Siyosiy: siyosiy jarayonlar, hukumat tarkibi


Download 16.85 Kb.
Sana29.05.2020
Hajmi16.85 Kb.
#111655
Bog'liq
Зокирова Хилола


ESSAY.

Dunyoda turli xil davlatlar mavjud bo’lib ularning barchasi iqtisodiy rivojlanish jihatdan ko’rsatkichlari ham turli xil. Davlat tomonidan mehnat bozori doimiy tarzda tartibga solinib turiladi. Bu davlatning rivojlanishiga ta’sir etadi. Mehnat bozorida asosiy rol ikki kishida bo’lib, biri ish beruvchi ikkinchisi ishchidir. Ishchi aqliy yoki jismoniy mahnatiga yarasha oylik shaklida mablag’ oladi. Mehnat bozoriga bir necha xil omillar ta’sir ko’rsatadi. Bular:

--Iqtisodiy omillar: mamlakatning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi, inqirozlar,demografik jarayonlar.

--Siyosiy: siyosiy jarayonlar, hukumat tarkibi,.

--Tabiiy: tabiiy ofatlar, ommaviy epidemiyalar, mamlakatning tabiiy boylik zahiralari

Bundan tashqari mehnat bozoriga ta’sir qiluvchi omillarga yana bir omilni misol qilib keltirsak xato bo’lmaydi. Bunga ommaviy ish tashlashlar, turli xil mittinglar, migrantlar sonidir.

Ishsizlikning tabiiy darajasi tabiiy holat bo’lib u doimiy mavjuddir. Mamlakata aholi 100 % band bo’la olmaydi. Jahan inqirozlari ishsizlikni yuqori darajaga ko’tarib yuboradi.

Ba’zi bir Demokratik Respublika nomini olgan hududlarda hozirga qadar ishchini qanday sohada faoliyat olib borishini uning qatlami ya’ni kelib chiqishi, farzand tug’ilmasidan oldin aniqlab beradi. Misol uchun Shimoliy Koreyada bola tug’ilganida ertaga u qanday qatlamda ish yuritishi aniq ravshan bilinadi. Bunda aholini ijtimoiy kelib chiqishiga e’tibor qaratishimiz lozim. Bu holat davlatni parokandalik sari yetaklaydi, rivojanishga kata to’siq yaratib beradi. Yana bir mamlakatni olsak u Italiya bo’lib uning jami aholisi soni 60 mln 484mingni tashkil etadi. Eng qizig’i shundaki 60 mlndan ortiq aholining atigi 13 mlndan ortig’i ish bilan banddir, qolgan qismi esa ishsiz. Ular ishsiz bolishi ish o’rinlarining yetishmasligida emas, balki aholi chet eldan keladigan turistlar hisobiga yashashadi. Ularning nazarida aholi uchun zarur bo’lgan doimiy foydani chet elliklar o’zlari turistik yo’l bilan olib kelishadi. Janubiy Koreyani misol qilsak, undagi yosh qatlam chet elda ishlashni hush ko’radi. Oliy ta’limni tugatishganidan keyin ular chetga ketib rivojlanib ishlashga intilishadi. Ularda norozilikni kelib chiqish sababi arzon ishchi kuxhi bo’lib qoldi. 2000 yillardan to hozirga qadar oliy ta’lim bitiruvchilarining 70 %i yirik yirik kompaniyalarda ish faoliyatini ilib borishni istashadi, yoki o’zlarini yirik davlat organlari hodimi sifatida ko’rishni istashadi. Buning har doim ham iloji bo’lavermaydi. 2000 yildan boshlab so’nggi 19 yil davomida Koreyada ishsizlik 4.4% ni tashkil qildi. Bu 2019 yil yakuni uchun salbiy holatdir. Koreyada ish vaqti soati juda ko’p va u mehnatkashlar nomi bilan shuhrat qozonib, ish soatlari bo’yicha Kanada Yaponiya va AQSHni ortda qoldirdi. Koreya jamiyatiga nazar solsak ko’plab ota onalar o’z farzandlarini talab yuqori bo’lgan mutahassisliklarda o’qitishni boshlashadi, natijada obro’si baland universitetlarni bitirgan talaba yoshlar pastki qatlamlarda ishlashni istamay qolishdi. Ular o’zlariga mos keluvchi vakansiyalarni topishda muammolarga duch kelishmoqda. Koreyada doimiy nostandart ishsizlar mehnatga layoqatli aholining 21 %ini tashkil qiladi



Davlat aholi o’rtasida ishsizlikni bartaraf etish uchun “Mehnat modeli” dasturini tuzib chiqadi. Aholining qulayliklari uchun mehnat birjalarni tashkil qiladi. Bundan tashqari davlat pensiya fondini ham boshqaradi. Bunda davlatning yana bir vakili mavjud bo’lib, u bandlik va mahnat mubosabatlari vazirligi hisoblanadi.
Download 16.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling