Siyosat ijtimoiy xodisa sifatida
Download 236.13 Kb.
|
Siyosat ijtimoiy xodisa sifatida
Siyosat ijtimoiy xodisa sifatidaReja: 1. Siyosat — ijtimoiy faoliyat turi. 2. Siyosatning kelib chiqishi va tabiati. 3. Siyosatning ijtimoiy xayotning boshka doiralari bilan o'zaro aloqadorligi.Siyosat — ijtimoiy faoliyat turi. Siyosat—bu avvalambor insonning xatti-harakatidir. Siyosatning o'zagida ma'lum bir shaxs yoki ijtimoiy guruxning o'z obruyi va kuchi orqali boshqa shaxs va ijtimoiy guruxlarga O'z xoxishi va irodasini o'tkazishi. Uzoq vaqt siyosat axlok-odob normalari bilan chambarchas bog'liq edi. Siyosatni ko'prok jamiyatning foydasini kO'zlab tutiladigan faoliyat deb tushunib kelindi. Lekin, siyosat ijtimoiy xayotning boshka soxalarida, shu jumladan iqtisodiyot (ishlab chiqarish), din va ijtimoiy xayotdan muxtor ekanligi bugungi kunda barcha olimlar tomonidan tan olingan. Siyosatga ta'rif berishda turli xil yondashuvlar bor. Bular siyosatni faoliyat turi sifatida tushunishdan ko'ra ancha keng. Misol uchun, tinchliksevar siyosat, milliy siyosat, tashqi siyosat, ijtimoiy siyosat, iqtisodiy siyosat va xattoki oila siyosati. Bulardan ko'rinib turibdiki, siyosat ma'nosi politologiyada ishlatilishidan ko'ra ancha keng. Bu shu sO'zning ko'p ma'noga ega ekanligini ko'rsatib turibdi. Politologiya fanida esa siyosat deganda jamiyatni ma'lum bir usullar orqali boshqarish tushuniladi. Siyosat — ijtimoiy faoliyat turi. Siyosat azaldan insonga xos narsa emas. Jamiyat taraqqiyoti O'zi bilan yangidan-yangi ijtimoiy munosabatlar va ziddiyatlarni olib keldi. Ushbu munosabatlarni tartibga solish va ziddiyatlarni bartaraf etish zaruriyati tarixiy saxnaga insonlar munosabatining yangi turini -jamiyatning boshqarish, ya'ni siyosatni keltirib chiqardi. Yuqorida qayd etganimizdek siyosatning negizi siyosiy hokimiyatdir. Bu jamiyatning boshqarish xususiyatini bildiradi. Siyosat O'zining ijtimoiy mohiyati, mazmuni va hususiyatlariga ko'ra keng va tor ma'nolarda qo'llaniladi. Keng ma'noda jamiyat hayotida hilma-xil sohalarda ro'y beradigan voqea-xodisalar, O'zgarishlarni aks ettiradi va ularni iqtisodiy siyosat, madaniy siyosat, milliy siyosat, sotsial siyosat, harbiy siyosat kabi turli hil tushinchalar orqali ifodalaydi. Download 236.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling