Siyosatda vosita va uslublar


Download 20.89 Kb.
bet1/2
Sana03.02.2023
Hajmi20.89 Kb.
#1152853
  1   2
Bog'liq
SIYOSATDA VOSITA VA USLUBLAR


SIYOSATDA VOSITA VA USLUBLAR
Reja:
1. Davlatlar tashqi siyosatining mazmun-mohiyati va asosiy tamoyillari. Geopolitika.
2. Xalqaro nizolar va ularning tub sabablari. Hozirgi xavfli zonalar.
3. Xalqaro munosabatlarda o’zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlashda BMT va xalqaro tashkilotlarning roli.

Tashqi siyosat - davlatning va jamiyatdagi boshqa siyosiy institutlarning xalqaro darajada o’zining manfaatlari va ehtiyojlarini hamda o’zaro manfaatlar uyg’unligini amalga oshirish bo’yicha faoliyatidir. U davlatlar bilan diplomatik munosabatlar o’rnatish, xalqaro tashkilotlar qoshida vakolatxonalarini ochish yoki unga a‘zo bo’lish, turli darajalarda o’zaro aloqalar o’rnatish shakllarida amalga oshirib boriladi.


Tashqi siyosatning zarurligini har bir davlatning ehtiyojlari taqazo etadi. Ehtiyojlar, avvalo, har bir mamlakatning milliy manfaatlaridan kelib chiqadi. Har bir davlat o’zining tashqi siyosatida boshqa davlatning manfaatlarini ustun qo’ymaydi va bunga intilmaydi.
Tashqi siyosat-davlatlar va xalqlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni xalqaro miqyosda jahon maydonida tartibga solib boshqarib turishini anglatadi.
Ichki siyosat kabi tashqi siyosat ham o’zgaruvchan xususiyatga egadir. Shunga ko’ra barcha davlatlar uchun bir xildagi siyosatni ishlab chiqish va olib borish mumkin emas. Tashqi siyosatning zarurligini har bir davlatning ehtiyojlari taqozo etadi. Ehtiyojlar, avvalo har bir mamlakatning milliy mafkuralaridan kelib chiqadi. Qadimgi quldorlik va feodal davlatlari bag’ridayoq tashqi siyosiy munosabatlar muammolari bilan shug’ullangan mutafakkirlar hamda siyosiy va davlat arboblari ko’p bo’lganlar. Masalan, qadimiy Misr, Vaviloniya, Assiriya, Midiya davlatlarida – kohinlar, Yunonistonda – arxond, demagog, strateg, notiq, faylasuflar, Rumda senatorlar, tribunlar, imperatorlar, O’rta Osiyo hududidagi davlatlarda – vazirlar, muftiylar, munajjimlar kabi amaldorlar, kasb egalari tashqi siyosatning yo’nalishlarini ishlab chiqqanlar hamda amaliy tavsiyalar taklif etganlar.
Qadimgi mutafakkirlar orasida Arastu davlatlararo siyosiy munosabatlar muammolarini chuqur tahlil qilib, davlatning asosiy vazifalaridan biri “qul - xo’jayin” munosabatlarini shakllantirishdan iborat degan xulosaga keladi. Qullar uning fikricha yunonlardan emas, boshqa xalqlardan bo’lishi kerak. Bu bilan Arastu yunonlar davlati boshqa xalqlarni bosib olib o’z mamlakati farovonligini ta‘minlash mumkin ekanligini ta‘minlamoqchi bo’ldi.
Qadimgi Rimda yashagan va hukmronlik qilgan buyuk siyosiy davlat arbobi Yuliy Tsezar Arastu ta‘limotiga amal qilib ish yuritmoqchi bo’ladi. Yuliy Tsezar davlatning tashqi siyosati yangi-yangi yerlarni, xalqlarni bosib olib, Rum jumhuriyatiga bo’ysundirishdan iborat deb bilgan. Bo’ysunmagan xalqlarni qonli, rahm – shafqatsizlarcha olib borgan urushlar natijasida bo’ysundirib, jumhuriyat Senatiga “Veni”, “vidi”, “vikl” (“keldim”, “ko’rdim”, “g’alaba qildim”) mazmunidagi qisqa axborotda o’zi yuritgan bosqinchilik tashqi siyosatini ifodalagan edi.
Tsezarning jiyani (asrandi o’g’li) Oktavian Avgust uning ishini davom ettirib birinchi marta xalqaro siyosiy munosabatlar sohasida o’zi bosib olgan mamlakatlarda vakolatxonalar ta‘sis etdi va ularning huquqlari, burchlari, qonun-qoidalarini belgilab berdi.
Xalqaro siyosiy munosabatlar rivojiga Rossiya imperiyasining taniqli arbobi Petr 1, Yekaterina II, Aleksandr 1 lar tashqi siyosat bo’yicha katta hissa qo’shganlar. Bularning ustunligi shundan iboratki, ular xalqaro munosabatlarda harbiy kuchlarga, urushlarga suyanib ish ko’rmay, bitimlar tuzish, tinch diplomatik aloqalar o’rnatish kabi usullardan ham foydalandilar.
Xalqaro siyosiy munosabatlar rivojiga O’rta Osiyoda hukmronlik qilgan siyosiy va davlat arboblari Ismoil Somoniy, Amir Temur, Z. Bobur, X. Boyqarolarning ham hissasi katta. O’zbeklar davlatning ko’zga ko’ringan siyosiy arboblaridan biri Abdullaxon Turkiya, Eron, Kavkaz, Afg’oniston mamlakatlari bilan iqtisodiy, siyosiy, savdo, madaniy aloqalarni mustahkamlashga erishdi.
Davlatlar o’rtasidagi munosabatlarni “kuchga tayangan holda” xal etish insoniyat boshiga og’ir musibatlarni keltirib chiqarishi aniq. Bunga insoniyat tarixida bo’lbi o’tgan qonli urushlar misol bo’ladi. Tarix shundan dalolat beradiki, yer yuzida keyingi 5 yarim ming yilning atigi 300 yiligina tinch va osoyishta o’tgan. Qolgan vaqtlarda 15 mingdan ortiq urushlar bo’lib o’tgan. Bu urushlar birgina Yevropada XVII asrda 3 milion, XVIII asrda 5 miliondan ko’proq, X1X asrda 6 milion, XX asrda esa 70 miliondan ortiq kishining hayotiga zomin bo’lgan (S. Otamurodov va boshqalar. Politologiya. O’quv qo’llanma, T. 1999 yil, 179 bet).
Xalqaro siyosiy munosabatlarda amal qiladigan tamoyillar dastlab 1915 yilda bo’lib o’tgan Vena Kongressi, keyinchalik esa, 1919 yilda tuzilgan. Millatlar Ittifoqining hujjatlarida umumiy tarzda ifodalab berilgan edi. Bular quyidagilardan iborat: davlatlarning suveren tengligini hurmat qilish, ularning ichki ishlariga aralashmaslik; tinch – totuv yashash siyosatiga og’ishmay amal qilish; xalqaro kelishmovchiliklarni siyosiy yo’l bilan hal etish; davlatlar chegarasining daxlsizligi va hududning bir butunligini tan olish; inson huquqlarini hurmat qilish; millatlar va elatlarning o’z huquqlarini o’zlari belgilash; xalqaro majburiyatlarga vijdonan amal qilish.
Bu tamoyillar ayrim mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan o’ylab topilgan bo’lmay, uzoq yillar davomida xalqaro munosabatlar sohasida ob‘ektiv ravishda shakllangan. Bularga amal qilmaslik alohida olingan mamlakatlarni xalqaro hamjamiyatdan butunlay ajralib qolishiga olib keladi. Buning to’g’riligini yana bir bor Respublikamiz Prezidenti I. Karimov o’zining “O’zbekiston siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari” degan ma‘ruzasida “Davlatlararo munosabatlar sohasida yagona g’oyaga amal qilish lozim. Bu g’oyaning ma‘nosi shuki, birgalikda tinch hayot kechirish, hamkorlikka intilish, suveren davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, turli nuqtai nazar va fikrlarga bardoshli bo’lish tamoyillarini o’zida aks ettirgan qonunlar ustuvorlik kasb etishi darkor”, - deb ta‘kidlaydi (I. Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-tom. 1996 yil 49 bet).
Davlatlar tomonidan olib boriladigan tashqi siyosatning samarali bo’lishi ko’p jihatdan davlatlarning tashqi siyosati sohasida amal qiladigan tamoyillarda aks etadi. Yuqorida sanab ko’rsatilgan tamoyillardan tashqari davlatlar tashqi siyosatining ishonchli bo’lishida g’oyaviy muxoliflikdan voz kechish tamoyiliga amal qilish ham muhim ahamiyatga egadir.
Jahon siyosati va xalqaro munosabatlar masalalariga doir muammolarni hal qilish ishida faollik ko’rsatish tamoyili davlatlar tashqi siyosatida muhim o’rin egallaydi. Sanab ko’rsatilgan tamoyillar har bir mamlakatning manfaatlariga mos kelishi kerak.
Tashqi siyosat yuritishning quyidagi turlari mavjud: bosqinchilik, zo’ravonlik siyosati va tinch hamkorlik, yaxshi qo’shnichilik siyosati.
Tashqi siyosatga xos bo’lgan umumiy aloqadorlikning mohiyati quyidagilar bilan belgilanadi:
Birinchidan, siyosatning qanday kuchlar tomonidan ishlab chiqilishi barcha davlatlarga xos xususiyatdir.
Ikkinchidan, davlatlar tomonidan olib boriladigan tashqi siyosat ma‘lum bir maqsadga qaratilgan bo’ladi.
Uchinchidan, tashqi siyosatni ishlab chiqishda umumiy qoidalarga amal qilish kerak. Bular, turli sinflar, guruhlar, millatlarning manfaatlarini hisobga olish, davlatning bir butunligini himoya qilish, osoyishtalik.
Yer yuzida davlatlar sonining ko’payishi va rivojlana borishi ular o’rtasidagi munosabatlarning yanada takomillashib borishiga olib keldi. Mamlakatlar o’rtasida hamkorlikning xilma-xil shakllari tashkil topib bordi va ular xalqaro ahamiyatga ega bo’ldi. Hamkorlikning bunday shakllari orasida siyosiy hamkorlik munosabatlari ham rivojlandi.
Xalqaro siyosiy munosabatlarda ro’y bergan o’zgarishlar har bir yangi tarixiy davrda o’z aksini topib keldi. Masalan, XX asrdan XX1 asrga o’tish bosqichida dunyoda ikki qutbli siyosiy munosabatlar davri yo’qolib, ko’p qutbli siyosiy munosabatlar davriga o’tilgan bir paytda yashamoqdamiz. Buning ma‘nosi shundaki, ilgari yer yuzida bir-biriga tubdan qarama – qarshi ikkita katta siyosiy lager-kapitalistik va kommunistik lagerlar mavjud bo’lib, ular jahon miqyosidagi qarama-qarshiliklarning ikki qutbini tashkil etar va yer yuzida butun jahon urushining boshlanib ketishiga zamin bo’lib kelar edi. Bu kuchlarning kommunistik lager yetakchisi SSSRning parchalanishi, jahon kommunistik tuzumining ham parchalanishiga sharoit tug’dirdi. Bunday sharoitda voqelikka umumjahon tsivilizatsiyasi nuqtai-nazaridan sog’lom aql pozitsiyasidan turib qarash davr talabiga aylandi.
Bu borada Prezidentimiz I. Karimov shunday deb yozadi: “Hozirgi vaqtda dunyoda ikki qarama-qarshi qutb barham topgan bo’lsada, turli xil maqsad manfaatlarni ifoda etuvchi mafkuralar tortishuvi to’xtagani yo’q. Ochiq aytish kerakki, bu tortishuvlardan ko’zlangan asosiy maqsad-inson avvalambor, yoshlar qalbini egallash, muayyan mamlakat yoki mintaqadagi biror millat yoki xalqning ongiga, uning sezgi - tuyg’ulariga ta‘sir o’tkazish, uni o’z dunyoqarashiga bo’ysundirish, ma‘naviy jihatdan zaif va tobe qilish”. (“O’zbekiston XX1 asrga intilmoqda”. 2000 yil, 329-330 betlar).
Ikkinchi savol: Politologiyada nizo deganda qarama qarshi manfaatlar, maqsadlar, qarashlar, intilishlarning kurashi tushuniladi.
Ma‘lumki, sobiq SSSRda nizolar hal etilmay, yetti qulf ortiga yashirilar, ko’zga ko’rinmas holda tobora yig’ila borar va chuqurlashardi. Turg’unlik yillarida esa, muammolar mavjud bo’lsa ham, rahbariyat ularni ko’rmaganlikka olar edi. Aholining millatlararo muomala madaniyatini shakllantirishga yetarli e‘tibor berilmaganligi ziddiyatli va nizoli vaziyatlarning yuzaga kelishiga olib kelar edi. Nizolar siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy xarakterga ega bo’lishi mumkin. Uning predmeti hududiy, millatlararo, tilga doir muammolarni qamrab oladi.
Siyosiy nizolar boshqalaridan shunisi bilan farq qiladiki, ular ayrim olingan guruhlar, toifalar o’rtasidagi emas, balki siyosiy hokimiyat sub‘ektlari o’rtasida vujudga keluvchi anglashilmovchiliklardir. Ular aslida siyosiy munosabatlarning shunday holatini, bunda turli tomonlar va kuchlar hokimiyat uchun nokonstitutsiyaviy asosda kurash olib boradilar. Siyosiy tuqnashuvlarni hal etishda asosiy figura guruh a‘zolari emas, balki ularning rahbarlari o’ynaydi.
Mamlakatimizda qonli tuqnashuvlar hamda millatlararo nizolarni keltirib chiqarish, qonuniy hukumat va mustaqillik tashabbuskori bo’lgan davlatni badnom qilish yo’li bilan hokimiyat tepasiga chiqib olishga intilishlar hatti-harakati xalqimiz tomonidan qoralanmoqda. Masalan, 1999 yil 16 fevraldagi xunrezliklarni tashkil etgan ba‘zi «daholikka» da‘vo qiluvchi arzon-garov «etakchilarni» xalqimiz la‘natlayotgani fikrimizning dalilidir.
Shunga javoban Prezidentimiz xalqimizni hushyorlikka da‘vat qilib shunday deydi: «Agar biz bugungi hayotimizga, bunyodkorlik ishlarimizga, erishilayotgan yutuqlarimizga to’g’ri baho bermasak, ularni qadriga yetmasak, o’z hushyorligimizni yo’qotib, bizni har qadamda kutayotgan tahdidlarni, tinch turmushimizga, xavfsizligimizga rahna solayotgan, oyoq ostidan chiqayotgan har xil balo-qazolarni ham payqamay-sezmay qolishimiz mumkin». (O’zbekiston XX1 asrga intilmoqda. Toshkent. 2000 yil, 43-bet).
Davlatimiz rahbari ta‘kidlayotganidek, mamlakatimiz tashqarisidagi tajovuzkor, aqidaparast kuchlar, hamda O’zbekistonga o’z siyosatini, ta‘sirini o’tkazish va hukmronlik qilishga intilayotgan kuchlar jamiyatimiz uchun asosiy tahdidlardan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda Yer yuzida turli xil davlatlar, xalqlar, millatlar, elatlar, turlicha dinlar, mazhablar o’rtasida bir-birini tushunishga, bir-birini anglashga, bir-birini qo’llab-quvvatlashga intilish kuchaygan. Bu bir-birining nuqtai-nazarlari bilan hisoblashishga, bir-biriga nisbatan toqatli bo’lishga da‘vat etadi.
Chunki, bunday muammolarni yechishga bitta davlat yoki bir mintaqada yashovchi aholining qurbi yetmaydi. Shunday vaziyatda ko’pchilik davlatlarning hamkorligi va ittifoqi kerak bo’ladi.
Asrimizning oxiriga kelib va XX1 asr arafasida insoniyat taraqqiyotida bundan buyongi rivojlanish juda ko’p omillar ta‘siri ostida jiddiy tarzda o’zgarib, tobora o’zaro bog’liqligi, yaxlitlikka va bir xillikka intilishi zo’rayib borayotganligi bilan ulkan ahamiyat kasb etadi.
Hozir biz yashab turgan dunyo o’ta murakkab, rango-rang, jo’shqin, ehtiroslarga, ziddiyatlarga to’lib toshgan, bir-biriga qarama-qarshi an‘analar bilan yo’g’rilgan g’oyat murakkab muqobilliklar, tashvish va orzu-umidlar dunyosidir.
Biz yashab turgan hozirgi dunyo taraqqiyotining qonuniyatlaridan biri uning birligi va yaxlitligi tomon og’ishmay rivojlanayotganidir.
Hozirgi kunga kelib insoniyat qanchalik ijtimoiy, milliy, siyosiy, irqiy, diniy va boshqa belgilardan kelib chiqqan xilma-xil to’siqlar bilan turli guruhlarga ajratib tashlangan bo’lmasin, xalqlarning turmush tarzlarining hammasi bitta sayyora-Yerda istiqomat qiladilar, hamma uchun bir umumiy bo’lgan muhitda hayot kechiradilar.
Insoniyat taraqqiyoti muqarrar tarzda tobora birlik, yaxlitlik, bog’liqlik, hamjihatlik tomon yuksalib borib, pirovardida jahon hamjamiyatini umuminsoniy hamdo’stlik darajasida olib chiqadi va uni jahon miqyosida siyosiy boshqarish imkoniyatlarini oshiradi. “Turkiston umumiy uyi”, “Osiyo – Tinch okean mintaqasi birligi”, “Amerika birligi”, “Afrika birligi”, “Atlantikadan Uralgacha umumovrupo uyi” va h.k. g’oyalar real voqelikka aylanishi uchun hozirgi jahon siyosatining nazariy va ilmiy – metodologik tarzda tahlil qilinayotgan o’zaro bog’liqligi insoniyatga katta ishonch va umid bag’ishlaydi.
Haqiqatdan ham hozirgi dunyoning o’zaro bog’liqligi va ularning rivojlanishi dunyoning birbutunligidan kelib chiqqan holda qurilmoqda. Chunki bir mamlakatga vujudga kelgan muammo boshqa mamlakatlarga ham o’z ta‘sirini ko’rsatmoqda. Bunday muammolarni hal qilish ko’pchilik mamlakatlar va xalqlar oldida turgan vazifalarga aylanib bormoqda.
Xalqaro siyosiy munosabatlarning rivojlanishi bu munosabatlarda kelib chiqadigan turli xildagi ziddiyatlarga va ularni hal qilishga bog’liqdir. Ziddiyatlar jamiyat hayotining barcha sohalarida bo’lgani singari xalqaro siyosiy munosabatlarning ham harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Buning ma‘nosi shundaki, xalqaro siyosiy munosabatlarda bu munosabatlarning rivojlanishiga to’siqlik qiluvchi muammolar paydo bo’lib turadi.
Hozirgi davrda xalqaro siyosiy munosabatlarda mavjud bo’lgan ziddiyatlar quyidagilardan iborat.
a) xalqaro siyosiy munosabatlarda mavjud bo’lgan muammolar bilan ularni hal qilish imkoniyatlari o’rtasidagi ziddiyatlar;
b) har bir mamlakatning milliy manfaatlari bilan ularning baynalminal manfaatlari o’rtasidagi ziddiyatlar;
v) xalqaro siyosiy munosabatlarda ishtirok qiluvchi sub‘ektlarning manfaatlari o’rtasidagi ziddiyatlar;
g) xalqaro siyosiy munosabatlarni tartibga solish bilan uning imkoniyatlari o’rtasidagi ziddiyatlar.
Uchinchi savol: Xalqaro xavfsizlik-dunyo taraqqiyoti va barqarorligining bosh omili. Yer yuzida tinchlikni va xavfsizlikni ta‘minlash, davlatlarning va millatlarning o’zaro hamkorligini rivojlantirishda Birlashgan Millatlar Tashkilotining roli katta Birlashgan Millatlar tashkiloti to’g’risidagi dastlabki fikrlar 1942 yilda tajovuzkor gitlerchi davlatlarga qarshi kurash olib borayotgan mamlakatlar rahbarlari va namoyandalari tomonidan o’rtaga tashlandi. 1943 yil Buyuk Britaniya, AQSH, SSSR va Xitoy tashqi ishlar vazirlarining qo’shma kengashida bu fikr aniq ifodalandi. BMTning Nizomi 1944 yilda xuddi shu to’rt davlat vakillarining Dumbarton – Oksdagi konferentsiyasida ishlab chiqildi va 1945 yil iyunida Sai – Frantsiskodagi Ta‘sis konferentsiyasida imzolanib, 1945 yil 24 oktyabrda kuchga kirdi. Uning asosiy hujjatida inson hayotini yaxshilash maqsadida birgalikda harakat qilish, dunyoda qashshoqlikka, xastalikka, savodsizlikka barham berish, ekologik inqirozni to’xtatish, xalqaro munosabatlarda o’zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlash alohida qayd qilinadi. Bu vazifani bajarishda BMT o’zining tarkibidagi tuzilmalar va nodavlat tashkilotlar yordamiga tayanadi.
1992 yil 2 martidan O’zbekiston Respublikasi ham BMT a‘zosi hisoblanadi.
Xalqaro munosabatlarda ishonch va hamkorlikni yaxshilashda muhim rol o’ynovchi yana bir xalqaro tashkilot bu – Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotidir. Bu tashkilot 1970 yil boshida, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo’yicha Kengash nomi bilan tashkil topgan. Uning asosiy maqsadi Sharq va G’arb o’rtasida yaxshi munosabatlar o’rnatishdir. 1994 yil Budapesht uchrashuvida u Kengashdan tashkilotga aylantirildi. Uning a‘zolari 53 mamlakat hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi ham teng huquqli a‘zodir.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida: «O’zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to’la huquqli sub‘ektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo’l bilan hal etish ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e‘tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi. Respublika davlatning xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta‘minlash maqsadida ittifoqlar tuzilishi, hamdo’stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalariga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin,» - deyiladi.
YEXHT ning muhim vazifalaridan biri davlatlar o’rtasida inson huquqlarini ta‘minlash sohasida samarali munosabatlar o’rnatish, inson huquqlariga amal qilishni kuzatish, shu ishda davlatlarga yordam berishdir.
Xalqaro munosabatlarda o’zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlashda Mustaqil davlatlar hamdo’stligi (MDH) alohida o’rin egallaydi. Bu bir butun davlat, federatsiya yoki mamlakat emas, harbiy blok ham emas, davlatlar hamdo’stligining yangicha shaklidir. Unga kiruvchi har bir davlat xalqaro huquqning mustaqil va teng huquqli sub‘ektidir.
MDH 1991 yil 8 dekabrda Minsk shahrida SSSR ning barham topishi munosabati bilan shakllandi. Uning vujudga kelishi haqidagi hujjat-bitimga dastlab uch mustaqil davlat Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Belorussiya rahbarlari imzo chekdilar.
1991 yil 21 dekabrda sobiq SSSR ning uch slavyan va Markaziy Osiyodagi bosh respublikasi rahbarlari Olmaotada uchrashib, Hamdo’stlik xujjatlariga jami 11 respublika imzo chekdi.
MDH ning asosiy maqsadlarini amalga oshirish uchun Hamdo’stlik davlatlari o’zaro munosabatlarida quyidagi qoidalarga rioya qiladilar:
- davlat suverenitetini o’zaro tan olish va hurmat qilish;
- teng huquqlilik va bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik;
- iqtisodiy kuch yoki boshqa tadbiq uslublarini qo’llashdan voz kechish;
- bahsli muammolarni kelishtiruvchi vositalar va xalqaro huquqning boshqa hamma e‘tirof qilgan tamoyil va normalari asosida hal qilish.
Demak, bugungi kunda har bir mamlakat xalqning barqarorligi ravnaqi va istiqboli ustivor darajada sayyoraning barcha joyida xavfsizlikning ishonarli tizimi shakllanishiga borib taqaladi.

Adabiyotlar ro’yxati:



Download 20.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling