Ularga muvofiq ravishda siyosat ilohiy, tabiiy, ijtimoiy, siyosiy omillar oroqali tushuntiriladi.
1. Teologik paradigma-dunyoni va siyosatni ilohiy talqin etadi. Aslida siyosat ilk shaklida teologik (ilogiy) tarzda anglangan. Sharq madaniyati uchun, xususan, O'rta Osiyo xalqlari mentaliteti uchun siyosatni, hokimiyatni ilohiy anglash xususiyatlari hali ham uchrab turadi. Bu yurtboshi bilan xalq o'rtasida asrlar davomida kuzatilib kelinayotgan birdamlikda, hukmdor xalq nazarida, adolat timsoli ekanligida namoyon bo'ladi. Bugungi kunda bu paradigmani eskirgan, deb qarash mumkin emas.
2. Tabiiy paradigmalar siyosatning mohiyatini doimiy, o'zgarmas tabiiy omillarning inson va jamiyatga ta’siri orqali tushuntirishga harakat qilgan.
Bularga geografik muhit, insonning biologik, fiziologik xususiyatlari, ruhiyat kiradi. Shunga ko'ra, tabiiy paradigmalarning ko'rinishlarini qisqacha ko'rib chiqamiz.
1. Geografik paradigma-geografik, geostrategik, ijtimoiy - siyosiy, harbiy, demografik, iqtisodiy va boshqa omillarini o'zaro bog'liqlikda tahlil qilishga qaratilgan. Ular milliy qudratning ushbu omillarini mintaqa yoki dunyodagi kuchlar nisbati ~TV~ nazaridan tahlil qiladi. U hozirgi dunyoda geografik paradigma har bir davlat siyosatining bir yo'nalishini tashkil etadi. Negaki, har qanday xalqaro siyosat subyekti - hududi, geografik joylashuv hususiyatlari, kommunikatsiyalar holati, qazilma boyliklari, iqlimi, hosildor yerlari kabi omillarga ko'ra baholanadi. Geografik omillarning qanchalik muhimligini sharxlovchi yorqin misol: 1453 -yil 29- may oyida Mehmet P. tomonidan Vizantiya imperiyasining: poytaxti Konstantinopol ishg'ol qilinib, natijada O'rta yer va Qora dengizlarni birlashtiruvchi Bosfordan savdo kemalarining yurishi 20 - 25 yilga to'xtadi. Buyuk Ipak yo’lining eng qulay marshruti yopildi.. Shu 20 - 25 yil ichida Yevropa mamlakatlari Hindiston, Xitoyga olib boruvchi yangi yo'llar ahtarib, Amerikani kashf etdilar; G’arbda kemachilik, texnika, umuman tabiiy fanlar rivojlanib ketdi. Markaziy Osiyo esa iqtisodiy inqirozga yuz tutdi.' Faqat Mustaqillik yillaridagina olib borilgan tashqi siyosat va yangi shakllangan geosiyosiy vaziyat tufayli Markaziy Osiyoning geostrategik ahamiyati tiklandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |