Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 3
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
276
w
www.oriens.uz
April
2021
uchun dividend to‘lovlarining doimiyligi va
yilik inflyasiya darajasidan past
bo‘lmasligini ta’minlash bank aksiyalarini reklama qilib beradi.
To‘rtinchidan, tijorat banklari tomonidan doimiy dividendlar to‘lab boriladigan
bo‘lsa, aksiyalarni xalqaro miqyosda joylashtirish jarayonlari tezlashishi mumkin.
Beshinchidan, tijorat banklarining doimiy dividend to‘lay olish qobiliyati uning
hisobot yilida qancha sof foyda olgani va moliyaviy barqarorligi bilan baholanishi,
dividend siyosatining asosiy ahamiyati esa aksiyadorlar sonini ko‘paytirishdan iborat
bo‘lishi, pirovard natijada bank kapitali samarali boshqarilishiga erishiladi.
Oltinchidan,
tijorat banklarining investitsion jozibadorligini ta’minlashning
muhim jixatlaridan bo‘lgan axborotlarning shaffofligi masalasini hal etish uchun
barcha tijorat banklarining moliyaviy hisobotlari asosida tahlilni amalga oshiradigan
alohida maxsus reyting agentligini tashkil etish va ushbu agentlikka moliyaviy
hisobotlar tahlili asosida moliyaviy barqarorlik, rentabellik, aksiya daromadliligi,
aksiya riski va bir qancha muhim ko‘rsatkichlarni e’lon qilib borish vazifasini
yuklash maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Ettinchidan, xalqaro tajribada banklar ustav kapitalida davlat ulushining
mavjudligi dividend to‘lovlarining juda past miqdorda bo‘lganligini inobatga olib,
xususiylashtirish va transformatsiya jarayonlarini samarali olib borish maqsadida
davlat ulushi mavjud tijorat banklari dividend siyosatini jiddiy ko‘rib chiqish va
albatta dividend to‘lovlarini oshirish, natijada xorijiy investorlarni bank aksiyalariga
bo‘lgan qiziqishini oshirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |