Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

307-mashq. O‘qing. Fe’llarni ko‘chirib, ularning har biriga to‘la ta’rif 
bering, qaysi maylda kelayotganiga diqqat qiling. 


N a m u n a: Yugurdi — harakatni bildiradi: bo‘lishli, o‘tgan zamonda, 
aniq nisbatda, xabar maylida, sodda fe’l, kesim vazifasida
1. Odam odamdan qutular, o‘z fe’lidan qutilmas. 2. Kamtar kerilmaydi, 
mol-dunyoga berilmaydi. 3. Sen o‘zingni maqtama, seni birov maqtasin. 
(Maqollar) 4. Hech bir kishilik madaniyati she’rsiz mavjud bo‘la olmaydi. 
(E. Тalabov) 5. Haqiqatan ham sho‘rolar davri mafkurasi kishilar ongiga 
ijtimoiy tenglik, boshqacha qilib aytganda, boqimandalik tushunchasini 
singdirib kelgan edi. Bunday yondashish kishilarda tashabbusni bo‘g‘ib 
qo‘yardi, chunki kishi o‘zining samarali mehnatidan manfaatdor bo‘lmasa, 
unda halol mehnatga intilish, ish natijasi uchun mas’uliyatni oshirish 
tuyg‘usi yo‘qoladi. (N. Jo‘rayev
308-mashq. Uyga topshiriq. Shoir Muhammad Yusufning she’rini 
badiiy o‘qish san’atiga rioya qilib o‘qing, yod oling. Uni nasriy yo‘l bilan 
bayon qiling. Fe’l va fe’l shakllarini topib, ostiga chizing. 
YURТIM, ADO BO‘LMAS ARMONLARING BOR
Yurtim, ado bo‘lmas armonlaring bor,
Тoshlarni yig‘latgan dostonlaring bor.
O‘tmishingni o‘ylab og‘riydi jonim,
Ko‘ksing to‘la shahid o‘g‘lonlaring bor.
Bag‘rim o‘rtar bir o‘y bahor ayyomlar
Oy borgan yoqlarga termulib shomlar. 
Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar,
Fayzullodek mardi maydonlaring bor.
Yurtim, ko‘nglingdek keng osmonlaring bor,
Yulduzni yig‘latgan dostonlaring bor.
Osmonlaringdan ham diydoringga zor,
Jayrondek termulgan Cho‘lponlaring bor.
Qo‘ling qadog‘iga bosay yuzimni,
Onamsan-ku, og‘ir olma so‘zimni,
Qayin barglar yopib qaro ko‘zini,
Olislarda qolgan Usmonlaring bor.


Alhazar, alhazar, ming bor alhazar,
Ana, yurishibdi kiyganlari zar,
Qodiriyni sotib shoir bo‘lganlar —
Mehrobdan chiqqan chayonlaring bor...
Qurboning bo‘layin, ey onajonim,
Sening faryodlaring, mening fig‘onim,
O‘tmishingni o‘ylab o‘rtanar jonim,
Aytsang ado bo‘lmas dostonlaring bor. 
 (M. Yusuf)  
309-mashq. Ko‘chiring. Fe’l mayllarini aniqlang. 
1. Rasululloh aytmishlar: «Alloh taolo: «Men dunyodagi hamma 
borliqqa rahm qiluvchi Rahmonman va rahmni yaratdim», — demish». 2. 
Abu Xurayra aytdilar: «Rasululloh: «Agar mamluk (qul) o‘g‘rilik qilsa, uni 
yigirma tangaga bo‘lsa ham sotib yubor», — dedilar». (Imom al-Buxoriy) 3. 
«Bir balandga chiqib, urduni mulohaza qilib, buyurdukkim, urdu tevasini 
sanagaylar». («Boburnoma»dan) 4. Zaynab bir turluq holga tushdi, 
kuchlangandek qilib: «Ular nega ketsinlar!» dedi. 5. Otabek keyin 
onasining fikriga qisman qo‘shilib: «Agar men sizning talabingizni ma’qul 
qiladirg‘on bo‘lsam, ayniqsa, qizingizning ko‘ngliga shubha keladir... Sizga 
aytkuligi yo‘q, bu to‘g‘riga manim aralashmog‘im...» (A. Qodiriy

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling