Siydik ayirish organlarini tuzilishi


Download 1.64 Mb.
bet8/10
Sana16.03.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1278627
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ayirish

Nafas olishi va ayirishi.
Tufelkaning ikkita qisqaruvchi vakuolasi oldingi va keyingi tomonida joylashgan. Ular galma-galdan qisqarib turadi. Suvning ortiqcha qismi hamda moddalar almashinuvida hosil bo’lgan keraksiz mahsulotlar tsitoplazmadan vakuolalarga to’planadi va ulardan tashqariga chiqarib yuboriladi. Kislorod tufelka tsitoplazmasiga suv bilan birga kirib turadi.
kengaygan oldingi tomoni ikki yonida kalta o’simtalarga o’xshash ikkita sezgi paypaslagichlari va ikkita qora nuqta shaklidagi ko’zchalari joylashgan; keyingi tomoni konussimon toraygan, uchki tomoni to’mtoq bo’ladi. Tanasi sirti bir qavat kiprikli epiteliy hujayralari bilan qoplangan. Planariya kipriklar yordamida sekin sirpanib harakat qiladi; ba’zan suv yuzasiga ko’tarilib suzadi.


Ayirish sistemasi. Tanasining g’ovak to’qimasida juda ko’p uchi berk naychalar joylashgan. Bu naychalar tananing ikki yonidagi yirikroq ikkita naychaga kelib tutashadi. Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’ladigan zararli moddalar tanadagi ortiqcha suv bilan birga mayda naychalarning ichiga sizib o’tadi va ikki yon tomonda joylashgan yirik naylar orqali chiqarib yuboriladi.


Odam askaridasi ingichka ichak bo’shlig’ida parazitlik qiladi. Uzunchoq gavdasining ikki uchi ingichkalashgan, ya’ni duksimon shaklga ega. Urg’ochisining uzunligi 20-40 sm. erkagi 15-25 sm bo’ladi. Erkak askarida dumi ilmoqqa o’xshash egilgan. Askarida gavdasi tashqi tomondan pishiq va qalin po’st - kutikula bilan qoplangan. Yopishuv organlari rivojlanmaganligi tufayli askaridaning elastik tanasi simga o’xshab ichak devoriga taqalib turadi. SHu holatda u ichakdan axlat bilan birga tashqariga chiqib ketmaydi.
Hazm qilish sistemasi va oziqlanishi. Askaridaning hazm qilish sistemasi ikki uchi ochiq uzun nayga o’xshaydi. Bu nay og’iz teshigidan boshlanadi va qisqa halqum, qizilo’ngach, o’rta ichak hamda keyingi ichak orqali orqa chiqaruv (anal) teshigi bilan tamom bo’ladi. Og’iz teshigi tanasining oldingi uchida joylashgan bo’lib, uchta lab bilan o’ralgan. Askarida odamning ingichka ichagida hazm bo’layotgan oziqni og’iz teshigi orqali so’rib oladi. Oziqning hazm bo’lmagan qismi uning anal teshigi orqali chiqib ketadi.
Ayirish va nerv sistemasi. Askaridaning ayirish va nerv sistemasi oq planariyanikiga o’xshash tuzilgan. Ayirish sistemasi tana bo’ylab o’tgan ikkita uzun naydan iborat. Naylar tananing oldingi tomonida o’zaro birlashib, yagona teshik bilan tashqariga ochiladi. Gavdasining oldingi tomonidagi nerv halqasi halqumni halqa shaklida o’rab olgan. Bu halqadan tana bo’ylab keyingi va oldingi tomonga nervlar ketadi.



Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling