Birinchidan, madaniyat «motorli g‘ildirak» kabi to‘xtovsiz ravishda harakatda, rivojlanishda bo‘ladigan hodisadir. Bunday «g‘ildirakli» madaniyatning vaqt-davr jihatidan aniq chegarasini topish oson ish emas. Sababi, bir tarixiy-madaniy bosqich davri boshqa bir tarixiy-madaniy bosqich davriga mos tushmasligi, ikkinchi bosqichning rivojlanish davri ko‘proq yoki kamroq vaqtni o‘z ichiga olgan bo‘lishi mumkin. Masalan, tarixiy manbalarda eramizning IV asrigacha bo‘lgan davr qadimgi dunyo, eramizning IV asridan keyingi davr o‘rta asr deb yuritiladi. Tarixni, madaniy rivojlanishni, boringki, sivilizatsiyani bunday xronologik chegaralash Janubiy va G‘arbiy Yevropa hududi tarixi, madaniyatiga mos tushadi. Boshqa ko‘pgina hududlar madaniy rivojlanish davrini, tarixini esa bu xronologiya qoniqtirmaydi. - Ikkinchidan, turli xalqlar, turli hududlar, turli davrlar madaniyati bir-biridan farqlanishlari ham, bir-biri bilan umumiy jihatga ega bo‘lish ham mumkin. Masalan, til o‘xshashligi, din umumiyligi, moddiy yoki ma’naviy-badiiy hayotning yaqinligi va boshq. Savol tug‘iladi: Xo‘sh, qanchalik darajada o‘xshash bo‘lish ikkita alohida madaniyatning boshqa-boshqa madaniyat turlari sifatida o‘rganilishiga yo‘l qo‘ymaydi? Boshqacha izohlaganda, ikkita turli xil madaniyatning umumiy jihati nechtaga yetganda yoki nechta bo‘lganda, ular alohida olingan madaniyat turlari bo‘lmay, yagona madaniyat turiga aylanib qoladi? Shunday qilib, bu yo‘l bilan ham madaniyat turlari chegarasini aniqlash to‘g‘ri xulosa bermaydi. Masalan, ayrim ilmiy adabiyotlarda qadimgi grek madaniyati bir madaniyat turi, qadimgi Rim madaniyati ikkinchi madaniyat turi deb o‘rganilsa-da, boshqa adabiyotlarda bu ikki madaniyat turi bitta qilib, grek-rim madaniyati deb yuritiladi.
- Uchinchidan, jahon madaniyatini, jahon madaniyati boyligi va merosini, insoniyatning madaniyat olamida erishgan yutuqlarini umuminsoniy madaniyat va boylik deb tushunamiz. Yagona jahon madaniyati mavjud ekan, nima uchun madaniyatning turlarini aniqlash, uni bir nechtaga ajratish lozim?
-
- Bu savollarga aynan madaniyat tipologiyasi javob bermog‘i kerak. Ya’ni, tipologiya xalqaro, millatlararo, ijtimoiy guruhlararo madaniyat, muloqot va munosabat qay darajada ekanligini aniqlash, ularni o‘rnatish muammolarining yechimi bilan bog‘liq. Bu muammolar nafaqat tipologiyaga balki tarixga ham, siyosatga ham bog‘liq muammolardir. Ularning yechimiga madaniyat taqdiri, demakki, inson taqdiri ham bog‘liqdir.
-
- Shunday qilib, boshqa mutaxassislar singari madaniyat va sivilizatsiyani bir-biriga bog‘liq deb hisoblamaydigan O. Shpengler ulardagi rivojlanish bosqichlari ham boshqa-boshqa, bir -biriga bog‘liq emas, deb ta’kidlaydi. O. Shpengler o‘z asarida 8í9 ta sivilizatsiyani ko‘rsatib o‘tadi. Rus madaniyatshunosi N. YA. Danilevskiy (XIX asr) 10 ta sivilizatsiyani, ingliz olimi A. Toynbi (XX asr) 20 ga yaqin sivilizatsiyani turli madaniyat tiplari bilan ajratib ko‘rsatgan.
-
- Umuminsoniy madaniyatlar birligini ta’kidlash bilan bir qatorda, turli xil madaniyat turlari ham mavjudligini tan olish kerak. Jahon madaniyati ham, turli madaniyat turlari ham bir-birini inkor etmaydi, aksincha, ular bir vaqtning o‘zida parallel ravishda yashab kelishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |