Siz ma’ruzachining oʻrnida boʻlsangiz, qolgan vaqtni qanday oʻtkazgan boʻlar edingiz? Muammoli vaziyatga kreativ yechim berishga harakat qiling


Download 31.24 Kb.
Sana07.02.2023
Hajmi31.24 Kb.
#1175170
Bog'liq
Metodologiya kazuslar



KAZUS1
Toshkent davlat yuridik universiteti Umumta’lim fanlar va madaniyat kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi Dilnavoz Tojiboyevadan Toshkent shahar Bojxona boshqarmasi ma’muriyati korrupsiya va unga qarshi kurash mavzusida 20 daqiqalik taqdimot qilib berishni iltimos qildi. D.Tojiboyeva bir kun davomida yaxshilab tayyorlandi, birinchi navbatda, mavzu boʻyicha materiallar toʻpladi va taqdimot ssenariysini tuzib oldi. 20 daqiqaga rejalashtirilgan taqdimot vaqtida yakunlandi. Ammo, hali qarsaklar tugamasidanoq, tashkilotning ushbu tadbirga mas’ul xodimi ma’ruzachining yoniga yugurib keldi. Hayajondan titraganicha, D.Tojiboyevaga, uning taqdimoti tadbirda rejalashtirilgan yagona taqdimot ekani, taqdimotni 20 minutga rejalashtirish kerakligini adashib aytib yuborganini tushuntirdi. Tadbir esa yana 20 daqiqa davom etishi kerak ekan…
Savollar:

  1. Siz ma’ruzachining oʻrnida boʻlsangiz, qolgan vaqtni qanday oʻtkazgan boʻlar edingiz? Muammoli vaziyatga kreativ yechim berishga harakat qiling.

  2. Korrupsiya mavzusi boʻyicha prezentatsiyaga, qiziqarli nom tanlash talablariga amal qilgan holda, 4 ta oʻziga tortuvchi nom toping.

  3. Ma’ruzachi D.Tojiboyeva prezentatsiyaga tayorlanish talablariga amal qildimi? Prezentatsiyaga tayyorgarlik jarayonini ketma-ketlikda bayon qilib bering.

1.Ma’ruzachi Tojiboyevaning 20 daqiqaga rejalashtirilgan taqdimot vaqtida yakunlandi. Ammo, hali qarsaklar tugamasidanoq, tashkilotning ushbu tadbirga mas’ul xodimi ma’ruzachining yoniga yugurib keldi. Hayajondan titraganicha, D.Tojiboyevaga, uning taqdimoti tadbirda rejalashtirilgan yagona taqdimot ekani, taqdimotni 20 minutga rejalashtirish kerakligini adashib aytib yuborganini tushuntirdi. Tadbir esa yana 20 daqiqa davom etishi kerak ekan. Agar men ma’ruzachi Tojiboyevaning o’rnida bo’lganimda audidoriya bilan aloqa saqlagan holda ularning qiziqqn savollariga javob berishim yoki o’tkazilgan taqdimot bo’yicha o’z firklarini bildirishlarini so’ragan bo’lar edim . Yana ushbu mavzuga taaluqli biror bir hikoya yoki hayotiy olingan misollarni aytib o’tgan bo’lar edim .


2 . Ushbu savolga toliq javob berish uchun dastlab prezintatsiya nima ekanligiga aniqliq kiritib olsak Prezintatsiya bu-axborotni taqdim etish usuli . Axborot ko’rgazmali va ishonchli taqdim etislishi kerak. Taqdimot turli maqsadlarda otkazilishi mumkin biror nimani targ’ib qilish yoki tanishtirish shular jumlasidan .prezintatsiyaga qiziqarli nom tanlash uchun raqamlar savol korinishudagi sarlavha yoki biror mashxur qo’shiq yoki filmning mashhur jumlasi olish mumkin.Korrupsiya mavzusiga creative nom tanlaydigan bolsak 1.” 0 % korrupsiya 100% foiz taraqqiyot “ 2.”Korrupsiya nima?” ma’lumot o’rnida muvoffaqiyatli chiqqan 16 ta presiztatsiyadan 8tasining nomi aynana savollar yordamida tayyorlangan . 3. “Korrupsiya bu taraqqiyot kushandasi “ .4. “Korrupsiya bu jamiyat tanasidagi yara “ .Agar men korrupsiya haqida taqdimot qilmoqchi bo’lganimda manashu sarlavhalardan birini tanlagan bo’lar edim.

3.Ma’ruzachi D.Tojiboyeva bir kun davomida yaxshilab tayyorlandi, birinchi navbatda, mavzu boʻyicha materiallar toʻpladi va taqdimot ssenariysini tuzib oldi.Tojiboyeva prezintatsiya tayyorlash talablariga qisman amal qilgan desak to’g’ri bo’ladi .Faqat u birinchi navbatta auditoriyani o’rganishi kerak edi . buning muhimligi shundaki,tinglovchilarning Yoshi jinsi kasbi va qiziqishlaridan kelib chiqib ularga qanday taqdimot tayyorlash kerak ekanligini bilib olish mumkin. Bu prezintatsiyaning muvofaqqiyatli bo’lishiga olib keladigan omillardan biridir . Keyin esa maqsad aniqlab olish zarur . ma’ruzachi tinglovchilarni nimani tushunishlari va undan nimani qabul qilishlarini xoxlaydi ? Maqsadni aniqlash prezentatsiya tayyorlashda to’g’ri yo’nalishni tanlashga yordam beradi . Maqsadlar ham turlicha bo’lishi mumkin Misol uchun boshqalarni o’z nuqtai nazariga ishontirish Maqsadning katta bo’lishi emas uning aniq bo’lishi juda muhim . Uchinchi o’rinda esa kerakli materiallarni tanlash va ularni ajratish kerak . Ko’plab ma’lumotlar orasidan sizga kerakli bolgan va eng samaralilarini ajratib olish kerak .Albatta ular auditoriya va maqsadga ham muttanosib ravishda tanlanishi muhim . So’ngi bosqichda taqdimotning ssenariysi tuzib chiqiladi.Ssenariy tuzishning ahamiyatli jihati shundaki ,beradigan malumotlarni maruzachi adashmasdan aniq tartibda keltirishiga yordam beradi . Shuningdek ssenariy ma’ruzachi o’zini iqulay va hayajonsiz tutishga yordam beradi.



Download 31.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling