Siz abituriyentmisiz? Sizga tarix fanidan testlar kerakmi Bizning kanal
Download 18,58 Kb.
|
O‘z .test 7 s 1-8 m 13158
Siz abituriyentmisiz? Sizga tarix fanidan testlar kerakmi??? Bizning kanal @Tarixdan_fanidan_test_variantlar 7-sinf O’zbekiston tarixi 2017-yil nashr 1-8-mavzulardan 1.Quyidagilardan qaysi biri zamonasining o‘ta murakkab hayoti, din-u e’tiqodi va tashqi mamlakatlar bilan olib borilgan aloqalardan hikoya qiluvchi manbadir? A) Haykaltaroshlik B) Musiqa C) Devoriy tasvirlar D) badiiy yog‘och o‘ymakorligi san’ati 2. Quyidagilardan ilk o’rta asrlarda shaharsozlikning o‘zagi bo‘lganini aniqlang? A) Rabot B) Kuhandiz C) Shahriston D) Binokorlik 3. Quyidagilardan qaysi birida ilk o’rta asrlarda asosan boy tabqa vakillari istiqomat qilganligini aniqlang? A) Rabot B) Kuhandiz C) Shahriston D) Hukumdor qasri va ibodatxonalarda 4. Quyidagilardan qaysi birida ilk o’rta asrlarda asosan hunarmandlar, dehqonlar yashagan? A) Rabot B) Kuhandiz C) Shahriston D) Hukumdor qasri va ibodatxonalarda 5. Qachonga kelib dehqonchilk maydonlari kengayib, mahsulotlarning ortib borishi, hunarmandchilik buyum va jihozlarga bo‘lgan ehtiyoj, savdo-sotiqning avj olishi shaharlarning ravnaqiga ta’sir etdi? A) V- VII asrlar B) VI- VII asrlar C) VIII-IX asrlar D) IV- VI asrlar 6. Quyidagi ilk o’rta asr davlatlaridan qaysi biri Markaziy Osiyoda budda va moniylik dinlarini tarqalishi va rivojida muhim ahamiyat kasb etgan? A) Sug’d B) Farg’ona C) Toxariston D) Choch va Eloq 7. VI–VII asrlarda O‘rta Osiyoda zardushtiylik, buddaviylik, nasroniylik,hinduiylik,moniylik, qam (shomoniylik) kabi bir nechta mahalliy va boshqa o‘lkalardan kirib kelgan dinlar mavjud bo‘lmaganini aniqlang? A) zardushtiylik B) buddaviylik C) hinduiylik D) qam (shomoniylik) 8. Quyidagi yozuvlardan qaysi biri G’arbiy Osiyoda vujudga kelgan? A) Sug’d B) Baqtriya C) Oriylar D) Oromiy 9. Ilk O’rta asrlarda Istehkomli qasr, qo‘rg‘on va ko‘shklar quyidagi qaysi vazifani bajarmagan ? A) dushman hujumiga qarshi mudofaa inshooti B) chokarlar to‘planadigan joy C) ma’muriy markaz D) oziq-ovqat va qurol-yarog‘ saqlanadigan ombor E) HJT 10. Qachonga kelib ko‘chmanchi chorvadorlarning O’rta Osiyoga kirib kelishi va o‘troqlashuvi shahar va ishloqlarning qiyofasi hamda aholisining turmush tarzi va ijtimoiy ahvoliga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi? A) V–VI asr lar B) IV–VII asr lar C) V–VII asr lar. VI–VII asr lar 11. Ilk O'rta asrlarda Xat, hujjat va ayrim axborotlar kabi maktubotlar asosan nimaga yozilganligini aniqlang? A) charm, yog‘och, sopolga B) charm, yog‘och, qog’oz C) charm, qo’g’oz, sopolga D) qog’ozga 12. Ilk O’rta asrlarda kimlarning asosiy vazifasi fuqarolardan boj, soliq va yasoq larni o‘z vaqtida yig‘ib olish, jamoat ishlariga ularni safarbar etishdan iborat bo‘lgan? A) boshqaruv ma’muriyatining B) tudunlarning C) qishloq hokimlarining D) shahar oqsoqollarining 13. Ilk O’rta asrlarda quyidagi qaysi davlat hududidan karvon yo’lining otishi uning aholisini ko’payishiga olib keladi? A) Toxariston B) Farg’ona C) Choch va Eloq D) So’gd 14. Ilk O’rta asrlarda Choch va Eloq sertarmoq xo’jalikga ega bo’lib quyidagi qaysi yuksak darajada rivojlanmagan edi? A) sug‘orma dehqonchilik, B) chorvachilik C) hunarmandchilik D) zargarlik 15. Quyidagi qaysi davlat hukumdori ilk o’rta asrlarda Chochda hukmdor va malika uchun bu yerda o‘ziga xos qarorgohlar bino qildiradi? A) Sharqiy Turk hoqoni B) Eftallar hukumdori C) Arab xalifasi D) G’arbiy turk hoqoni 16. Ilk o’rta asrlarda quyidagi qaysi davlat hududida joylashgan Qurama va Qoramozor tog‘lari yon-ba g‘irlarida qadimdan yilqichilik bilan shug‘ullanilgan? A) Toxariston B) So’g’d C) Farg’ona D) Choch 17. Quyidagi ilk o’rta asr davlatlaridan qaysi biri aholisining asosiy qismi o‘troq dehqonchilik bilan shug‘ullanish bo’lgan? A) Eftallar B) Xiyoniylar C) Kidariylar D) Toxariston 18. Quyidagi ilk o’rta asr davlatlaridan qaysi biri Qo‘shni mamlakatlarga bo‘yoq, rangli shisha buyumlar va dori-darmonlar chiqargan? A) Toxariston B) Farg’ona C) Choch va Eloq D) So’gd 19. Ilk o’rta asrlarda Toxariston davlati quyidagi qaysi hudud bilan chegaralanmagan edi? A) Shimoliy Afg‘oniston B) Po mir bilan C) Samarqand D) Hindikush 20. Ilk O’rta asrlarda quyidagi qaysi davlatda aholi chorvachilikda hisori qo‘ylari va otlari bilan juda mashhur edi? A) Toxariston B) So’g’d C) Farg’ona D) Choch 21. Quyidagi qaysi voqealar ayni bir vaqtda bo’lganligini aniqlang? 1. O‘rta Osiyoda, bir tomondan, yerga egalik qilish munosabatlarining o‘rna ti lishi va mustahkamlanib borishi 2. O‘rta Osiyoda zardushtiylik, buddaviylik, nasro niylik, moniylik, qam (shomoniylik) kabi bir nechta mahalliy va boshqa o‘lkalardan kirib kel gan dinlar mavjud bo‘lgan 3. dehqonchilk maydonlari kengayib, mahsulotlarning ortib borishi, hunarmandchilik buyum va jihozlarga bo‘lgan ehtiyoj, savdo-sotiqning avj olishi shaharlarning ravnaqiga ta’sir etdi 4. mamlakat 15 dan ortiq hokimliklarga bo‘linib ketgan edi 5. Chirchiq, Zarafshon, Qashqadaryo va Amudaryo hav zalarida o‘ndan ortiq voha hokimliklari mavjud edi 6. sug‘d, xorazm va eftal yozuvlari tarqalgan A) 1.2.3 B) 2.3.6 C) 1.3.4 D) 1.5.6 22. Turk xoqonligini tobora zaiflashtira borgan sababni aniqlang? A) Bo‘ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali bosh qaruv tartibi B) Vizantiya, Xitoy va Eron bilan doimiy raqobat C) Katta-katta qabilalar yoki qabilalar ittifoqi markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslikka intilganlar D) Pulning qadrsizlanishi 23. Qaysi voqeadan keyin Eron Amudaryodan to Suriyaga qadar Ipak yo‘li ustidan o‘z nazoratini o‘rnatdi? A) Turklar mag;lub etilganidan so’ng B) Eftallar davlati qulagach C) Xioniylar davlati qulagach D) Kidariylar davlati qulagach 24. Turklar Choch shahrini ishg;ol qilganlaridan keyin qayerga bostirib kirganligini aniqlang? A) Buxoroga B) Balxga C) Zarafshon vodiysiga D) Xorazmga 25. Qaysi voqeadan keyin sosoniylar Toxariston va Chag‘oniyonni eftallardan tortib oladilar? A) turklar Sirdaryo va Orol dengizi bo‘ylarigacha cho‘zilgan keng o‘lkalarni egallashi B) turklar 563-yilda eftallar davlati yerlariga bostirib kirishi C) Turklar va Eron sosoniylari o’rtasida shartnomaning imzolanishi D) Turklarning Samarqand, Kesh va Naxshabni egallashi 26. Quyidagi qaysi yozuv Baqtriya yozuvi asosida shakllanganligini aniqlang? A) sug‘d B) xorazm C) eftal D) Kushon 27. Quyidagi qaysi ilk o’rta asr davlatida aholi gavjum yashagnligini aniqlang? A) Toxariston B) Farg’ona C) Choch va Eloq D) So’gd 28. V asr oxiri VI asr boshlarida qaysi viloyatlarida hashamatli binolari bo‘lgan alohida-alohida qo‘rg‘onlar yuzaga kelganligini aniqlang? A) Xorazm, So‘g‘diyona, Choch, Baqtriya B) Xorazm, So‘g‘diyona, Poykand, Baqtriya C) Xorazm, So‘g‘diyona, Choch, Toxariston D) Xorazm, Farg’ona, Choch, Baqtriya 29. Ilk O’rta asrlarda Eftallarda taxtga nomzodni aniqlab beruvchi Kengash tarkibi kimlardan iborat bo’lganligini aniqlang? A) saltanatning mo‘tabar namoyandalari hamda sulolaning obro‘li a’yonlaridan B) mahlliy xonadon vakillari, sulolaning obro’li a’yonlari C) sulolaning mo‘tabar namoyandalari hamda saltanatning obro‘li a’yonlaridan D) mamlakatning obro’li xonadon vakillari va saltanatning mo’tabar ayonlari 30. Quyidagi qaysi davlatining dastlabki poytaxti Buxoro yaqinidagi Poykant va Varaxsha shaharlari bo‘lgan? A) Xioniylar B) Ga’rbiy Turk hoqonligi C) Eftallar D) Toxariston 31. Quyidagi qaysi davlatining markazi Zarafshonda joylashgan edi? A) Kidariylar B) Xioniylar C) Eftallar D) Xorazm 32. V asrning o‘rtalariga kelib, garchi ekin yerlarining ma’lum bir qismi mulkdor dehqonlar qo‘l ostidagi mulklardan iborat bo‘l sa ham, ammo ziroatkor vohalardagi sug‘oriladigan yerlarning asosiy qismi hali ham kimlarning qaramog‘ida edi ? A) dehqonlar B) qishloq jamoalarining C) qishloqning yirik tabaqa vakillari D) Erkin qo’shchilar 33. Ilk O’rta asrlarda shaharlarda aholining ko‘payib borishi, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning rivoj topishi bilan qishloq xo‘ jalik mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj ortib borgan. Natijada…? A) Mamlakatning dasht va tog‘oldi mintaqalarida yashovchi ko‘ch manchi va yarim ko‘chmanchi aholining o‘troq hayot tarziga o‘tishi kuchaygan B) Mamlakat iqtisodiyoti gullab yashnaydi C) qishloqlarning nufuzi ko‘tarildi D) Mamlakatda chorvador aholining ro’li ortadi 34. 2014-yilning 15–16-may kunlari Samarqandda xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Konferensiyada mamlakatlardan sharqshunos olimlar, nufuzli xalqaro tashkilot vakillari, ilmiy markazlar mutaxassislari ishtirok etdilar? A) oltmishga yaqin B) qirqga yaqin C) yetmishga yaqin D) ellikka yaqin 35. Qaysi omil ilk o’rta asrlarda aholi o‘rtasida tabaqalanishni yanada keskinlashtirgan? A) yerda ishlash tartiblarining tubdan o‘zgarishi B) shaharlarning gavjumlashuvi C) qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan talabning ortishi D) mehnat qurollarining takomillashuvi natijasida 36. Ilk O’rta asrlarda kimlar suvdan dehqonchilikda bemalol foydalanish, suv taqsimotini nazoratga olib, qishloq aholisi ustidan o‘z ta’sirini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lganlar? A) Dehqonlar B) Kashovarz C) Qishloq oqsoqollari D) Chokarlar Download 18,58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling