Sitologiyaning mazmuni va uning tarixi Reja


Download 158.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana18.10.2023
Hajmi158.66 Kb.
#1708249
  1   2   3
Bog'liq
1-maruza. Sitologiya faniga kirish



Sitologiyaning mazmuni va uning tarixi 
 
 
 
 
Reja: 
 
1. Kirish. 
2. Sitologiyaning mazmuni va uning vazifalari. 
3. Sitologiyaning qisqacha rivojlanish tarixi. 


Sitologiya hujayralarning taraqqiyoti, tuzilishi va faoliyatini o‘rganadi. 
Sitologiya so‘zi (lotincha-cellulla, yunoncha-cutos) hujayra haqidagi (logos-fan) 
ta’limot degan ma’noni bildiradi. 
Bu fanning predmeti tirik organizmlardagi hujayralardir. 
Xujayra-o‘simlik va hayvon organizmlarining takomillashishi, rivojlanishi, 
tuzilishi va yashash jarayonining asosi bo‘lib hisoblanadi. 
Tirik organizmning butun hayot davomidagi hayotiy jarayonlar: moddalar 
almashinuvi, hujayralarning hosil bo‘lib, doimo yangilanib turishi, irsiy 
belgilarning ijro etilishi, nasl qoldirishi va organizmni tashqi muxit bilan bog‘lab 
turish Xujayraning xarakaterli hususiyatidir. 
Sitologiya fanining asosiy vazifasi-Xujayraning tuzilishi, funksiyasi, ularda 
moddalar almashinuvi, rivojlanishi, ko‘payishi va kelib chiqishni tashqi muhit 
munosabatiga bog‘langan holda o‘rganish va samarali yutuqlarini xalq xo‘jaligida 
tadbiq etishdir. 
Bo‘lajak har bir biolog juda ko‘pgina biologik fanlarni o‘rganadi va bu 
fanlarning hammasi tirik organizm xususiyatlarni o‘rganadigan fanlar bo‘lib, bu 
organizmlarning asosiy tuzilish birligi hujayralardir. Shunday ekan biz 
o‘rganadigan sitologiya ana shu hujayralar to‘g‘risida bo‘lib, bu fanlar bilan 
bevosita bog‘liqdir. Ayniqsa gistologiya, embriologiya, anatomiya, fiziologiya, 
biokimyo, biofizika, genetika va molekulyar biologik fanlar bilan uzviy bog‘liqdir 
Sitologiya fani ham, boshqa fanlar kabi, tabiatning obektiv qonuniyatlarini 
o‘rganishda zamonaviy falsafa, dialektik tushuncha asoslari bilan bog‘liq holda 
o‘rganiladi. 
Xujayraning taraqqiyotini va tuzilishini o‘rganish CH.Darvinning evolyusiya 
ta’limotiga asoslanib olib boriladi. Tirik organizmning tanasini hosil qiluvchi 
hujayralar tarixiy taraqqiyot natijasida oddiylikdan murakkablikka erishgan
organik tabiat yaratgan evolyusion jarayonning mahsuli deb qaraladi. 
Xujayra faoliyatini o‘rganish tashqi muhit bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan 
organizmning bir butunligi nuqtai nazaridan olib boriladi.


Sitologiyani o‘rganish va sitologik o‘rganish usullarning natijalari tibbiyot, 
qishloq xo‘jaligi, biotexnologiya, gen injeneriyasi va veterinariya sohalarida keng 
ko‘lamda qo‘llaniladi. 
Odam organizmi ham hujayralardan tuzilgan ekan, barcha fiziologik, 
patologik jarayonlarni o‘rganish sitologik asosda olib boriladi. Masalan, 
kasaliklarni aniqlashda, har bir Xujayraning faoliyatini hisobga olish zarur. 
Shunday ekan bu sohada sitologik tekshuruv usullari va bu fanning yutuqlar katta 
o‘rin tutadi.
Qishloq xo‘jalik ekinlari va hayvonlarini o‘rganishda yoki ulardan samarali 
foydalanishda, yangi nav va zotlarini yaratishda bevosita hujayralardagi jarayonlar 
asos bo‘lib hisoblanadi.Albatta bu borada genetika va seleksiya asoslari fanida 
batafsil to‘xtalinadi. Umuman olganda Sitologiya fanining xalq xo‘jaligi 
tarmoqlarini rivojlantirishdagi ahamiyati kattadir. Shu sababli ham bu fan asosida 
molekulyar biologiya, biotexnologiya, gen injeniriyasi kabi yangi fanlar taraqqiy 
etmoqda.
Sitologiya fani o‘z oldiga quyidagi aniq asosiy vazifalarni qo‘yadi: 1-
hujayralarning ultrastrukturasi, funksiyasi va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish;
2-o‘simlik, hayvon va odam organizmining sitologik tuzilishidagi ekologik 
sharoitga va yoshga bog‘liq o‘zgarishlarni o‘rganadi; 3-hujayralardagi morfogenez 
jarayonlarni boshqarishda nerv, endokrin va immun sistemalarning rolini 
aniqlashtiradi; 4-turli xil biologik, fizik, kimyoviy va boshqa omillar ta’sirida tirik 
organizm hujayralarning moslanishivuni, o‘zgarishlarni analiz qiladi; 
5-hujayralarning differensiyalanish va regenerasiyasi qonuniyatlarini 
o‘rganadi. 



Download 158.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling