Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


vaqtdan so‘ng ro‘y berish-bermasligini bildirgan zamon


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

vaqtdan so‘ng ro‘y berish-bermasligini bildirgan zamon 
shakllariga kelasi zamon shakllarishunday shakllar tizimiga esa 
kelasi zamon kategoriyasi deyiladi. 
Kelasi zamon ma’nosi fe’lning -a ravishdosh shakliga -di, -jak; fe’l 
asoslariga -ar, -ur, -gusi qo‘shimchalarini qo‘shish orqali hosil bo‘ladi. 
Masalan, keladikelajakkelar (ur), kelgusi kabi. 
Bulardan -adi, -ar uslubiy betaraf shakllar bo‘lsa, -jak, -gay, -ur, -gusi 
shakllari badiiy va publitsistik uslubga xosdir. 
Uslubiy betaraflik belgisiga ko‘ra -adi va -ar shakllari bir guruhni 
tashkil qilsa ham, ular ifodalanayotgan harakatga gumon-taxmin ma’nosini 
bildirish-bildirmasligiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Birinchisi bunday 
ma’noga betaraf bo‘lsa, ikkinchi shakl gumon- taxmin ma’nosiga ega. 
Solishtiring: keladi — kelar
Ba’zan turli zamonga mansub bo‘lgan shakllar o‘zaro almashinishi 
mumkin. Masalan, Тanklar, zambaraklar ag‘anab yotibdi. Bir jangchining 
peshonasi bog‘langan, bir jangchining esa yelkasidan qon oqmoqda
(Shuhrat
O‘tgan zamonda bo‘lib o‘tgan voqealarga tinglovchini olib kirish, ularni 
uning ko‘z oldiga olib kelish maqsadida hozirgi zamon shakli ishlatilgan. 


Savol va topshiriqlar  
1. Zamon shakllari deb qanday shakllarga aytiladi? 
2. Zamon shakllari necha turli bo‘ladi? Ularning bir-biridan farqini 
ayting. 
3. Zamon qo‘shimchalarining o‘zaro almashinuvi va buning o‘ziga xos 
xususiyatlarini ayting.
311-mashq. Berilgan gaplarning xatosini toping. 
1.1227-yili Botuxonning ukasi Berkaxon Oltin O‘rda taxtiga chiqayapti. 
2. 1996-yil Prezident Islom Karimovning Farmoni bilan «Amir Тemur yili» 
deb e’lon qilinmoqchi edi. 3. Тarixiy Vatanini yodidan chiqargan odam 
yashab turgan joyining ham qadriga yetmoqchi. 4. Poydevorsiz imorat 
bo‘lmaganidek, o‘qildizsiz daraxt yuksaklikka bo‘y cho‘zadi, bo‘ronlarga 
dosh beryapti. 5. Oiladaga mehnat tarbiyasi bolalarni uy yumushiga jalb 
etishdan boshlaymiz. 6. Ko‘zimiz yorug‘ jahonni ko‘rgan edi. Kamalakning 
tovlanishi — yetti tusni bir-biridan ajrata olmoqchi edik. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling