Sistema elementlarining almashtirish sxemasi va ularga mos keladigan tenglamalari bilan tanishish. Reja


Download 4.96 Mb.
bet2/3
Sana15.09.2023
Hajmi4.96 Mb.
#1678973
1   2   3
Bog'liq
Sistema elementlarining almashtirish 1111

Asinxron motorlar. Asinxron motorlar Г - simon almashlash sxemasi


Transformatorlar. Transforma-torlar T- yoki Г-simon almashlash sxemalari bilan tasvirlanishi mumkin. Masalan, ikki chulg'amli transfor-matorning T - simon almashlash sxe masi 2.5,a-rasmda keltirilgan. Bunda X}, X 2- birlamchi va keltirilgan ikkilamchi chulg‘amlarining sochma induktiv qarshililiklari; rt r'2 -shu chulg‘amlaming aktiv qarshiliklari; гц - magnitlovchi zan-jiming induktiv va aktiv qarshiliklari.
Ko‘pgina hollarda transformatoming almashlash sxemasida qarshilikning aktiv tashkil etuvchisi hisobga olinmaydi. Eng sodda almashlash sxemasi 2.5,b-rasmda keltirilgan.

Umuman olganda, transformator va avtotransformatorlaming u yoki bu almashlash sxemasini qabul qilish hisoblash maqsadidan kelib chiqqan holda qabul qilinadi.


Sinxron generatorlar. Elektr sistemalaming rejimlarini tahlil etish paytida generatorlar imkon qadar eng sodda almashlash sxemalari bilan ifodalanilishlari kerak. Turg'un, o‘tkinchi va o‘ta o‘tkinchi rejimlar uchun generatoming almashlash sxemalari mos ravishda 2.6,a,b,c-rasmlarda keltirilgan.

B u yerda E q , E 'q va E "q mos ravishda, salt ishlash holati,o‘tkinchi va o‘ta tez 0‘tkinchi EYUK lar; X d , X 1d va X " d - sinxron, o'tkinchi va o‘ta tez induktiv qarshiliklardir. Bunda indekslar rotor tezligi bilan aylanuvchi (d,q) koordinatlar sistemasiga (2.7-rasm) tegishli bo‘lib, indeks «d» qarshilikni bo‘ylama o‘q bo‘yicha, indeks «q» esa EYUK ni ko‘ndalang o‘q bo‘yicha sodir bo‘layotgan jarayonlarga mos kelishini bildiradi.


Yuqoridagi induktiv qarshiliklar sinxron generatordagi yuz berayotgan real jarayonlarni [1] ifodalaydi:
X " d - bo‘ylama o‘q bo‘yicha o‘ta 0‘tkinchi induktiv qarshilik - sinxron generator rotorida to‘la dempfer (tinch-lantiruvchi) chulg‘amlar ishtirok etishi
ni ifodalovchi qarshilik (2.8,c-rasm). Dempfer chulg‘amdagi toklar 0,03h- 0,15 s davomida so‘nadi;
X ’d - o'tkinchi induktiv qarshilik - dempfer konturlarida qo‘-shimcha toklar so'ngan, ammo qo‘zg‘atish chulgamida tok oqishi davom etayotgan vaqtidagi qarshilik (2.8,b-rasm). Uning so'nish vaqti 0,6 sekunddan bir necha sekundgacha davom etadi (katta quwatli gcneratorlar uchun);
X d - sinxron induktiv qarshilik - qo‘zg‘atish chulg‘amidagi qo‘-shimcha toklar so‘ngandan keyin turg‘un rejimiga mos keluvchi qarshilik (2.8a-rasm).
2.6-rasmga o‘xshash sxemalar sinxron generatoming ko‘ndalang o'qi q ga ekvivalent chulg‘amlari uchun ham aniqlanadi.
Umumiy holda bo‘ylama o‘q qarshiliklari o‘rtasida quyidagi munosabatlar mavjud: X d > X d > X ' d (2.6)
Agar maxsus cheklovlar bo‘lmasa, keltirilgan almashlash sxemalar hiilamchi yaqinlashishda barcha turdagi sinxron gengeratorlar uchun qo‘llaniladi. Lekin ayon qutbli generatorlarda (gidrogenerator) sxema murakkablashadi.
Bo‘ylama o‘q bo‘yicha (2.6) formuladagi qarshiliklaming fizik ma’nosi hamda elektr sistema elementlarining boshqa almashlash sxemalari [1, 6] adabiyotlarda hamda 2.1-jadvalda keltirilgan. Ushbu jadvalda elektr sistema elementlari uchun beriladigan dastlabki ma’lumotlar va ular bo‘yicha elementlaming qarshiliklarini hisoblash formulalari berilgan.

Odatda uch fazali QT boshlang‘ich momentini hisoblashda ko‘ri-layotgan elektr sistema uchun chiziqli bir fazali zanjir ko‘rinishidagi almashlash sxemasi tuziladi. Bu sxemaga generatorlar, katta sinxron mashinalar, kompensatorlar va juda katta quwatli tugunlardagi umum-lashgan yuklamalar o‘zlarining o‘tao‘tkinchi EYUK va qarshiliklari (QT (t=0) vaqtidagi parametrlar) bilan kiritiladi.


Jumladan generatorning o‘tao‘tkinchi EYUKsi:
Ё =л1 Vox'd cosф0)2 +(U0 ± I 0x'j sincpo)2,
bu yerda £/0v a /0 - QT dan oldingi bo‘lgan rejimda faza kuchlanish va toklari;
ф 0 - xuddi usha rejimda tok va kuchlanish vektorlari orasidagi burchak;
X " d -bo‘ylama o‘q bo'yicha generatorning o‘ta o‘tkinchi induktiv qarshiligi.
O xirgi formulaning o‘ng tomonida “plyus” ishorasi reaktiv quwatni beruvchi elektr mashina (sinxron generator, o‘ta qo‘zg‘atilgan sinxron dvigatel yoki kompensator) lar “minus” ishorasi esa reaktiv quwatni qabul qiluvchi elektr mashina (to‘la qo‘zg‘atilmagan sinxron dvigatel yoki kompensator, asinxron dvigatel) lar uchun ishlatiladi.



Download 4.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling