Siydik -tosh kasalligini sharqona tabobat usulida davolash taktikasi
Download 29.3 Kb.
|
1 2
Bog'liqSiydik -tosh kasalligini sharqona tabobat usulida davolash taktikasi
Siydik -tosh kasalligini sharqona tabobat usulida davolash taktikasi Buyrak anatomiyasi Buyrak qonni ortiqcha suvlikdan tozalaydigan qurol sifatida yaratilgan. Suvlikning kerak bo`lganligini o’z navbatida izohlagan edik. Qon yetilib , badanga o’tishga tayyor bo`lganda, bu suvlikka ehtiyoj qolmaydi. Bu suvlik badanda juda ko`p bo`lganligidan uni o’ziga tortib tozalovchi bitta katta a`zo, yoki kichik bo`lganda bir juft a`zo yaratilishi lozim edi. Agar u bitta va katta bo`lganda edi, yaxshi joylasholmay, siqilib qolgan bo’lar edi. Shuning uchun bitta bo`lish o’rniga ikkita buyrak yaratilgan. Uning ikkita bo`lishida a`zolarning ikki bo`lak qilib yaratilgandagi ma`lum manfaatlar bordir; bular ulardan biriga biror ofat yetsa, ikkinchisi uning vazifasini qisman yoki to’la bajaradi. Ehtiyot uchun ularni sonda ko`p va javharlarini pishiq qilingan, bunday bo`lishining bir qancha foydali tomonlari bordir birinchidan, ularning soni qo’shilishidan hajmlarining kichikligi uncha bilinmaydi; ikkinchidan, javharlari pishiqligidan suyuq narsalardan boshqa narsani tortib shimish mumkin bo’lmaydi; uchinchidan, javhari pishiq, a`zo, har vaqt o’zi to’lgan o`tkir xiltli suyuqlikdan tez ta`sirlanmaydi. Buyraklarning shunday yaratilishlari natijasida yurak venasi quvvatining bularga yaqin oraliqdan o’tishi qulay bo`lib, u yerda joylashgan ichki a`zolarga o’rin ochiladi. O’ng buyrak, mumkin qadar, jigarga yaqinroq, va undan xiltlarni yaxshiroq tortadigan bo`lishi uchun shul buyrakdan balandroq joylashtirildiki, u jigarga tegishga yaqinlashdi, xatto jigarga yaqin turgan o’siqda tegib turadigan bo’ldi. Shul buyrak shul tomondan taloq bilan siqishganligidan ham sizilib keluvchi suvlik mo`tadil taqsimlanishda adashmasligi uchun tubanga qo’yildi bunda: siziluvchi suvlik oldin yaqinroqdagi, keyin uzoqroqdagi a`zoga tortiladi. Buyraklar botiq tomonlari bilan bir-birlariga yuzlanib turadi, qavargan tomonlari esa umurtqa suyagiga yaqin turadi. Har bir buyrakning ichida bir kovak bo`lib, bu kovakka yuqoriga ko’tariluvchi qisqa tomirdan keladigan suvlik emiziladi. Bu emilgan suvlik, buyrak uni qon chiqindilaridan obdon tozalagandan keyin, buyrakning ichki tomonidan sekin-asta siydik yo`li orqali keladi. Buyrak tozalangan narsa bilan oziqlanib, chiqindini haydaydi. Chunki suvlik modda buyrakka tomon sof holda ajralib kelmay, balki u etni qattiq yuvgandagi yuvindisi kabi bo`lib, unda qon qoldig’i ham bo`ladi. Shuning uchun, buyrak kuchsizlanganda suvlik moddasi tozalanmay, qonlik qismi bilan birga chiqariladi va shuningdek, jigar kuchsiz bo`lganda ham u suvlikni qonlikdan keragicha ajratolmay buyraklarga yuboradi. Shunda suvlikka aralashgan qon moddasi buyrakning oziqlanishi uchun kerak bo`lgan miqdordan ko`p bo`ladi, natijada chiqadigan suyuqlik buyrak oziqlanishdan zaif bo`lganidagi kabi et yuvindisiga o`xshash bo`ladi. Buyrakka parda hosil qiladigan mayda asab keladi; unga jigar darvozasi tomonidan vena tomiri va jigarga keladigan arteriyalardan kattagina arteriya tomiri ham keladi. Download 29.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling