Siz nima uchun media savodxon bo'lishingiz kerak


Download 10.41 Kb.
bet2/2
Sana20.06.2023
Hajmi10.41 Kb.
#1632816
1   2
Bog'liq
VIRTUAL O\'YINLARNING ASORATLARI.

Ko‘rinib turibdiki, o‘smirlik davrida tarbiyaga jiddiy yondashmaslik, farzandning xatti-haraktlariga nisbatan befarqlik natijasida ko‘pchilik hollarda farzandni qo‘ldan chiqarish mumkin. Zero, «o‘yinbozlik»ning oqibati yoki turli informatsion o‘yinlarga mukkasidan ketish natijasida nafaqat mutaassiblik, balki turli xil kasalliklarning kelib chiqishi ham kuzatilyapti. Ya’ni internet o‘yinlariga ishqibozlik oqibatida miya faoliyati bilan bog‘liq insult, ludomaniya, ruhiy kasalliklar, aksariyat hollarda yuragi yorilib o‘lish kabi salbiy oqibatlar ko‘zga tashlanyapti. Bu esa rivojlanib borayotgan davlatimiz uchun eng katta tahdidlardan biri hisoblanadi. Demak, tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish, farzand tarbiyasini doimiy nazorat qilish g‘oyat muhim. Farzandga internetni butunlay cheklash mumkin emas.

  • Ta’qiqlangan narsaga nisbatan bolada qiziqishning kuchayishi tabiiy. Turli xil kompyuter o‘yini, ya’ni «aksion», «strategiya» yoki «shuter» kabi bir qator o‘yinlarning qay biri bo‘lishidan qat’iy nazar bolani jazavaga tushish, tajovuzkorlik, ruhiy buzilishlardan asrash uchun internetdan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatish muhim. Boshqacha aytganda, internet global tarmog‘i insoniyat hayotiga qandaydir o‘yinlarni o‘ynab huzurlanish uchun emas, balki ilm-fan taraqqiyotiga xizmat qiladigan ilmiy ma’lumot va axborotlarni olish imkonini yaratish maqsadida kirib kelgan.
  • Darhaqiqat, bolaning fiziologik va aqliy rivojlanishi bevosita tarbiya jarayoniga bog‘liq. Bu jarayonni ota-onalar mas’uliyat bilan sidqidildan amalga oshirishga majburdirlar. Azaldan farzand tarbiyasida muhim o‘rin egallab kelgan, uning dunyoqarashi shakllanishiga xizmat qiladigan, faoliyat mezonini ezgulikka yo‘naltiradigan milliy o‘yinchoqlar o‘rnini qandaydir odam o‘ldirib huzurlanishga yo‘naltirilgan internet o‘yinlari egallab olishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ma’lumki, o‘sib kelayotgan bola beg‘ubor bo‘lgani bois ro‘parasidagi odamdan yomonlikdan kutmaydi. Xuddi shu tariqa bola uchun qiziqarli bo‘lgan o‘yinlarning salbiy oqibatlarga olib kelishi uning xayoliga ham kelmaydi. Ularni hushyorlikka o‘rgatish, tushuntirish ishlarini olib borish, eng asosiysi, ko‘ziga chiroyli ko‘ringan narsalarga mahliyo bo‘lib ketadigan darajada nodonlik botqog‘iga botmasligining oldini olish ota-ona va pedagoglarning jamiyat oldidagi ajralmas burchidir. N. Komilov ta’kidlaganidek: «Odam qanchalik nodon bo‘lsa, u xurofotga, so‘zlar sehriga, shakllarga mahliyo bo‘ladi, rasm-rusumga, aqidalarga shuncha beriluvchan bo‘ladi. Va, aksincha, odamning ma’rifati, bilimi oshgan sari, u ...mazhabparastlikdan, aqidaparastlikdan yuqori ko‘tarilaveradi...». Barkamol avlod tarbiyasida oila ilk maktab vazifasini o‘taydi. Bolani yoshligidan yolg‘on gapirmaslikka, to‘g‘ri fikrlashga, har bir narsadan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish, Vatanga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish dastlab oilada amalga oshiriladi. Farzandlarimizni internet boshqarishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Shunday ekan, farzandlarimizni ko‘zlariga chiroyli ko‘ringan narsaning tashqi tomoniga emas, balki mohiyatiga e’tibor berishga o‘rgatish, “o‘yinbozlik” kasaliga duchor bo‘lishdan asrash uchun barchamiz birdek mas’ulmiz. Internet-bu davr talabidir. Hozirgi kunda internet hayotimizning bir bo‘lagiga aylangan. 

Internet-bizlar uchun juda ham еngilliklar va qulayliklarga egadir. Uzog‘imizni bizga yaqin qiladi va o‘zimiz uchun kerakli barcha ma’lumotlarni internet orqali izlab topmoqdamiz. Internetdan qanday foydalanish o‘zimizning qo‘limizda. Har bir narsaning o‘ziga yarasha foydasi bo‘lgani kabi, shunga yarasha zarari ham bor. Hozirda internetdan hammaham yaxshi maqsadda foydalanmayapti. Internetdagi vertual video o‘yinlar yoshlariga o‘z ta’sirini o‘tkazyati. Ularning ma’naviy ongiga va ruhiyatiga futur еtkazyapti. Bu vertual o‘yinlarni Amerika tibbiyot uyushmasi videoo‘yinlarga berilib ketishni rasman aqliy zaiflik kasalliklari qatoriga kiritish niyatida. Shifokorlarning fikricha, bu kasallik kuniga ikki soatdan ortiq o‘yin o‘ynaydigan har qanday kishi salomatligiga xavf soladi. Bu internetdan ko‘ngilxushlik izlaydiganlarga ham tegishli. Kompyuter o‘yinlarining keragidan ortiq mashhur bo‘lib, ommalashib ketgani va yoshlarga salbiy ta’siri tibbiyotchilarni ko‘pdan beri tashvishga solib kelayotgan muammolardan biridir. Hozir dunyodagi juda ko‘p mintaqalar, jumladan, Yevropa mamlakatlarida internetga asirlik xastaligini davolaydigan maxsus shifoxonalar bor. Bunga misol qilib Koreyada va Yevropa davlatlarida bo‘lib o‘tgan voqealarni aytib o‘tishlikni joiz,-deb topdik.
  • Janubiy Koreyada harbiy-strategii o‘yinlar kuliga aylangan 28 yoshli yigit olamdan o‘tdi. Ma’lum bo‘lishicha, u uch kecha-kunduz davomida o‘yinxonadan chiqmagan. Faqat hojatxonaga chiqish va gohida ozgina mizg‘ib olish uchun o‘yin stolidan nari ketgan, xolos. Bungacha o‘g‘li necha kundan buyon bedarak ketganidan xavotirga tushgan ona yordam so‘rab, bolasining sobis hamkasblariga murojaat qiladi. O‘g‘il o‘yinlarga berilib ketgani otsibatida bir oy oldin ishdan haydalgan edi. Sobiq hamkasblar “o‘yin bandasi”ni juda oson topishdi. U yaqin oradagi o‘yinxonada edi. O‘yinlar quli darhol uyga еtib borishi kerakligi haqidagi iltimoslarga: “O‘yinning shu bos’hichini oxiriga еtkazib ko‘yay, albatta boraman”, - deb javob beradi. Birok, bu gapidan bir necha daqiqa o‘tib, u yurak xurujidan vafot etadi. Tashxisga ko‘ra, yurak xuruji qattiq charchoq holatining haddan ortiq cho‘zilib ketishi bois yuzaga kelgan. Kompyuterda soatlab, kunlab o‘tirib, turli vertual mukofotchalarni, yutuqlarni “qo‘lga kiritgan” kishi uchun ular chinakamiga qimmatli ma’no kasb eta boshlaydi. Bunday ball va yutuqlar “sodiq” o‘yinchilar orasida sotiladi, xarid qilinadi. Bunday ishga esa pul ayamay sarflanadi. Masalan, “Rgojest Yentropia ” o‘yiniga mukkasidan ketgan avstraliyalik Devid Stor ismli talaba 35 ming AQSh dollari evaziga virtual orol sotib oldi. Bu orolda eski qal’a, bir qancha cho‘milish va turli maxluqlarni ovlash uchun maxsus joylar bor. Lekin bu joylar faqat tasavvurda, kompyuter ekranidagina, xolos.

Download 10.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling