Siyosiy va xalqaro munosabatlar tarixi
Download 24.19 Kb.
|
siyosatshunoslik
A.Qodiriy nomidagi JDPU tarix fakulteti tarix yo‘nalishi talabasi Keldiyarov Sharofning “Siyosiy va xalqaro munosabatlar tarixi” fanidan tayyorlagn MUSTAQIL ISH Topshirdi: Keldiyarov.Sh Tekshirdi: Toshboyev.J Mavzu:XVI asrlarda xalqaro munosabatlar va diplomatik xizmatlar Reja:
1.XVI asrda xalqaro munosabatlarning o‘ziga hos xususiyatlari. 2.XVI asrda xalqaro siyosiy munosabatlar munosabatlar 3.XVI asrning ikkinchi yarmida xalqaro munosabatlar va diplomatiya 15 asr oxirida yevropa yangi xalqaro munosabatlar doirasiga o‘tdi. Shu davrda ko‘p mamlakatlarda absolyut monarxiyalar vujudga kelishi uchun sharoit yaratilayotgan edi. Buyuk geografik kashfiyotlar Yangi Dunyo va Sharqni yevropaga yaqinlashtirdi. Ispaniya va Portugaliya Janubiy Sharqiy Osiyoda mustamlakachilik xukmronligini o‘rnatishdi. Yagona davlatning vujudga kelishi siyosat shaklini o‘zgartirdi. «Davlatning tashqi aloqalarga qiziqishi» deb baholangan bu siyosat barchaga ma'qul kelgan. Absolyut monarxik davlatlarning vujudga kelishi natijasida yirik davlatlar (Angliya, Fransiya, Ispaniya, Portugaliya, Daniya, Shvetsiya) o‘rtacha va mayda davlatlar bilan qarama-qarshi bo‘lib qoldi. 16 asrda diplomatik xizmat tashkil qilingan bo‘lib, ular markaziy va hududiy tashkilotlardan iborat bo‘lgan va yangi davlatlarning tashqi siyosatiga xizmat qilgan. O‘sha davrda sirli bo‘lgan diplomatik aloqalar bilan faqat shohning eng kishilarigina shug‘ullanishgan. Haqiqiy monarxik davlat tuzumiga sulolalar, hukmdorlar va ularning yaqinlari qiziqqqanlar. Bu holat monarxik davlatning tuzilishiga hos narsa hisoblanadi. 16-18 asrlarda yangi diplomatik tantanalar paydo bo‘lib, ular xalqaro siyosatda muhim rol o‘ynagan. Diplomatik muzokaralar olib boruvchi shoh yoki vazirga katta e'tibor berilib, ular o‘z davlatlarinng timsollari bo‘lishgan. Katta davlatlarning paydo bo‘lishi va ular o‘rtasidagi diplomatik aloqalar yangi qonun-qoidalarni vujudga keltirdi. Diplomatik qonunlar kengaya boshladi. 1582-yil Niderlandiyalik Baltazar Ayyala «Urush va harbiy ittifoqlar qonun-qoidalari to‘g‘risida» asar yozgan. 1585-yil Italiyalik Alberiko Jentilining «Elchixona haqida»gi kitobi juda keng tarqaldi. Xalqaro huquq to‘g‘risidagi fan bo‘yicha birinchi o‘rin Gugo Grotsioga tegishli. Gollandiyalik ushbu huquqshunosning tarixiy ishlarinng ma'nosi shuki-u o‘sha davrdagi to‘xtovsiz urushlar, talonchiliklarning oldini olishga harakat qilgan. U 1625 yilda «Urush va tinchlik huquqlari to‘g‘risida» kitob yozgan. Kitobning asosiy boblalari elchi huquqlariga bag‘ishlangan. O‘sha boblarda 17 asr boshlaridagi elchilar huquqlari bilan bog‘liq urf-odatlarga e'tibor berilgan. 17 asrda chiqa boshlagan asarlarda elchilarga qo‘llanmalar yaratishga e'tibor berildi, sababi elchilar o‘z vazifalarini yaxshi bilishlari kerak edi. Urush – o‘sha davrdagi tashqi siyosat ko‘rinishlaridan biriga aylandi. Urushlarning kelib chiqishiga chegaralar, sulolaviy ziddiyatlar va savdo-sotiq bilan bog‘liq masalalar sabab bo‘lar edi. 16 asrda yevropada asosan uchta holat urushga sabab bo‘ladigan bo‘ldi: Ispaniyaning savdo va mustamlakachilikka qiziqishlari; Angliya va Fransiyaning Italiya urushlariga qo‘shilishi; 16 asr 2-yarmida Ispaniya va Angliya o‘rtasidagi urush. Usmoniylar imperiyasi bilan yevropa mamlakatlari o‘rtasidagi ziddiyatlar. Shimoliy yevropa davlatlariningt Baltika hududlarida hukmronlikni qo‘lga kiritishi bilan bog‘liq masalalar. Hukmdorlarning diplomatik qiziqishlari, o‘z davlatlarini yangi yerlar hisobiga kengaytirishga bo‘lgan intilish 17 asr 2-yarmi va 18 asrdagi xalqaro munosabatlarga katta ta'sir qildi. Shu bilan birga katta kuch to‘plash uchun yangi omil vujudga keldi – dengizorti mustamlakachiligi uchun kurash, dengiz yo‘llariga ega bo‘lish, yevropa va boshqa uzoq hududlarda xom ashe bozorlariga ega bo‘lish kabilar. Mana shu omillar davlatlararo munosabatlarnigg muhimliligini ko‘rsatib beradi. 17 asr 2-yarmi va 18 asrlarda hukmronlik uchun markazlashgan davlatlar, umumdavlat va sulolaviy qiziqishlar kuchaydi. Bularning barchasi 18 asrdagi uchta yirik janglarda («Ispaniya vorisligi uchun kurash»-1701-1714; Shimoliy-1700-1721; Avstriya merosi uchun kurash-1740-1748), Angliya, Fransiya, Rossiya, Avstriya va Prussiya kabi buyuk davlatlarning Ispaniya, Portugalii, Daniya, Gollandiya, Shvetsiya kabi davlatlardan ilgarilab ketishida ko‘rinadi.Aynan birinchi besh davlat jahon xalqaro munosabatlar tizimini 18 asr o‘rtalaridan Buyuk Fransuz inqilobiga qadar bo‘lgan davrda aniqlashtirgan. Usmoniylar imperiyasi (Sharq) masalasi-xalqaro maydondagi yirik muammoga aylandi. Mana shu davrdagi xalqaro munosabatlarda yevropa davlatlari va Usmoniylar imperiyasi o‘rtasidagi munosabatlar muhim o‘rin tutadi. 17-18 asrlarda yevropa mamlakatlarining xalqaro munosabatlar geografiyasi kengayganligi ko‘zga tashlanadi. Ular yevropani markaz sifatida qolshiga harakat qilishdi, xalqaro munosabatlar alohida hududlarni-Yangi Dunyo (Amerika), Uzoq Sharq (Xitoy, Yaponiya), Afrikaning g‘arbiy va sharqiy qirg‘oqlarini qamrab oldi. Xalqaro munosabatlarnig yangi davrida mustamlakachilik muammoasi (xom ashe va bozorlarga ega bo‘lish) asosiy muammoga aylandi. Mustamlakachilik muammosi 17-18 asrlardagi xalqaro munosabatlarning muhim jihati bo‘lib qoldi. «Eski» mustamlakachi davlatlar Ispaniya va Portugaliyaga qarshi «yosh» mustamlakachilar Gollandiya va Angliya raqib bo‘lishdi, Fransiya ham bunda faol ishtirok etdi. Yangi Dunyo, Janubiy SharqIy Osiyo Hindiston, /arbiy Afrikada mustamlakachilik uchun shiddatli janglar kuchaydi. Bosib olish va talashlar manufakturaga asoslangan davlatlarga juda katta daromad keltirdi. Manna shu davrda mustamlaka mamlakatlar aholisi shafqatsizlarcha ekspluatatsiya, ochlik va qoloqlika duchor qilindi. 17-18 asrlardagi mustamlakachilik siyosati shiddatli raqibchilikni boshlab berdi, shu bilan birga ko‘plab harbiy to‘qnashuvlarni keltirib chiqargan-«savdo urushlari», yevropa davlatlari o‘rtasida mustamlaka va savdoda oldinda bo‘lish kabi (ingliz-golland, ingliz-fransuz, fransuz-golland…). Savdo-mustamlakachilik raqibchiligi bu davrdagi barcha yirik urushlarda muhim rol o‘ynagan (ispan vorisligi uchun, yetti yillik urush). Har bir mustamlakachi davlat mustamlaka bozorlarida yakka hukmdor bo‘lishga intilgan. Yangi paydo bo‘lgan mustamlakachi imperiyalar alohida mamlakatlardagi bir qator omillarga ta'sir ko‘rsatgan: mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasiga, egallangan yerlardagi aholi zichligi va rivojlanish darajasiga, jahon bozori mablag‘ini vujudga keltirish. 18 asr oxirida asosiy yevropa mamlakatlari siyosiy kuchlarining joylashuvida muhim o‘zgarishlar bo‘ldi. Angliyaning 1775-1783 yillarda Shimoliy Afrikada urush bilan band bo‘lishi uning yevropa qit'asida vaqtinchalik kuchsizlanishiga olib keldi. Amerika inqilobi «Shimoliy tuzumni» jiddiy sinovdan o‘tkazdi va XVIII asrda 80-yillarning boshida uning qo‘llashiga olib keldi. Rossiyaning xalqaro maydondagi ajoyib yutuqlari Angliyani darhol «sharqy masala» bilan shug‘ullanishga majbur etdi. Rossiyaning rus-turk va rus-shved urushidai yutuqlari yevropadagi xalqaro vaziyatni o‘zgartirdi. Markaziy yevropada Fransiyaning Avstriya-Prussiya bilan eski ziddiyatlarining keskinlashuvi va Anglii bilan mustamlakachilik bahsi Baltik hududi uchun kurash va «sharqiy» masalani ikkinchi darajaga tushirdi. Fransiya bilan kurash yevropa davlatlarining yangi guruhini chaqirdi, antifransuz ittifoqini vujudga keltirdi. 1792 yildan xalqaro munosabatlarning yangi davri boshlandi-inqiloblar, Napoleon urushlari davri; yevropa va Dunyo siyosiy haritasi yangitdan tuzildi. XVI-XVII asrning 1-yarmida хalqarо munоsabatlar va diplоmatiya. XV asr охiridan bоshlab Еvrоpa.хalqarо munоsabatlarning yangi bоsqichiga o’tdi. Bu davrga kеlib bir qatоr mamlakatlarda hududiy irlashish yakunlandi va davlatlarning butunlay shakllanishi uchun shart-sharоitlar vujudga kеldi. Tashqi gеоgrafik kashfiyotlar YAngi dunyo va SHarqni Еvrоpaga yaqinlashtirdi. Janubi-sharqiy Оsiyoning dеngiz yo’lida jоylashgan Ispaniya va Pоrtugaliya оkеan оrti davlatlari birinchi mustamlaka davlatlari sifatida nоm qоzоndi. XVI asrning ikkinchi yarmida Еvrоpa siyosiy maydоniga Buyuk Rus davlati chiqdi. SHu davrdan bоshlab o’zining siyosiy birlashishini tugatib, Rus оzmi-ko’pmi markazlashgan, kеyinchalik absоlyut davlatga aylandi. SHunday qilib, bu davrda Rоssiya kabi Angliya, Frantsiya, Ispaniya, Skandinaviya mamlakatlari markazlashgan davlatga aylangan, Gеrmaniya va Italiya siyosiy tarqоq hоlda qоlgan edi. Еvrоpa o’zining bunday siyosiy hоlatini XIX asrning ikkinchi yarmigacha saqlab qоldi. YAgоna davlatlarning shakllanishi bilan siyosat shakllari ham o’zgarib bоrdi. Siyosatda tashqi mе’yor sifatida “umummanfaati” darajasiga ko’tarilgan “davlat manfaati” faоliyat ko’rsata bоshladi. Absоlyut mоnarхiyalarning vujudga kеlishi bilan katta davlatlar (Angliya, Frantsiya, Ispaniya, Pоrtugaliya, Daniya, SHvеtsiya) o’rtasidagi ziddiyatlar birinchi o’ringa chiqdi. Unga o’rta va kichik mamlakatlar ham kеlib qo’shildi. XVI asr yangi davlatlarning tashqi siyosatiga хizmat qiladigan mahalliy va markaziy uyushmalarning, diplоmatik хizmatlarning ma’lum bir shaklga kirgan davri bo’ldi. Qirоllik sarоyi siyosatning vujudga kеlish markazi edi. Absоlyut mоnarхiya davrida nafaqat qirоl va uning sulоlasi manfaati ahamiyati, balki qirоlga ta’sir o’tkaza оladigan kishilar, ma’shuqalar va uddaburоn makkоrlarning ham ahamiyati bоr edi. Bunday hоlatlar davlat hоkimiyati shaklidagi absоlyutizmning o’ziga хоs ko’rinishi edi. XVII asrda Gеrmaniyaning ancha kattarоq knyazliklari chеt mamlakatlarga o’zlarining dоimiy vakillarini jo’nata bоshladilar. Gumanistlar ta’siri оstida har bir diplоmat uchun оzmi ko’pmi majburiy bo’lgan diplоmatik maktub va diplоmatik хabarlarning uslubi paydо bo’ldi. XV va XVI asrlarda Italyan hukmdоrlari gumanistlardan tashqi ishlarda o’zlarining kоtiblari sifatida fоydalanganlar va bu diplоmatiyaga nutqning nafis usuli bilan хatning kirib kеlishida yordam bеrgan. YAngi diplоmatik gapga chеchanlikning birinchi namоyandasi lоrеntiy kantslеri, mashhur gumanist Kоlyuchchо Salutati edi. Uning хatlari XVI asr diplоmatlari uchun o’ziga хоs namuna maktabi bo’lib хizmat qildi. Vеnеtsiya elchilarining хabarlari ham o’z davrida katta ahamiyat kasb etgan. Ularning tоr dоira kishilari uchun mo’ljallangan chеt eldagi hisоbоtlari kеng оmmaga yoyilib, bu hisоbоtlar to’plami XVI asrdanоq ma’lum va mashhur bo’lgan. Elchilikning оdat tusiga kirgan tartiblarida asta-sеkin ma’lum bir an’analar shakllana bоrgan. XVI asrga kеlib elchilar bilan оddiy vakil va jоsuslar o’rtasida jiddiy farqlar ko’rina bоshlagan. Elchilarni tayinlash huquqiga barcha hukmdоrlar ham ega bo’lavеrmagan. Muqaddas Rim impеratоri Karl V sarоyida faqat papa elchisi, frantsuz elchisi, o’z akasi Fеrdinand elchisi va Vеnеtsiya elchisi bo’lgan. Impеratоrga qaram bo’lgan hukmdоrlar faqat оddiy vakillarni saqlash huquqiga ega bo’lganlar. Davlatlar o’rtasidagi diplоmatik alоqalar hamma vaqt ham еtarli darajada bo’lmagan. Shu sababli ham dоimiy diplоmatik vakоlatхоnalar bilan bir qatоrda maхsus elchiхоnalar ham faоliyat ko’rsatgan. Bunday avqulоdda elchiхоnalar maхsus vоqеalarda: davlatlar o’rtasida bеvоsita muzоkaralar оlib bоrishda, yangi hukmdоrning taхtga o’tirish marоsimlarini o’tkazishda shay bo’lib turganlar. Maхsus elchilar bir qatоr qiyinchiliklarni ham kеltirib chiqarganlar. Favqulоdda elchilar o’z impеratоrlaridan bоshqa elchilardan farqli ravishda alоhida imtiyozlarni va birinchi o’rinni talab qilganlar. SHuning uchun ham ayrim katta davlat hukmdоrlari o’zlarining shaхsiyatiga zarar qilmaslik uchun оddiy elchilarni favqulоdda elchilar dеb e’lоn qilganlar. Bu an’ana XVII asrga kеlib kеng yoyilgan. Impеratоr Karl V davrida kirish va qabul paytida elchilarga ko’rsatiladigan hurmat-ehtirоmning qat’iy хaraktеrdagi shakli o’rnatilgan. Rasmiy tantana tartibida elchilari Ispaniyaga еtib kеlgan harbir davlatning ahamiyati inоbatga оlingan. XVI asrda Frantsiyada sеkin-sеkin elchilarni qabul qilish ishlari bilan shug’ullanadigan maхsus mansab shakllandi. XVI-XVII asrlarda papa sarоyida elchilarni qabul qilish bоrasida quyidagi tartib shakllangan edi: tantanali qabul marоsimi papa tоmоnidan uyushtirilgan. Elchi papani bоsh yalang, tik turgan hоlda tinglashi lоzim bo’lgan. Yirik davlatlar va Vеnеtsiya rеspublikasining elchilari Katta qirоl zalida, kichik davlat elchilari gеrtsоglar zalida qabul qilingan. Ayrim elchilarni papa o’z хоnasida qabul qilgan. Kipr qirоli unvоnini оlgan gеrtsоg Savоyskiy papadan o’z elchilarini Katta zalda qabul etishini so’ragan. Bu iltimоs rad etilgach, u ancha vaqtgacha papa huzuriga o’z vakillarini jo’natmay qo’ygan. Buyuk geografik kashfiyotlar davrida Evropa davlatlari diplomatiyasi. XV asr davomida portugaliyaliklar mavrlar bi-lan bo’lgan urush jarayopida va ular bilan olib borgan savdo-sotiq natijasida Afrikaning shimoli-g`arbiy qirg`oqlariga ki-rib bordilar. 1415 yilda Seutaning istilo qilinishi portuga-liyaliklarga Afrikaning g`arbiy qirg`oq sohili bo’ylab janubga tomon siljib borish uchun muhim baza yaratib berdi. XV 2-soragidan boShab G`arbiy Afrikada qirg`oq bo`yi hududlariga portugallar va ispanlarning kirib keliShi boShlandi. 1434-1482 yillar oralig`ida portugallar va isponlar Baxodor orolidagi Kongo daryosigacha bo`lgan barcha hududlarga o`rnaShib oliShdi. Zangori Missa orollari portugallar tomonidan 1450-62 yillarda qul savdosining 1-markaziga aylantirildi. Ayniqsa 1475 yil G`arbiy Afrika qirg`oqlariga suqulib kirib keliSh kuchaydi.Bunga sabab Lissabonlik savdogar Fernando Gomesning Ankobra va Vol`ta daryolari oralig`idan oltinga boy bo`lgan hududni topib olganligi bo`ldi. Bu hududda yaShovchi fanti qabilasi Afrika xalqlari ichida portugallarning qurboni bo`ldi. Portugallar Oltin Qirg`oqda 1482 yilda San Xorxeda Mina (Ellina) toSh fortini bunyod qiliShdi. Dastlabki vaqtlarda qul savdosi uncha muxum bo`lmagan, sababi Evropada bunga extiyoSh yo`q edi. 6-asrning oxirlariga qadar Portugaliya G`arbiy Afrikadamavjud bo`lgan yagona davlat edi. Portugallar Senegal va g`ambiya daryolari orqali qit`aning ichiga kirib boriShdi, ular 1534 yilda Mali, 1565 yilda esa Tombukgu hududlariga etib keliShdi. Portugallarning asosiy e`tibori quyi Gvineyaga qaratilgan edi. Ular bu xududni 4 qismga bo`liShdi va ularniana Shu yerda mavjud bo`lgan maxsulotlarning nomi bilan aytiShdi: Ziravorlar qirg`og`i, Fil suyagi qirg`og`i, Oltin qirg`oq, Tutqunlar qirg`og`i. Portugaliyalik savdogarlar asosan Oltin qirg`oq va Fil suyagi qirg`og`ida faolroq xarakat qiliShar edi. Ular Elminadan taShqari Aksim, SHame kabi fortlarni barpo qiliShdi. anubiy Nigeriya qirg`oqlari portugaliyaliklarni nixoyatda qiziqtirib qo`ydi. Kuchli yoruba davlatlari portugaliyaliklarini ichkariga kirib boriShga to`sqinlik qiliShgan. Benin davlati portugal maxsulotlari evaziga oz miqdorda ziravor beriShgan. Bu portugallarni 1486 yilda Gvato portida savdo punkti quriShga undadi, lekin bu port 1506 ylda taShlab ketildi, chunki u ko`p foyda bermas edi. Bundan taShqari ortugal maxsulotlari beninliklarin qiziqtirmas edi. Fernando Po va San Tome orollariga o`rnaShgan portugallar orollarda plantatsiya xo`jaligini yo`lga qo`yiShdi. Benin Niger va J.Nigeriya bilan bo`lgan uruShlarda asir tuShganlarin portugallarga sotgan. Ular esa qullarni ShakarqamiSh plantatsiyalarida iShlatiShgan va Oltin qirg`oqda sotiShgan. Portugallarning asosiy foyda oliSh Braziliyani kolonizattsiya qiliniShidan boShlandi. Bu davrda Ispaniya, Angliya, Frantsiya tomonidan egallangan Amerika yerlarida plantatsiya xo`jaligi rivojlangan edi. Qullarga talab kuchli edi. Bu Yevrorpa istilochilari o`rtasida qul savdosini kuchaytirdi. Faqatgina portugallarning o`zi 1530-1600 yillarda 900 ming Afrikalikni Amerikaga olib keldi. 1610 yilda portugaliya monapoliyasi tugatildi. Bunga gollandlarning Vest-Indiya kompaniyasining g`arbiy Afrikadagi fortlarni istilo qiliSh sabab bo`ldi. 17-asr 1-yarmida gollandlar Afrikalilarni ispan koloniyalariga jo`natiSh bo`yicha birinchilikni oliShdi. G`arbiy va Markaziy Afrikdagi Gollandiya, Angiliya, Fransiya, Ispaniya,Daniya, Brendenburg o`rtasida qus savdosidagi monopoliyani qo`lga kiritiSh uchun kuraSh qizib ketdi. Angliya va Frantsiya yirik savdo kompaniyalarini tuziShda va ularga ko`p huquqlar berib qul savdosidagi monopoliyaga aylantirdilar. 1664 yil taShkil etilgan fransuzlarning va Angliyaning 1672 yil «Qirollikning Afrika kompaniyasi» Shunday edi. Fransuzlarning tanch nuqtasi Senegal xavzasi edi. Frantsuzlarning 1- postlari 1630 yil Senegalda qurildi. So`ngra Sen-Luida, gollandlardan tartib olingan Arguln va Gorida ham postlar qurildi. Gori tezda fransuzlarning G`abiy Afrikadagi asosiy bazasiga aylandi. IShchi kuchiga bo`lgan extiyoj qul savdosini o`siShShiga olib keldi. 17-asrda Amerikaga 2 mln.7500 ming qul kelirilgan. Bu Afrika xalqlari uchun fojiyaga aylandi. ZamindoShlarning guvoxlik berishicha har 6-ta Afrikalik yo`lda xalok bo`lgan.Qul savdosi natijasida G`arbiy Afrikada iShlab chiqariSh va mudofaa soxasi iqirozga uchradi va urf-odatlarni salbiy tomonga o`zgariShiga ma`naviy ta`sir ko`rsatdi.Portugaliyada dengiz sayohatlariga hukumatning o’zi homiy-lik qilardi. Infant (Shahzoda) Genrix-Dengiz sayyohati (1460 yilda vafot etgan) G`arbiy Afrika qirg`oq bo’ylarini tekshirish uchun katta flot qurdi. 1445 yilda shahzoda Genrix hali hayot ekanligida portugaliyaliklar YAshil Burunni ochdilar. 1471 yilda ular Gvineyaga borib yetdilar va u yerda Oltin qirg`oq deb atalgan joyda kuchli harbiy faktoriya urdilar. Portugaliyaliklar janub tomonga siljishni davom ettirib, 1486 yilda Afrikaning janubidagi Bartolomeo Dias (1459-1500) tomonidan kashf etilgan YAxshi Umid buruniga borib yetdilar. SHundan keyin qidirilayotgan Hindistonni topish ham qiyin bo’lmay qoldi. Vasko da Gama (1469-1524) boshchiligida to’rtta kemadan iborat kichik bir flotiliya 1497 yil yozida Lissabondan chiqib, 1498 yil bahorida Hindistonning g`arbiy qirg`oqlariga borib yetdi va Kalikuta shahriga tushdi. 1499 yilning avgustida sayyohlar kemalarga oltin va hind ziravorlarini ortib qaytib keldilar. Ikki yil davom etgan mashaqqatli dengiz sayohati vaqtida komapdaning 168 a’zosidan faqat 55 kishi tirik qoldi. Vasko da Gamaning kashfiyoti Portugaliyada g`oyat katta ta’-sir qoldirdi. Bu kashfiyot munosabati bilan Portugaliya qiroli Monoelga (1495-1521) «Baxtiyor» laqabi berildi va «Hin-diston hokimi» degan unvon oldi. Keyinchalik Portugaliyaning eng atoqli shoirlaridan Luis Kamoens Vasko da Gamaning sayohatiga atab «Luziana» degan katta bir doston yozadi (1572). Klassik dostonlar «Iliada», «Odisseya» va “Eneida”ga taqlid qilib, Kamoens o’z dostonini bunday deb boshlaydi: «Men Portugaliya qirg`oqlaridan chiqib, noma’lum dengizlar orqali yerning narigi tomoniga ketgan mashhur qahramonlar haqida ...mislsiz botirlik ko’rsatgan, dong`i ko’klarga yetuvchi yangi imperiyaga negiz solgan yengilmas jangchilar haqida kuylamoqchiman». Hindistonning g`arbiy va qisman sharqiy qirg`oq bo’ylarini, shuningdek, Malakkani portugaliyalik boshqa admirallar -Almeyda (Portugaliya qirolining Hindistondagi birinchi noi-bi (1505-1508) va Albukerk (1509-1515) batamom bosib ola-dilar. Download 24.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling