Siz informatika va axborot texnologiyalarini fani ta’lim tizimiga kirib kelishi va rivojlanishi tarixi haqida ma’lumot


Informatika faniga oid kompetensiyalar: Axborotlarni elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi –


Download 313.96 Kb.
bet43/61
Sana04.11.2023
Hajmi313.96 Kb.
#1745724
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   61
Bog'liq
Siz informatika va axborot texnologiyalarini fani ta’lim tizimig-fayllar.org

Informatika faniga oid kompetensiyalar: Axborotlarni elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi –Axborot manbalarini bilish, axborotlarni saralash, axborotni tasvirlash, axborotni kodlash, axborotli model, axborotni qayta ishlash vositalari, ta’limiy axborot resurslar, Internet, Internetdan ma’lumotlarni olish usullari. Axborot bilan ishlashda odob-axloq normalari, multimedia texnologiyalari, hujjat yaratish, elektron pochta orqali muloqot qila olish va viruslardan axborotni himoya eta olish layoqatini hosil qilish.


  1. Elektron vositalarda axborotlarni qayta ishlash kompetensiyasi- matnli axborotni tahrirlash (formatlash, grafik elementlarni yasash, jadvallar hosil qilish, formulalar kiritish) grafik axborotni tahrirlash (grafik fayllarda matn kiritish va uni formatlash, grafik shakllarni o‘zgartirish, ranglar bilan ishlash, animatsiya ssenariylarini yoza olish, fayllarni arxivlash (rar, zip arxivatorlarni ishlata olish)va h.k. layoqatini hosil qilish.


  2. Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi -texnologiyalar orqali axborotlarni uzata olish, axborot xavfsizligini ta’minlay olish, elektron pochta bilan ishlay olish, faksda axborot uzata olish, video konferensiya orqali axborot uzata olish, huquqiy va ahloqiy me’yorlarni bilish, mualliflik huquqlarini bilish, erkin foydalaniladigan dasturlar, tijorat dasturlari, dasturlar litsenziyalarini farqlash va h.k.layoqatini hosil qilish.


4. Informatik bilimlarni amaliyotda qo‘llash kompetensiyasi-Kompyuterni elektr manbaiga to‘g‘ri ulash va o‘chirish. Axborot va u bilan bajariladigan jarayonlarni (axborot yig‘ish, qayta ishlash, uzatishda axborot vositalaridan foydalana olish, kompyuterni qurilmalarini ishlata olish, Matn muharriri va Grafik muharririda hujjat tayyorlash. Boshqarish dasturini ishga tushurish, axborotlarni kompyuterda tasvirlash, kodlashga oid masalalarni echishni bilish. Sanoq sistemasida amalda bajara olish. Elektron jadvalda masalalarni bajara olish. Taqdimot slaydlarni tayyorlash. Algoritm tuzish, dasturlash tilidan birida masalaga dastur tuza olish bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini kundalik amaliy hayotda qo‘llay olish layoqatini hosil qilish.
Darslikka ta’lim standartlarida belgilab berilgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar singdirilishi shart bo‘lib, u muayyan yo‘nalishdagi bilimlar berishdan tashqari, o‘quvchilarda olamni, tabiat va jamiyatni idrok etishgaoid tabiiy va ijtimoiy fanlarga oid tushunchalarni shakllantirishga xizmat qilishi kerak.
Xorijiy olimlaridan D.Gibbons, D.Kreven va A.Amacdo kabilarning zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning tasnifiga oid ishlari, rus olimlari A.A.Andreev, V.P.Bespalko, K.E.Demixov, S.YA.Egorov, S.A.Zolotaryova, V.I.Smirnov, L.I.Tyurina, A.V.Xutorskoy kabilarning o‘quv adabiyotlari yaratishni takomillashtirishga unga daxldor fanlar tasnifiga oid o‘quv adabiyotlari hamda ilmiy tadqiqotlari, respublikamiz olimlari A.A.Abduqodirov, M.Aripov, A.B.Ahmedov, F.B.Badalov, B.Boltaev, B.A.Begalov, R.R.Boqiev, A.R.Maraximov, S.I.Raxmonqulova, A.Sattarov, U.YU.YUldashev, T.X.Xolmatov kabilarning uzluksiz ta’lim tizimida informatika va unga oid fanlarni o‘qitish muammolariga bag‘ishlangan tadqiqotlari, maqola, qo‘llanma va darsliklarini o‘rganish “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘rganishdagi ayrim muammolarni echimini topishga yordam beradi.
3.2.1.9-mavzu: Umumta’lim maktablariga kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim tizimini kirib kelishining tahliliy mulohazalari va kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standarti.

Download 313.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling