Sitologiya


Download 43.5 Kb.
bet1/2
Sana23.01.2023
Hajmi43.5 Kb.
#1111290
  1   2
Bog'liq
Sitologiya2013


Sitologiya

  1. O’simliklarda jinsiy organlar qachon rivojlanadi A) homiladorlik (embrional)davrda B)embrional davrdan so’ng-rivojlanish davrida C)urug’ unib chiqqandan so’ng D)ayrimlarida embrional, ayrimlarida postembrional davrda

  2. Sutemizuvchilarda jinsiy organlar qachon rivojlanadi A) homiladorlik (embrional)davrda B)embrional davrdan so’ng-rivojlanish davrida C)urug’ unib chiqqandan so’ng D)ayrimlarida embrional ayrimlarida postembrional davrda

  3. O’simliklarda urug’chining murtak xaltasi rivojlanishi ketma-ketligi 1.rivojlangan arxeospora notekis bo’linadi 2. Meyoz bo’linishdan 3 ta mayda 1 ta yirik hujayralar rivojlanadi 3. Barcha hujayralar 3 martadan bo’linib 32 ta hujayra hosil qiladi 4. Yirik hujayra 3 marta mitoz yo’li bilan bo’linadi, mayda hujayralar nobud bo’ladi 5. Murtak xaltasi shakllanadi 6. Xalta markazida 2 ta , ikki tomonida 3 tadan hujayralar joylashadi A)1,2,4,5,6 B) 5,6,1,2,3 C)5,2,3,6,1 D)5,2,4,6,1

  4. O’zbekistonda qancha hayvon (1) va o’simlik (2) turi noyob sanaladi a-400 b-115 c-175 A)1-a; 2-b B)1-b; 2-a C) 1-a; 2-c D) 1-a; 2-a

  5. Hujayradagi qaysi organoidlar nuklein kislotalarni saqlaydi 1. yadro 2. mitoxondriya 3. plastida 4. donador EPT 5. silliq EPT 6. lizosoma 7. ribosoma 8. Goldji majmui A)1,2,3,4,7 B)1,3,4,7 C)1,4,7 D)1,2,4,5

  6. Gemoglobinga xos xususiyatlarni belgilang a. vazifasiga ko’ra ikkinchi guruh biopolimeri b. yumaloq oddiy oqsil c.rangli oqsil d. tarkbida mikroelement Fe mavjud e. hujayrada eriydi f.572 ta aminokislotadan iborat g. yetishmasligi natijasida anemiya kelib chiqadi A)a,c,e,f,g B)a,b,c,d,f,g C)b,c,e,g D)a,c,d,g

  7. Organella bu ….. A)kichik organoid B)katta organoid C) xususiy organaoid D)umumiy organoid

  8. Qaysi organizmlarda urg’ochi jinsning har xil jinsiy hujayralar hosil qilishi kuzatiladi ? A)nandu, gavial, alligator B)emu, beluga, triton C)sterlyad, bakra, ko’rgalak D)salamandra, shimpanze, baqa

  9. Qaysi organizmlarda erkak jinsning geterogametaliligi kuzatiladi ? A)and kondorri, gavial, alligator B)kojan, kaputsin,ko’rgalak C)gambuziya,kabarga,shinshilla D)lemur, shimpanze, vikunya

  10. Qaysi organizmlarda blastulaning o’sib kirishi kuztiladi A)kvaksha B)nektarxo’r C)gavial D)aureliya

  11. Qaysi organizmlarda gastrulatsiyaning “blastula hujayralari migratsiyasi ” turi kuzatiladi ? A)aktiniya, gidra,gavial B) emu, gavial, qizilto’sh C) lansetnik D) qutb meduzasi, aureliya

  12. Pnevmokokk bakteriyasi uchun xos bo’lgan belgilarni toping 1. sharsimon bakteriyalar 2. tayoqchasimon bakteriyalar 3. hujayra markazi mavjud 4. oziqni membranasi orqali shimib oladi 5. po’sti mureindan iborat 6. silliq qobiqli shtami kasallik chaqirmaydi 7. irsiy axborot yadrodagi xalqasimon DNK da joylashgan 8. po’sti pektindan iborat A)1,4,5 B)1,3,6,7 C)2,3,6,7,8 D)1,5,6,7

  13. Membranali organoidlarga ega bo’lmagan organizmlarni belgilang A)nitella, nostok, xrokokk B)Pseudomonas, ossilatoriya, Pnevmokokk C)xrokkok, xlomidomonada, agrobakterium

  14. Anafazada qaysi jarayon kuzatilmaydi? 1. yadro shirasi yopishqoqligi kamayadi 2. xromosomalar ekvator tekisligi tomon harakatlana boshlaydi 3. xromatidlar bir biridan itarilib faqat birlamchi belbog’ bilan birikkan bo’ladi 4. ikki hujayra markazi qutblar tomon tarqala boshlaydi 5. xromosomalar hujayra qutblariga tortila boshlaydi 6. sitokinez kuzatiladi 7. xromatidlarni birlashtirib turuvchi belbog’ uziladi A)1,2,3,6,7 B)2,3,4,5,7 C)1,2,3,4,6 D)4,5,7

  15. Metafazada qaysi jarayon kuzatilmaydi? 1. yadro shirasi yopishqoqligi kamayadi 2. xromosomalar ekvator tekisligi tomon harakatlana boshlaydi 3. xromatidlar bir biridan itarilib faqat birlamchi belbog’ bilan birikkan bo’ladi 4. ikki hujayra markazi qutblar tomon tarqala boshlaydi 5. xromosomalar hujayra qutblariga tortila boshlaydi 6. sitokinez kuzatiladi 7. xromatidlarni birlashtirib turuvchi belbog’ uziladi A)1,3,5,6,7 B)1,2,4,6,7 C)2,5,7,8,4 D)1,4,5,6,7

  16. Qaysi organizmlarda gastrulatsiyaning “blastulaning o’sib kirishi” turi kuzatiladi ? A) triton, salamandra B)nandu, ko’rgalak, gekkon C) lansetnik D)baqa, qurbaqa, aureliya,

  17. Telofazada qaysi jaroyon kuzatilmaydi ? 1. yadro shirasi yopishqoqligi kamayadi 2. xromosomalar ekvator tekisligi tomon harakatlana boshlaydi 3. xromatidlar bir biridan itarilib faqat birlamchi belbog’ bilan birikkan bo’ladi 4. xromosomalar qutblarga to’planadi 5. xromosomalar hujayra qutblariga tortilla boshlaydi 6. sitokinez kuzatiladi 7. xromatidlarni birlashtirib turuvchi belbog’ uziladi A)1,2,3,5,7 B)1,2,4,5 C)1,2,3,4,5 D)2,3,4,6

  18. Qaysi organizmlarning hazm qiluvchi vakuolalari bo’lmay, oziqni membranasi orqali shimib oladi ? 1. ossilatoriya 2. nitella 3.pseudomonas 4.rizosfera 5.bog’ibag’ir 6.kox batsillalari 7. pnevmokokk 8.bargizub A)1,3,4,6,7 B)1,2,6,7,8 C)3,5,6,7,8 D)1,2,3,4,7

  19. Dizenteriya kasalligini qo’zg’atuvchi bakteriyaga qaysi xususiyatlar xos emas? 1. barcha genlari ishlab turadi 2. DNKsi oqsil bilan kompleks hosil qiladi 3. membranali organoidlar rivojlangan 4. ammiakni azot kislotaga aylantiradi 5. vismut sulfit agarda rivojlanib ko’payadi 6. vismut sulfit agarda ko’payishi susayadi 7. hazm vakulalari soni ko’p 8. oziqni membrana orqali shimib oladi A)1,6,8 B)3,5,7,8 C)2,3,4,5,7 D)1,2,4,6

  20. Rizosfera bakteriyasi uchun xos bo’lmagan belgilarni ko’rsating 1. gametalar xosil qilmaydi 2. hujayra qobig’i pektindan iborat 3. pestisidlarni zararsizlantiradi 4. ribosomaga ega 5. g’o’za tomiri tolachalari sathida yashaydi 6. gerbisidlarni zararsizlantiradi 7. hujayra qobig’i mureindan iborat 8. ammiakni azot kislotaga aylantiradi A)1,2,3,8 B)1,2,6,8 C)2,5,6,8 D)1,3,7

  21. Esherichia coliga xos bo’lmagan belgilarni anqlang 1. qo’shimcha xromosomaga ega 2.mitotik ip bo’lmaydi 3. hazm vakuolisi kam bo’ladi 4. po’sti mureindan iborat 5. DNKsini EcoR1 restriktazasi kesadi 6. po’sti pektindan iborat 7. DNKsini Hae III restriktazasi kesadi 8.oltingugurt vodorodini sulfat kislotaga aylantiradi A)2,4,5 B)1,3,6,7 C)3,6,7,8 D)1,3,4,5

  22. Qaysi organizmlarda urg’ochi jinsning geterogametaliligi kuzatilmaydi ? A)nandu, gavial, alligator B)emu, beluga, triton C)sterlyad, bakra, ko’rgalak D)kojan, shimpanze, lemur

  23. Profazada qaysi jarayon kuzatilmaydi 1. yadro shirasi yopishqoqligi kamayadi 2. xromosomalar ekvator tekisligi tomon harakatlana boshlaydi 3. xromatidlar bir biridan itarilib faqat birlamchi belbog’ bilan birikkan bo’ladi 4. ikki hujayra markazi qutblar tomon tarqala boshlaydi 5. xromosomalar hujayra qutblariga tortilla boshlaydi 6. sitokinez kuzatiladi 7. xromatidlarni birlashtirib turuvchi belbog’ uziladi A)1,3,5,6,2 B)2,3,5,6,7 C)2,4,6,5,3 D)1,3,7,6,4

  24. Qaysi organizmlarda hujayra markazi bo’ladi ? A)nektarxo’r, ay-ay, vikunya B)suv ayg’iri, suv nilufari, suv yong’ogi C) tekoma, bargziub, tukan D)dengiz tulkisi, dengiz otchasi, dengiz karami

  25. Karam o’simligining endosperm hujayrasida nechta autosoma bo’ladi ? A)18 B)16 C)24 D)9

  26. Turp o’simligining jinsiy hujayrasida nechta autosoma bo’ladi ? A)7 B)9 C)8 D)12

  27. Turpning somatik (I), qalampirning jinsiy (II), karamning jinsiy (III) hujayralaridagi autosomalar sonini ko’rsating a. 18 b. 9 c. 8 d. 24 e. 23 f.16 A)1-f 2-e 3-c B)1-c 2-d 3-f C)1-a 2- d 3-c D)1-a 2-d 3-a

  28. Olcha (1), turp (2), qalampir (3) ning barg hujayralaridagi autosomalar soni nechaga teng a) 48 b)30 c) 18 d) 16 e) 32 f) 24 g) 46 A)1-b 2-d 3-g B)1-e 2-c 3-a C)1-b 2-c 3-g D)1-d 2-c 3-a

  29. Olcha (1), turp (2), qalampir (3) ning tuxum hujayralaridagi autosomalar soni nechaga teng a) 24 b)9 c) 8 d) 16 e) 15 f) 23 g) 48 A)1-e 2-c 3-f B)1-e 2-b 3-f C)1-d 2-b 3-a D)1-b 2-f 3-a




Download 43.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling