Sirtqi va maxsus sirtqi talabalari uchun O`slubiv qo`llanma Samarqand – 2019 kirish


Download 172.15 Kb.
bet49/52
Sana13.12.2022
Hajmi172.15 Kb.
#1000261
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Bog'liq
86dc711128285bf9a6475ae714d94dea Tabiatshunoslikni uqitish metodikasining nazariy asoslari

Bilim, uquv va ko’nikmalarni baholash. O’quvchilarning og’zaki javoblari ularning bilimlarini aks ettiradi va o’qituvchi tomonidan har bir o’quvchining qanday o’zlashtirayotganligini, u o’quv materialini qanchalik egallaganligini ko’rsatuvchi baholar bilan qadrlanadi. Shuning bilan birga ular ma’lum darajada o’qitishning sifatini ham aniqlaydi, chunki o’quvchilar bilimi uning asosiy o’lchovidir.Bilimlarni baholash intensivligini oshirish uchun bir necha o’quvchilardan bir vaqtda so’rashni qo’llanish mumkin. Masalan, bir o’quvchi sinf oldida o’qituvchiga javob beradi, 2-3 o’quvchi didaktik dasturlashtirilgan kartochkalar bilan ishlaydi. O’quvchilar bilimini baholashda materialni ular qanchalik aniq va ravon tushunganliklari, javobning konkretligi va to’liqligi, shuningdek, uning shakli, ya’ni bilimni bayon qilishning izchilligi va to’g’riligi hisobga olinadi. Tabiatshunoslik bo’yicha o’quvchilar bilimlarini baholashning o’lchovlarini sinflar bo’yicha keltiramiz.
1-sinf . 1-sinf yakunida o’quvchilar quyidagilarni bilishlari kerak:
Tabiat: jonli va jonsiz tabiat. Yovvoyi va madaniy o’simliklar, daraxtlar, butalar, maysalar. Yovvoyi va uy hayvonlari; hasharotlar, baliqlar, qushlar, hayvonlar.
Yil fasllarining asosiy belgilari: yashab turgan, joydagi ba’zi himoyaga olingan o’simlik va hayvonlar. Tabiatda o’zini tutish qoidalari, o’zining shahri (qishlog’i) haqidagi asosiy ma’lumotlar, manzili, transport turlari, ayniqsa ko’p tarqalgan kasb-hunarlar, odam tanasining a’zolari, shaxsiy gigiyena qoidalari, turli fasllarda sog’liqni saqlash xususiyatlari, ko’cha harakati qoidalari, ota-onaning ismi-shariflari, iltimos qilish, jamoat joylarida o’zini qanday tutishi kerakligi. O’zbekiston shaharlarining nomlari, dunyo mamlakatlaridan ayrimlarining nomlari.
Shunday qilib birinchi sinfda o’qitishning oxiriga kelib, bolalar yil fasllarning xarakterli belgilarini, bir nechta buta o’t o’simliklarining nomlarini bilishlari va ularni taniy olishlari; tabiatda o’zini tutish qoidalarini bilishlari va bajarishlari kerak. Birinchi sinfda baho qo’yilmaydi, ammo muvaffaqiyatli javoblar rag’batlantiriladi.
2-sinf. Ikkinchi sinf yakunida o’quvchilar quyidagilarni bajarishlari kerak: buyumning butunlay qaysi narsadan yasalganligini yoki uning bo’laklarini, sinfdagi, hovli, xona, maktab uchastkasidagi narsalarning joylanish chizmasini tuzish va so’zlab berish, bir ikki kun avvalgi ob-havoni tavsiflab berish, nutq o’stirish maqsadida o’quvchi hikoya tuzishi, bunda tabiatshunoslik atamalaridan (teng kunlik, kun chiqishi, tush vaqti, kun botishi) ko’proq foydalanishni, yil fasllarining farqi, ob-havodagi o’simlik, hayvon va odamlar mehnatidagi o’zgarishlarni hisobga olgan holda so’zlash, o’simlik va hayvonlarning oziqlanish xususiyatlari, kishilarni kasbi bo’yicha faoliyatlarini so’zlash, o’rganilgan o’simlik va hayvonlarni farq qila olish, sog’liqni saqlash maqsadida sezgi organlari haqidagi bilimlarni kundalik hayotda qo’llash, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilishni bilish, jamoat joylarida o’zini tuta bilish qoidalariga rioya qilish. Kompas orqali ufq tomonlarini aniqlash, odamlar bilan bo’lgan muloqot vaqtida salomlashish, xayrlashish, avf etish, iltimos qilish kabi munosabatlarning asosiy shakllaridan foydalanish.
Ikkinchi sinfda «5» bahosi yil fasllarining ayrim belgilarini bilganlarga; 3-4 daraxt, buta, o’t o’simliklari va xona o’simliklarini, shuningdek qushlar va hasharotlarning 3-4 turini bilgan va farqiga bora olganlarga qo’yiladi. Bolalar, shuningdek, tabiatda muntazam kuzatishlar olib borgan va ularni «kuzatishlar kundaligi»da qayd qila olgan bo’lishlari; xona o’simliklarini to’g’ri sug’ora olishlari va ularni parvarish qilishni bilishlari; shaxsiy gigiyena qoidalarini, kun va ovqatlanish rejimini bilishlari hamda bajarishlari kerak.
«4» bahosi ham «5» bahosidagi o’lchovlari bo’yicha qo’yiladi, hamma javobda ba’zi noaniqliklarga yo’l qo’yilgan bo’ladi.
«3» bahosi o’quvchi tabiatidagi o’z kuzatishlarini qayd qila olish, ular to’g’risida ravon aytib bera olish, o’quvlarni yetarli egallamaganlarida qo’yiladi.
Salbiy baho qo’yilmaydi.

Download 172.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling