Siyosiy Huquqiy Sohadagi (10ta) Ustuvor Xalqaro Reytinglar Va Ularga O’zbekistonning Integratsiyalashuvi reja


Xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilashga oid chora-tadbirlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida


Download 31.71 Kb.
bet2/3
Sana21.01.2023
Hajmi31.71 Kb.
#1106177
1   2   3
Bog'liq
Siyosiy-huquqiy sohadagi (10 ta) ustuvor halqaro reytinglar va ularga O‘zbekistonning integratsiyalashuvi.

Xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilashga oid chora-tadbirlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Iqtisodiy va siyosiy-huquqiy xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash, bu borada mutasaddi vazirlik va idoralarning faoliyatini samarali muvofiqlashtirish, xalqaro maydonda mamlakatimiz mavqeini yanada yuksaltirish, xorijiy reyting agentliklari bilan hamkorlikni tizimli ravishda amalga oshirish, masʼul davlat organlari rahbarlariga yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishida ularning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish maqsadida:
1. Ustuvor xalqaro reyting va indekslarni kompleks ravishda koʻrib chiqish va yaxshilash borasida ijro samaradorligini oshirish hamda mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan olib borilayotgan tegishli chora-tadbirlarni tizimli muvofiqlashtirish lozimligini inobatga olgan holda:
Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda – Komissiya) 1-ilovadagi tarkibga muvofiq tuzilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasiga xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha masʼul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari (keyingi oʻrinlarda – moliya vaziri oʻrinbosari) lavozimi kiritilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida boshqaruv xodimlarining soni qoʻshimcha 10 ta shtat birligidan iborat Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda – Boshqarma) tashkil etilsin va yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirilishi taʼminlansin.
2. Belgilab quyilsinki:
a) Komissiya xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash boʻyicha ishlarni amalga oshirish doirasida:
har oyda kamida bir marotaba yigʻiladi;
mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish uchun ustuvor yoʻnalishlarni belgilab beradi va amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib boradi;
tegishli qarorlar qabul qiladi va ularning ijrosini vazirlik hamda idoralar tomonidan sifatli va toʻliqbajarilishini taʼminlaydi, shuningdek, ularning oylik hisobotlarini eshitadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har oyda kamida bir marotaba hisobot taqdim etadi;
b) moliya vaziri oʻrinbosari:
xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash borasida mutasaddi vazirlik va idoralarningmuvofiqlashtirilgan oʻzaro hamkorligini, ularga yuklatilgan vazifalarni samarali va sifatli bajarish uchun uslubiy va konsultativ yordam koʻrsatishni taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yigʻilishlarida, 
shu jumladan, Rayosat majlislarida, mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ahvolini tanqidiy koʻrib chiqish boʻyicha takliflar beradi;
v) Boshqarma Komissiya ishchi organi boʻlib, mutasaddi vazirlik va idoralarning xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash faoliyatini samarali tashkil etadi va zarur maʼlumotlarni umumlashtiradi, bu borada quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
mutasaddi vazirlik va idoralardan zarur boʻlgan maʼlumotlarni soʻrab oladi, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi yuzasidan axborot-tahliliy materiallar tayyorlaydi va Komissiyaga taqdim qiladi;
xalqaro reyting va indekslarni eʼlon qiluvchi tashkilotlar, reyting agentliklari, mahalliy hamda xalqaro ekspert, konsultant va mutaxassislar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydi, shu jumladan, ularni respublikaga taklif qiladi va olib borilayotgan islohotlar koʻlami bilan yaqindan tanishtiradi, chet elda sohaga oid tadbirlarda mutaxassislar ishtirokini, davra suhbatlari, xalqaro forum va konferensiyalarni tashkillashtirib boradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Xalqaro reytinglar bilan ishlash va “Elektron hukumat” tizimini joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish shoʻbasi bilan ustuvor xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash uchun kompleks chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan yaqindan hamkorlik qiladi;
tegishli takliflarni ishlab chiqadi hamda ularni koʻrib chiqish uchun Komissiyaga kiritadi;
g) xalqaro reyting va indekslarning maʼlumot bazalaridan foydalanish, zarur axborot materiallarini olish, ushbu reyting va indekslardagi Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash boʻyicha xalqaro reyting agentliklari hamda xalqaro ekspert, konsultant va mutaxassislarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Mutasaddi vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari:
tegishli xalqaro reyting va indekslar boʻyicha belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishishda shaxsan masʼul etib belgilansin;
ikki hafta muddatda joriy yilning 1 sentyabriga qadar amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va Komissiyaning ishchi organiga taqdim etsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A.Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.

Download 31.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling