga paxta xom-ashyosini uzatishda ro'y beradi.


XULOSA
Mamlakatimiz iqtisodiyotidagi etakchi tarmoqlarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash, iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini takomillashtirishda turli xo`jalik yurituvchi sub‘ektlar o`rtasidagi kooperatsion aloqalarni rivojlantirish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi93.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o`rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risida‖ (2006 yil 5 yanvar, PF–3706-sonli), ―Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida‖ (2007 yil 12 noyabr, PF–3937-sonli) Farmonlari xo`jalik yurituvchi sub‘ektlar o`rtasidagi kooperatsion aloqalarni yanada kuchaytirishga imkoniyat yaratuvchi ko`plab chora-tadbirlar qabul qilindi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 12 noyabrdagi PF–3937-sonli
―Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish chora- tadbirlari to`g`risidagi Farmoniga binoan mamlakatimizda Respublika savdo yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi faoliyati yo`lga qo`yildi. 2008 yilda Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasiga xalqaro ahamiyatdagi maqomi berildi. Endilikda sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi ikki bosqichda, ya‘ni, birinchi bosqichda – tarmoq ko`rgazmalari va yarmarkalari, ikkinchi bosqichda – xalqaro tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi sifatida o`tkazilmoqda.


Download 133.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling