Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

221-mashq. Matnni o‘qing. Onani ulug‘lovchi maqol, matal, hikmatlarni 
eslang. Eng ma’qullarini daftaringizga ko‘chiring. Ulardagi so‘zlarning bir-


biriga bog‘lanish holatlariga e’tibor bering. Bu so‘zlarning yana qanday 
grammatik shakllarga ega bo‘la olishi mumkinligini o‘ylab ko‘ring. 
Dunyoning zahiriy va botiniy ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turgan eng oliy 
tuyg‘u bor. Bu o‘sha har kuni har bir qalb yangilab turuvchi muhabbatdir. 
Bu tuyg‘u, avvalo, ota-onaga bo‘lgan mehrdan boshlanadi. 
Azal-azaldan otalarimiz o‘tirgan uyning tomiga chiqish gunoh 
hisoblangan. «Agar sen kaftingda cho‘g‘ni changallab 20 yillik yo‘lni bosib 
o‘tsang ham, onangning bir kechalik uyqusini buzib, alla aytgan va bergan 
oq sutini oqlay olmaysan», — deyishadi ota-bobolarimiz. Onalar bu 
dunyoni tark etganda ham onaligacha qolishlari bor gap. Sababi, bir yigit 
go‘zal bir qizga oshiq bo‘libdi. U qiz esa yigitga: «Muhabbating chin bo‘lsa, 
onangning yuragini olib kel», debdi. Yigit ishq uchun o‘zi oq sut berib 
o‘stirgan onasining yuragini olib ketayotib yiqilib tushibdi. Shunda ona 
yuragi tilga kiribdi:
— «Jonim, bolam, yomon yiqilmadingni, u yer, bu yering lat 
yemadimi?» 
Ha, do‘stlar, ona mehrining sehri shu qadar yuksakki, hatto, u olamdan 
ko‘z yumsa ham o‘z farzandiga yomonlikni ravo ko‘rmaydi, unga baxt 
tilaydi. 
Biz ham doimo onani qadrlaylik. 
222-mashq. «Yoshlar — Vatanning qanotlari», «Kompyuter xonasida», 
«Qo‘shma korxonalar hayotidan» kabi mavzularning birida matn yarating. 
Matndagi so‘zlarning grammatik shakllariga diqqat qiling. 
Тakrorlash uchun savollar  
1. Grammatika deganda nimani tushunasiz?
2. Grammatika necha qismdan iborat?
3. Leksik ma’no nima va uning grammatik ma’noga qanday aloqasi bor?
4. Morfologiya nimani o‘rgatadi? 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling