Siydik-tanosil a’zolari


Download 1.2 Mb.
bet3/4
Sana22.12.2022
Hajmi1.2 Mb.
#1041100
1   2   3   4
Bog'liq
Siydik-tanosil a’zolari

SIYDIK YO’LI

  • Siydik yo‘li (ureter, 138- ) ning uzunligi 30 sm atrofida bo‘lib, siydik buyrak jomi pelvis renalis dan qovuqqa o‘tadi. Bu nayni qorin parda faqat old tomondan qoplaydi. Siydik yo‘li joylashishiga ko‘ra ikki: qorin – pars abdominalis va chanoq – pars pelvina qismlaridan iborat. Siydik yo‘li boshlanish qismida, chanoqqa o‘tish chegarasida va qovuqqa kirish oldida birmuncha torayadi. Siydik yo‘lining qovuq devori ichidagi qismiga yashiringan qism pars intramuralis deyiladi.

Siydik yo‘lining qorin qismi orqa tomondan bel muskullariga tegib tursa, old tomondan erkaklarda moyak arteriya va venasi bilan, ayollarda esa tuxumdon arteriya va venasi bilan kesishib joylashgan. O‘ng siydik yo‘li qorin bo‘shlig‘ida pastki kovak venasi, ko‘richak va ko‘tariluvchi chambar ichaklar bilan yondoshgan. Chap siydik yo‘li esa aorta va pastga yo‘naluvchi ichakka tegib turadi. Siydik yo‘li chanoq bo‘shlig‘ining boshlanishida uning devori bo‘ylab yo‘naladi, so‘ngra devordan uzoqlashib erkaklarda urug‘ yo‘li bilan kesishadi va qovuqqa boradi. Ayollarda bachadon, qin yaqinida bachadon arteriyasi bilan kesishib o‘tib, qovuq devoriga kiradi.

  • Siydik yo‘lining qorin qismi orqa tomondan bel muskullariga tegib tursa, old tomondan erkaklarda moyak arteriya va venasi bilan, ayollarda esa tuxumdon arteriya va venasi bilan kesishib joylashgan. O‘ng siydik yo‘li qorin bo‘shlig‘ida pastki kovak venasi, ko‘richak va ko‘tariluvchi chambar ichaklar bilan yondoshgan. Chap siydik yo‘li esa aorta va pastga yo‘naluvchi ichakka tegib turadi. Siydik yo‘li chanoq bo‘shlig‘ining boshlanishida uning devori bo‘ylab yo‘naladi, so‘ngra devordan uzoqlashib erkaklarda urug‘ yo‘li bilan kesishadi va qovuqqa boradi. Ayollarda bachadon, qin yaqinida bachadon arteriyasi bilan kesishib o‘tib, qovuq devoriga kiradi.

QOVUQ

  • Qovuq (siydik pufagi vesica urinaria 140- ) kichik chanoq bo‘shlig‘ida joylashgan, hajmi 500–700 ml bo‘lib, ichidagi siydik miqdoriga ko‘ra o‘z shaklini o‘zgartirib turadi. Qovuq pastida qovuq tubining keng qismi – fundus vesicae, yuqori toraygan uchi – apex vesicae (cho‘qqisi) va bu ikki qism oralig‘ida qovuq tanasi – corpus vesicae tafovut qilinadi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling