Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

 
224-mashq. «Ma’naviyatsiz kelajak yo‘q» mavzusida insho yozing. 
Inshoda maqol, matal, ibora va shu kabilardan umumiy foydalanishga 
harakat qiling. Yozgan inshoingizda qo‘llanilgan so‘zlarni so‘z turkumlari 
bo‘yicha tasniflab berishga harakat qiling. 
225-mashq. «Zarbulmasal»dan olingan quyidagi maqol va matallarning 
mazmunini sharhlang. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni turkumlar bo‘yicha 
tasnif qilib bering. 
... Anda Qurqush aydi: «Bor maqtansa topilur, yo‘q maqtansa 
chopilur» degan yaxshilar masali bordur. «Boyo‘g‘lining og‘zini bir 
burchidan ming chordevor chiqar «qizimning qalini» deb. Holo hazrati 
Sayid Muhammad Umar ahdu avonlarida olam — ma’mur, raiyat — masrur. 
Har nechuk abushqalar marvariddin, qurutkalar marjondin tasbehlar 
evururlar, bir bo‘sh chordevor topilmas, uyolurmiz. «O‘y o‘ylagan qo‘l tek 
turmas», «Uyot o‘limdin qattiq». Va yana aytmishlarki: «Erman 
yag‘ochining egilgani singani, er yigitning uyolgani — o‘lgani». Sani 
ahvoling olamga ma’lum. «Oyni etak bilan yopib bo‘lmas», «Chumchuq 
semurub botmon bo‘lmas»; «Olako‘zanak olmoni bo‘lsa ham arslon 
bo‘lmas, olato‘g‘anoq olg‘ur bo‘lsa ham ahvoli ma’lum».


Savollarga javob bering  
1. Morfologiya deb nimaga aytiladi? 
2. So‘zlarni turkumlarga ajratishda ularning qaysi xususiyatlariga diqqat 
qilinadi?
3. Mustaqil so‘z turkumlari qaysilar?
4. Yordamchi so‘z turkumlariga qaysi so‘zlar kiradi va nima uchun?
5. Oraliqdagi so‘zlar qaysilar?
Тayanch tushunchalar 
morfologiya, mustaqil so‘z turkumlari, yordamchi so‘z turkumlari, 
oraliqdagi so‘zlar, ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish, bog‘lovchi, yuklama, 
taqlid so‘z, undov so‘z, modal so‘z. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling