Sirtqi va maxsus sirtqi talabalari uchun O`slubiv qo`llanma Samarqand – 2019 kirish
Download 172.15 Kb.
|
86dc711128285bf9a6475ae714d94dea Tabiatshunoslikni uqitish metodikasining nazariy asoslari
3-sinfda
4-sinfda
O’qituvchi tushunchalar tarkibini bilib, ularni tashkil qiluvchi elementlar bo’yicha o’quvchilar bilimini obyektiv baholashi mumkin. Tushunchalarni o’zlashtirilishining qadrini bilish o’qituvchiga o’qitishning borishini fahmlashga, bilimni o’zlashtirish jarayoniga to’g’ri rahbarlik qilishga yordam beradi. Tushunchalarni ajratib o’qituvchi tegishli metodik uslublarni tanlaydi va qo’llanadi (savollarni takrorlash sistemasini puxta ishlaydi, eng samarali ko’rgazmali qurollarni aniqlaydi). Tabiy material bilan ish olib borilganda taqqoslashga, tafakkurning rivojlanuvchi mantiqiga alohida ahamiyat beriladi. Bu uslubning muhimligini hisobga olib, uni to’laroq qarab chiqishga to’g’ri keladi. Taqqoslash – bu narsa va hodisalar o’rtasidagi o’xshashlik va tafovut belgilarini aniqlash demakdir. Taqqoslash – aqlning tahliliy ishidir. Taqqoslash jarayoni murakkab va o’z ichiga sintez, umumlashtirish va xulosani oladi. O’quvchilar narsalarning belgilarini ajrata olsalar, muhimni uncha muhim bo’lmagandan farq qila olsalar, shunday sharoitdagi taqqoslash bo’litshi mumkin, chunki faqat muhim belgilar bo’yicha taqqoslash mumkin bo’ladi. Taqqoslash uchun topshiriqlar tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish zarur: 1. Faqat bir-biriga dahlli bo’lgan narsa va hodisalarni, ya’ni ular o’rtasida o’xshashlik yoki tafovut bo’lganligini (archa va qarag’ay, zarang va chinor, akasiya va glidichiyani) taqqoslash kerak. 2. Taqqoslash maqsadga yo’nalgan holda (masalan, bo’ri va it, it va mushuk) bo’lishi. Taqqoslash faqat tashqi belgilari bo’yichagina emas, balki xarakteri va keltiradigan foydasi bo’yicha ham bo’lishi mumkin. 3. Taqqoslash xulosa bilan tugallanishi kerak. Mashqni ikki narsa yoki hodisani taqqoslash bilan boshlamoq zarur. Keyin uch, to’rt va hatto ko’proq sondagi obyektlarni taqqoslash mumkin bo’ladi. Taqqoslashni hammadan ko’ra bir-biriga qarama-qarshi qo’yishdan boshlash qulay (qum sochiluvchan, loy esa yopishqoq). Bolalar asta-sekin faqat farq qiladigan belgilargina emas, balki o’xshashlarini ham ajrata boshlaydilar, hodisa va narsalarning eng muhim belgilarini aniqlaydilar. Kuzatish va suhbatlar taqqoslash uchun materialdir. Taqqoslashga kirishishdan oldin ularni qanday bilib borish kerakligini ko’rsatsh kerak. Buni hammadan ko’ra suhbat jarayonida qilish qulay. Chunonchi, 3-sinfda «Jonajon o’lka tabiati» mavzusini o’rganishda tabiatdagi kuzatishlardan keyin ushbu savollar bo’yicha suhbat o’tkazish mumkin: sening joyingda qaysi o’simliklar ariq bo’ylaridagi nam tuproqda, qaysilari ariqdan uzoqda quruq tuproqda o’sadi? O’simlklar va hayvonlar hayotidagi o’zgarishlar jonsiz tabiatdagi qaysi o’zgarishlar bilan bog’liq? Nima uchun kuz oylarida havoning harorati o’zgaradi? Suvda o’suvchi qamish quruqda o’sadiganlaridan tashqi ko’rinishi bo’yicha nima bilan farq qiladi? Qurbaqa va baqaning tuxumlarida qanday farq bor? Maktaboldi uchastkasidagi gulzorda o’suvchi o’simliklarni poyasi, barglari, gullari, mevalari bo’yicha taqqoslashni taklif qilish mumkin. Taqqoslash asta-sekin mustaqil hikoya belgilarini kasb etib boradi. Taqqoslash yordamida o’qituvchi o’quvchilar bevosita kuzatmagan, yaqqol ko’rmagan, qabul qilish vositasida sezgilari sezmagan hodisalar o’rtasidagi bog’lanishlarni ochib berishi mumkin. Tahlil – bu butunni belgilangan qismlarga ajratish, maxsus belgilarga bo’lish, o’xshash narsalarda tafovutni ajrata bilishdir. Masalan, hamma g’alla o’simliklaridan ildizi, poyasi, guli va mevasi bo’ladi. Ammo bu belgilarning o’xshashligida, masalan, bug’doy va makkajuxorida farqlar ham bor. Sintez – bu bog’lanishlar o’rnatish, umumlashtirish va xulosa chiqarishdir (g’alla o’simliklarining ildzlari ko’pgina ingichka ildzchalardan iborat; poyasi kovak – poxol cho’p; bargi ensiz va uzun; mevasi - don). Fikrlash natijasida ilgari ko’rilmagan yangi bog’lanishlarni o’rnatsa bo’ladi. Tafakkur jarayonida o’quvchi fikr yuritadi, tahlil qiladi, zarur bog’lanishlarni aniqlaydi, unga berilgan konkret vazifaga mos keladigan yechim uslublarini fikran tanlaydi va qo’llanadi. O’qituvchi bolalarning har xil tushunchalardan foydalanishlarida, mantiqiy tafakkurning ayrim operasiyalari jarayonida fikr yuritganlarida bu xatolarni osonlik bilan payqaydi. «Nima uchun?», «Nimaga?» savollariga javob talab qilib, o’qituvchi bolalarni o’z fikrlarini asoslashga, o’z oldilariga savollar qo’yishga va ularga to’g’ri javob berish uchun harakat qilishga o’rgatadi. Muammoli masalalar va topshiriqlar: 1. 1-4 sinf tabiatshunoslik fani dasturiga kirgan tabiatshunoslik tushunchalarining ro’yxatini tuzing. 2. Matn ichida keltirilgan jadvallarni konkret misollar bilan to’ldiring. 3.1 va 2 sinf «Atrofimizdagi olam» darsligidan tabiatshunoslik tushunchalarini jadvalga solib tahlil qiling. 4. 3 va 4 sinf «Tabiatshunoslik» darsligidan tabiatshunoslik tushunchalarini solishtirma jadvalga solib tahlil qiling. 5. «Jonajon o’lka tabiati» tushunchasini shakllantirish sxemasini idrokdan tasavvur orqali tushunchaga qadar tuzing. 6. 4-sinf «Tabiatshunoslik» darsligidan o’quvchilarning mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan savollar ro’yxatini tuzing. 7. 3-4 sinf «Tabiatshunoslik» dasturlari va darsliklaridan biologik va geografik tushunchalarining jadvalini tuzing. Bilimni tekshirish uchun savollar: Tasavvur nima? Tushuncha nima? Tabiatshunoslik tushunchalari haqida ma’lumot bering. Umumiy oddiy tushunchalarni shakllantirishda o’qituvchi nimaga e’tibor qaratishi kerak? Yakka tushunchalarning umumiylardan farqini ayting. Qanday maqsadda boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslik tushunchalari shakllantiriladi? Tushunchalarni hosil bo’lishi uchun zarur metodik sharoitlarni izohlab bering. Tabiatshunoslik tasavvurlari va tushunchalarini shakllantirishda tafakkur va nutqning rolini tushuntirib bering. Taqqoslash nima? Taqqoslash uchun topshiriqlar tuzishda qaysi talablarga rioya qilish kerak? Mavhumlashtirish va konkretlashtirish tushunchalarni shakllantirishda qaysi ahamiyatga ega? Tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirishda umumlashtirishdan qanday foydalanish mumkin? O’quvchilarga mantiqiy fikrni shakllantirishda, o’qituvchi qanday vazifalarni bajarishi kerak? Tahlil nima?. Sintez deb nimani tushunasiz? Analiz va sintezning tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirishdagi ahamiyatini ko’rsating. Jadvallar va solishtirma jadvallarning tabiatshunoslik tushunchalarini rivojlantirishdagi ahamiyatini izohlab bering. O’quvchilarga mantiqiy tafakkurni rivojlantirishning ahamiyatini izohlab bering. Download 172.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling