Sirtqi fakulteti


Tijorat banklarining birinchi va ikkinchi darajali kapitaliga ta`sir etuvchi omillar


Download 1.16 Mb.
bet7/11
Sana23.04.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1392219
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tijorat banklarining birinchi va ikkinchi darajali kapitaliga ta`sir

Tijorat banklarining birinchi va ikkinchi darajali kapitaliga ta`sir etuvchi omillar.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida bank tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, bank tizimiga aholi hamda xorijiy investorlarning ishonchini yanada mustahkamlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo`llagan holda, ko`rsatilayotgan bank xizmatlarining turi va xizmatlar bozori ko`lamini kengayib borish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martda qabul qilingan «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo`yicha qo`shimcha choratadbirlar to`g`risida»gi qarorida "Bank xizmatlari ommabopligining oshirilishini va bank xizmatlari iste`molchilari huquqlarining himoya qilinishini ta`minlash O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy vazifalaridan biri ekanligi belgilab qo`yildi.
Endilikda O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tuzilmasida bank xizmatlari iste`molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini ta`minlash, moliyaviy ochiqlikni hamda aholi va tadbirkorlik sub`ektlarining moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish asosiy vazifalari bo`lgan Bank xizmatlari iste`molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati tashkil etildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011-2015 yillarda Respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko`rsatkichlariga erishishning ustuvor yo`nalishlari to`g`risida” 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli va “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida” 2015 yil 6 maydagi PQ-2344-sonli Qarorlariga asosan, moliya bank faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, xususan umum qabul qilingan xalqaro me`yor va standartlarga muvofiq bank faoliyatini tashkil etishning yanada yuqori darajaga chiqishini ta`minlashning asosiy yo`nalishlaridan biri hisoblanadi.
Jumladan, yuqoridagi Qarorlar talablariga asosan, bank nazorati bo`yicha Bazel qo`mitasining yangi tavsiyalariga (Bazel III standartlari) muvofiq, tijorat banklarining kapitali monandligiga nisbatan qo`yilgan talablarni oshirish belgilangan.
Mazkur vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida, Markaziy bank tomonidan Jahon banki va Halqaro valyuta jamg`armasining halqaro ekspertlari bilan birgalikda respublika bank nazoratiga oid me`yoriy xujjatlarni xalqaro standartlar, shu jumladan bank nazorati bo`yicha Bazel qo`mitasining yangi tavsiyalari asosida takomillashtirilgan.
Ushbu loyiha doirasida xalqaro moliya institutlari ekspertlari tomonidan respublika bank nazoratini takomillashtirish va xalqaro Bazel qo`mitasining yangi tavsiyalarini joriy qilish bo`yicha berilgan tavsiyalariga asosan O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Boshqaruvining 2015 yil 13 iyundagi 14/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo`yiladigan talablar to`g`risida”gi Nizom O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2015 yil 6 iyulda 2693-son bilan davlat ro`yxatiga olingan.
Markaziy bankning ushbu Nizomi Bazel qo`mitasining yangi tavsiyalariga bosqichma-bosqich o`tishni nazarda tutadi.
Xususan, bankning I darajali kapitali I darajali asosiy kapital va I darajali qo`shimcha kapitalni o`z ichiga oladi. I darajali asosiy kapitali regulyativ kapitalning 60 foizidan kam bo`lmasligi belgilandi hamda I darajali kapital regulyativ kapitalning 75 foizini yoki undan ko`pini tashkil etishi kerakligi belgilangan bo`lib, mazkur talab 2015 yilning 1 sentyabridan boshlab kuchga kiritilishi belgilab berilgan.
Shu bilan birga bank I darajali asosiy kapitali tarkibida to`liq to`langan va muomalaga kiritilgan oddiy aktsiyalar, taqsimlanmagan foyda va devalvatsiya zaxirasi kiritilganligi inobatga olinsa, bank kapitali tarkibida barqaror bo`lgan kapitalga bo`lgan talabni yanada kuchaytiradi.
Shuningdek, barqaror kapital bazasini shakllantirish maqsadida, regulyativ kapitaldan qilingan chegirmalar I darajali kapitaldan chegiriladi.
Bank kapitalini oshirish maqsadida hamda Bazel 3 tavsiyalariga muvofiq, har bir bankda moliyaviy-iqtisodiy inqirozlar yuzaga kelganda, ehtimoliy yo`qotishlarni qoplash uchun jami aktivlarning 3,0 foizidan kam bo`lmagan miqdorda konservatsiya buferi tashkil qilinishini hisobga olgan holda bankning regulyativ kapitalini, I darajali kapitalini va I darajali asosiy kapitalini yilma-yil oshirib borishi ko`zda tutilgan. Jumladan,
2016 yil 1 yanvardan boshlab regulyativ kapitalning monandlik koeffitsienti (K1)ning eng kichik darajasi 0,115 (11,5 foiz) miqdorida belgilangan bo`lib, banklar tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning 3,0 foizi miqdoridagi kapitalni konservatsiya qilish buferini hisobga olgan holda ushbu ko`satkich 2017 yilning yanvaridan 0,125 (12,5 foiz), 2018 yilning 1 yanvaridan 0,135 (13,5 foiz), va 2019 yil 1 yanvardan boshlab K1 ning eng kichik darajasini 0,145 (14,5 foiz) miqdorida ta`minlashlari lozim.
Ushbu nizomda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga (IHTT) kiruvchi mamlakatlar iqtisodiyotida bo`layotgan keskin o`zgarishlar ularga respublikamiz banklari tomonidan joylashtirilgan mablag`lar bo`yicha tavakkalchilik darajasini oshishiga olib kelmoqda.
Shu bois mazkur nizomda ushbu mamlakatlar ro`yxati O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tahlillar asosida tavakkalchilik darajasi past bo`lgan mamlakatlar belgilab olinishi ko`zda tutilgan.
Shuningdek, bank kapitalini monandligiga qo`yilgan talablarni oshirilishi bilan:
tijorat banklari o`z kapitalini, xususan ustav kapitalini oshirishga harakat qilishadi;
tijorat banklari olgan yillik foydasini bank kapitallashuvini oshirishga yo`naltiradi va buning natijasida tijorat banklarida kreditlar berish uchun barqaror resurslar shakllanadi.
Bank uchun ko`proq kapital talab etadigan yuqori riskka tortilgan aktivlar salmog`ini (muddati o`tgan, sud jarayonidagi kreditlarni undirish va bank balansiga olingan mol-mulklar) kamaytirish choralari yanada kuchaytiriladi va ushbu qaytgan mablag`larni yangi kreditlarga yo`naltirish imkoniyati tug`iladi va pirovardida tijorat banklarining omonatchilari va kreditorlarining manfaatlarini yanada himoya qilinishini ta`minlaydi.
2021-yil fevral oyida O’zbekiston banklaridagi eng daromadli omonatlar.
O’zbekistondagi barcha tijorat banklarining milliy valyutadagi omonatlarini o’rganib chiqildi va eng daromadli banklarni tanladi.
Eng daromadli omonat turi 20 foiz bilan “Turonbank”da aniqlandi. Kunlik foiz hisoblaydigan depozit tariflarini esa “Turkiston bank” mijozlarga taqdim etdi.
“Kapitalbank”
Yillik foiz stavkasi 17% ni tashkil etadi. Omonat muddati 24 oy bo’lib, eng kam summasi 500 000 so’mni tashkil etadi. Muddatidan oldin qaytarib olish — mumkin. Agar omonat muddatidan oldin talab qilib olinadigan boʻlsa, foizlar summasi pul mablagʻlarining omonatda turgan toʻliq oylari uchun toʻlanadi.
O‘zbekiston milliy banki
Yillik foiz stavkasi 17% ni tashkil etadi. Omonat muddati — 27 oy. Foizlar har oyda to‘lanadi. Qo‘shimcha badallar naqd va naqdsiz qabul qilinadi. Omonat muddatidan oldin bekor qilingan holda yillik foiz stavkalari:

  • 6 oygacha — 0%;

  • 6−7 oy — 15%;

  • 7−12 oy — 15,5%;

  • 13−18 oy — 16%;

  • 19−27 oy — 16,5%.

“Turonbank”
Omonat muddati 12- oy bo’lib, yillik foiz stavkasi 20% ni tashkil etadi. Minimal summasi 500 000 so‘mni tashkil qiladi. Kapitalizatsiya qilinmaydi.

Mijoz tomonidan omonatga qo‘yilgan pul mablag‘lari muddatidan oldin to‘liq yoki qisman talab qilib olinsa, to‘liq 1 oydan 3 oygacha 17 foiz, to‘liq 3 oydan 6 oygacha 18 foiz, to‘liq 6 oydan 12 oygacha 19 foiz va to‘liq muddat saqlangan omonatlar uchun 20 foiz pul mablag‘lari to‘lanib beriladi.


“Agrobank”
Yillik foiz stavkasi — 19%, muddati — 12 oy. Boshlang’ich to’lovning eng kam summasi — 1 million so’m. Qo’shimcha mablag' qabul qilinmaydi. Foizlar har oyda oldindan plastik kartaga o’tqazib beriladi.
Hisobraqam ochish uchun bank Agrobank plastik kartasi bo’lishi shart. Omonat belgilangan muddatidan oldin olinganda foizlardagi farq omonatning asosiy summasidan ushlab qolinadi hamda saqlangan kunlar uchun “Talab qilib olinguncha” omonat turi bo’yicha belgilangan foiz stavkasida qayta hisob-kitob qilinadi.
Omonat muddati tugagandan keyin talab qilib olinmagan yoki boshqa omonat turiga qayta rasmiylashtirilmagan taqdirda omonatga “talab qilib olinguncha” omonat turi stavkasi bo‘yicha foizlar to‘lanadi.
“Aloqabank”
Foiz stavkasi — 19%, muddati — 12 oy. Omonatga mablag’lar naqd pulda va boshqa tijorat banklari kartalaridan qabul qilinadi. Boshlang’ich to’lovning eng kam summasi — 1 million so’m. Foizlar oyma-oy talab qilib olinguncha hisobraqamga ko`chirib boriladi. Omonat muddatiga qarab foizlar qaytadan hisoblab chiqiladi.
“Davrbank”
Yillik foiz stavkasi — 16%, muddati — 9 oy. Boshlang’ich to’lovning eng kam summasi — 1 million so’m. Foizlar har oyda to’lab boriladi.
“InfinBANK”
Yillik foiz stavkasi — 17%. Omonatning minimal miqdori 10 million so’mni tashkil etadi va naqd va plastik karta orqali qabul qilinadi. Muddati 18 oy. Shuningdek, depozit summasining oyiga 0,25% miqdorida bonus to‘lab, talab qilingan depozit hisobvarag‘iga to‘lanadi.
“Qishloq qurilish bank”
Yillik foiz stavkasi — 18%. Muddati — 13−18 oy. Mablag‘ milliy valyutada naqd pul shaklida yoki naqd pulsiz shaklda omonatchining ish haqi va unga tenglashtirilgan mablag‘lari jumladan, omonatchining bank plastik kartasidagi mablag‘lari hisobidan qabul qilinadi. Omonat ustiga qo‘shimcha mablag‘ kiritib borilmaydi.
“Orient Finans” bank
Foiz stavkasi — 15%, muddati — 300 kun. Boshlang’ich to’lovning eng kam summasi 10 million so’mni tashkil etib, naqd va plastik karta orqali qabul qilinadi.
“Turkiston bank”
Foiz stavkasi — 6−9%, muddati — 18 oy. Foizlar har kun hisoblanadi va oylik to’lab beriladi. Minimal summa 100 million etib belgilangan.
“Hamkorbank”
Foiz stavkasi — 18%, muddati — 24 oy. Boshlang’ich to’lovning eng kam summasi 1 million so’mni tashkil etadi. Omonat 9 oydan avval talab qilinsa yillik 6 foiz ustama to’lanadi.
“Asia Alliance Bank”
Foiz stavkasi — 17%, muddati — 13 oy. Boshlang’ich to’lovning eng kam summasi 500 ming so’mni tashkil etadi. Qo’shimcha badallar qabul qilinmaydi. Omonat muddatidan avval yopilganda foizlar quyidagi miqdorda to’lanadi: 1-oygacha — yillik 14%, 1 oydan so’ng — yillik 17%. Omonat bo’yicha hisoblangan foizlar omonatda saqlangan kunlari uchun to‘lanadi.
2021- yil yanvar-mart oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar 2 499,4 mlrd. so‘mni tashkil qilib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 141,1 %ni tashkil etdi.
Tijorat banklarining iqtisodiy roli uning faoliyat doirasining keng bo‘lishiga olib keladi. Bu sababli tijorat banklari quyidagi funksiyalarni bajaradi:
-vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larni yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish;
-korxona, tashkilotlar va aholini kreditlash;
-iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish;
-moliya-valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish;
-iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish va boshqalar.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling